Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə4/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
10.05.2023

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Shaxs psixologik taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi turli yondashuvlar mamlakatimiz psixologlaridan Sh.H.Аbdullaeva, D.G.Muxamedova, B.R.Kadirov, R.S.Samarov, M.L.Saipova, E.Gʼ.Gʼoziev, Gʼ.B.Shoumarov va boshqalar3 tomonidan shaxsning shakllanishida psixologik himoyaning ahamiyati, ta’lim tizimida pedagoglar va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik himoya xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyoti hamda shaxs rivojlanishida shaxsning shakllanishida psixologik himoyaning ahamiyati va o‘rni muhim ekanligi e’tirof etilgan, lekin shaxsning shakllanishida psixologik himoya muammosi alohida psixologik muammo sifatida o‘rganilmagan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari psixolog olimlaridan G.Blyum, G.V.Burmenskiy, YE.M.Granovskaya, R.M.Nikolskaya, YE.T.Sokolova, V.V.Stolin, A.Freyd, YE.V.Chumakov, E.G.Eydemiller, V.V.Yustetskiy va boshqalar psixologik himoya fenomenining genezisi nuqtai nazaridan; F.V.Bassin, R.Berns, R.S.Pantileyev, K.Rodjers, V.V.Stolin4 va boshqalar psixologik himoyaning ong bilan bog‘liqligi jihatidan; F.YE.Vasilyuk, L.R.Grebennikov, YE.L.Dotsenko, B.V.Zeygarnik, YE.S.Romanova, T.S.Yasenkolar5 shaxsning shakllanishida himoyaning ta’siri destruktiv va konstruktiv bo‘lishi mumkinligi jihatidan; A.M.Bogomolov, G.V.Grachev, Y.B.Zaxarova, I.D.Stoykov, Z.A.Parfenova, V.A.Shtroo, M.V.Yurkovalar6 psixologik himoyaning tuzilmali va dinamik hususiyatlari, individual, shaxslararo va guruhlararo darajalarda namoyon bo‘lishini ilmiy tadqiq etishgan. Lekin shaxsda psixologik himoyaning shaxs psixologik taraqqiyotini ta’minlashdagi omil ekanligi masalasi kompleks tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan.
Xorij tadqiqotchilaridan A.Adler, F.V.Bassin, A.A.Nalchadjian, R.Plutchik, I.D.Stoykov, F.Perls, Z.Freud, A.Freud, E.Fromm va boshqalar7 psixologik himoya fenomeni muammosini shaxs taraqqiyotidagi o‘rnini ilmiy tadqiq etganlar.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin