Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə7/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
10.05.2023

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqot obyektlarining O‘zbekiston milliy-madaniy muhitida tanlangani; tadqiqotlarda qatnashgan respondentlarning yetarlicha reprezentativligi, aniqligi; tekshiruvlarning bir necha aniq va rejali bosqichlarda turli sinalgan usullar yordamida amalga oshirilganligi; xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi hamda natijalar matematik-statistik usullarni samarali qo‘llashga imkon beruvchi faktorli tahlil, Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblash metodlari asosida aniqlangani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati psixologlarning kasbiy tayyorlash bosqichlari va kasbiy faoliyatlarida psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun tayyorlangan samarali trening dasturini qo‘llash imkoniyati bilan belgilanib, dissertatsiya ishi natijalaridan psixolog kadrlarni tayyorlash bosqichlari hamda ularni malakasini oshirish kurslarida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash jarayonida qo‘llanilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati o‘rganilayotgan hodisa haqida amaliy tasavvurni hosil qiluvchi va aniqlashtiruvchi psixodiagnostikaga amaliy yondashish imkonini beruvchi, psixolog kasbiy faoliyati tizimida psixologik himoyani shakllantirish va rivojlantirish jarayonini ochib beruvchi zamonaviy psixologning strukturali-funksional tavsifi ishlab chiqilib, psixolog kasbiy faoliyatida uning ahamiyati, shuningdek, ishlab chiqilgan uslublar (psixolog kasbiy faoliyati tizimida psixologik himoya mexanizmining struktur-funksional xususiyatlarini baholovchi «Hayot tarzi indeksi» so‘rovnomasi, psixologni kasbiy tayyorlash va keyingi faoliyat tizimida psixologik himoyaning rivojlanish darajasini baholovchi «Shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvini o‘rganish» so‘rovnomasi) mazkur hodisa bo‘yicha keyingi ilmiy tadqiqotlar doirasida qo‘llanilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Psixologiya yo‘nalishi talabalari shaxsida psixologik himoya mexanizmi shakllanishining ijtimoiy-etnik asoslari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxs psixologik himoya mexanizmining strukturaviy funksional holatini differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra «o‘rnini egallash», «rad etish», «loyihalashtirish» himoya dizaynining qiyinchiliklarni nazorat qilishga intilishga bog‘liq ravishda pasayishi tufayli talabalarda «kompensatsiya», «giperkompensatsiya», «ratsionalizatsiya» mexanizmining kamroq kuchlanishda ifodalanishini dallilashga oid tavsiyalar «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a sonli buyrug‘i). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmi shakllanishining ijtimoiy-psixologik hamda ijtimoiy etnik xususiyatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
shaxsdagi ibtidoiy mexanizmlardan foydalanish chastotasini kamayishi faoliyatning kognitiv tahlili proyektiv tafakkurga bog‘liq talaba profiliga integrativ rivojlanishi tufayli psixologik himoyaning yuksak mexanizmlarini qo‘llashning kuchlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligini dalillashga oid tavsiyalar «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a sonli buyrug‘i). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllanishiga doir ijtimoiy etnik asoslar takomillashtirilgan;
talabalarda psixologik himoya mexanizmining konstruktiv va destruktiv tarzda ifodalanishi «muammodan qochish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash» ning kasbiy refleksiyaga bog‘liq ravishda rivojlanishi tufayli shaxsdagi koping xulq-atvor strategiyasini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi asoslashga oid tavsiyalar «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a sonli buyrug‘i). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmining ijtimoiy etnik asoslarini shakllanishi imkoniyati oshirilgan;
konstruktiv psixologik himoyani dizaynini modellashtirishda kasbiy va milliy o‘z-o‘zini anglashning «baholash», «faoliyat» integral xususiyatlarini o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga ko‘ra «tabiiy», «empirik», «nazariy» darajaviy mezonni differensiatsiyalash zaruratini asoslashga oid tavsiyalar «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a sonli buyrug‘i). Natijada psixologik himoya mexanizmi shakllanishining konstruktiv jihatlari rivojlantirishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan;
shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirish modeli ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini anglanilishi, vaziyatga pozitiv munosabat va o‘z hatti-harakatlarini refleksiv nazorat qilishning sotsial adaptatsiyani ta’minlashiga asoslanib, konstruktiv psixologik himoya mexanizmning diagnostik-aniqlovchi, prognostik-yo‘naltiruvchi, konstruktiv-loyihalovchi, axborotni anglovchi (sharhlovchi), kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, tahliliy-baholovchi, ijodiy-tadqiqiy faoliyat shakllarini kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a sonli buyrug‘i). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslarini aniqlash imkoni kengaytirilgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin