Tadqiqotning ilmiy yangiligiquyidagilardan iborat:
shaxs psixologik himoya mexanizmining strukturaviy funksional holatini differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra «o‘rnini egallash», «rad etish», «loyihalashtirish» himoya dizaynining qiyinchiliklarni nazorat qilishga intilishga bog‘liq ravishda pasayishi tufayli talabalarda «kompensatsiya», «giperkompensatsiya», «ratsionalizatsiya» mexanizmining kamroq kuchlanishda ifodalanishi dalillangan;
shaxsdagi ibtidoiy mexanizmlardan foydalanish chastotasini kamayishi faoliyatning kognitiv tahlili proektiv tafakkurga bog‘liq talaba profiliga integrativ rivojlanishi tufayli psixologik himoyaning yuksak mexanizmlarini qo‘llashning kuchlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
talabalarda psixologik himoya mexanizmining konstruktiv va destruktiv tarzda ifodalanishi «muammodan qochish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash»ning kasbiy refleksiyaga bog‘liq ravishda rivojlanishi tufayli shaxsdagi koping xulq-atvor strategiyasini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi asoslangan;
konstruktiv psixologik himoyani dizaynini modellashtirishda kasbiy va milliy o‘z-o‘zini anglashning «baholash», «faoliyat» integral xususiyatlarini o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga ko‘ra «tabiiy», «empirik», «nazariy» darajaviy mezonni differensiatsiyalash zarurati asoslangan;
shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirish modeli ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini anglanilishi, vaziyatga pozitiv munosabat va o‘z hatti-harakatlarini refleksiv nazorat qilishning sotsial adaptatsiyani ta’minlashiga asoslanib, konstruktiv psixologik himoya mexanizmning diagnostik-aniqlovchi, prognostik-yo‘naltiruvchi, konstruktiv-loyihalovchi, axborotni anglovchi (sharhlovchi), kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, tahliliy-baholovchi, ijodiy-tadqiqiy faoliyat shakllarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalariquyidagilardan iborat:
psixologning kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida shakllangan psixologik himoya mexanizmi yuzaga kelgan vaziyat ta’siri asosida konstruktiv tarzda qo‘llanishga tayyorgarligi shakllantirilgan;
psixologik himoya mexanizmining kognitiv, refleksiv, xulqiy va emotsional kabi asosiy komponentlarini shakllantirish va korreksiyasini amalga oshirish kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatini ta’minlovchi tayanch psixologik omillar ekanligi isbotlangan;
psixologik himoya mexanizmining qonuniyatlari va ulardan psixolog kasbiy faoliyatida foydalanishning funksional tavsifi asosida empirik tadqiqotlarning natijalari asoslangan;
psixolog kasbiy faoliyatining turli bosqichlarida psixologik himoya mexanizmidan foydalanishda psixologlarning kasbiy tajribasi, yoshi va jinsi bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.