1.3. Psixologik himoya mexanizmi haqida zamonaviy qarashlar. Psixologik himoya hodisasi psixologiya fanida eng munozarali hodisalardan biridir. Zamonaviy psixologiyada shaxs rivojlanishini belgilaydigan psixologik himoyaning roli haqida yagona nuqtai nazar mavjud emas. Bir qator mualliflar [33, 51, 62, 64, 66, 179, 181, 182] psixologik himoya tushunchasini moslashishning yetarli bo‘lmagan usullarini, shaxsning atrof-muhit bilan real aloqasini susaytiruvchi, uning rivojlanishini qashshoqlashtiruvchi va deviant xulq-atvor shakllanishiga yordam beruvchi patologik kommunikatsiyalar sifatida baholaydilar. Boshqalar [17, 20, 22, 24, 28, 35, 40, 50, 55, 58, 188] “Men” -shaxsining ijobiy tasvirini saqlab qolish uchun himoyani qo‘llash zaruriyatini, asabiylashish vaziyatini boshdan kechirish, dizorganizatsion xulq-atvorning oldini olish uchun zarur imkoniyatlar sifatida baholaganlar. Bunday ziddiyatlarning mavjudligi shaxsni psixologik himoya qilishning turli yo‘nalishlarini yuzaga keltiradi. Ulardan biri psixologik himoya mexanizmlarining konstruktiv faoliyatini ta’minlash shart-sharoitlari, mezonlari va xususiyatlarini aniqlashni maqsad qiladi. Bu ulardan foydalanish samaradorligi muammosini oydinlashtirishga yordam beradi.
Shaxsni psixologik himoya qilish faoliyati uning maxsus mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Psixologik himoya mexanizmlari ostida "kelib tushadigan axborotlarni ongli ravishda qayta ishlash hisobidan shaxsning intrapsixik moslashuv jarayonlari" yuzaga keladi, deb tushunish mumkin. Bu operatsiyalarda barcha ruhiy jarayonlar va funksiyalar ishtirok etadi: his-tuyg‘ular, fikrlash, tasavvur, diqqat, xotira, idrok. Psixik shikastlanish vaziyatida himoya mexanizmlari axborot filtrlari sifatida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; axborotni tartibsizlashtirish yoki rad etish yoki buzib tashlash yoki boshqa bir ma’qulrog‘i bilan almashtirish tarzida ifodalanadi. Holatning bunday ichki o‘zgarishi atrofdagi voqelikka moslashuvning maxsus shakliga (himoya mexanizmiga) sabab bo‘ladi.
Eksperimental tadqiqotlar, psixologik himoya tizimi va uning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari turli shaxslar uchun bir xil emasligini ko‘rsatadi. Ba’zilarda himoya zaif bo‘ladi va kerakli narsalardan himoya qilmaydi, boshqalarda esa shaxsni rivoj topishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni idrok etmaydigan darajada shunchalik intensiv himoya shakllanadi.
O‘zbek olimlaridan V.M.Karimovaning ilmiy tadqiqotlarida axborot xavfsizligi deb aslida jamiyatning obyektiv, haqqoniy axborot manbaga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga yetib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak. Lekin amaliyotda, ming afsuski, har doim ham shunday bo‘lavermaydi va jamiyat o‘z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga majbur bo‘ladi. Ta’lim bilan qamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog‘lom g‘oyalarni yetkazish usullari, ta’lim bilan qamrab olinmagan aholiga sog‘lom g‘oyalarni yetkazish usullari, ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot, aholiga psixologik ta’sir etishning bosqichlari masalalariga e’tibor qaratgan. [60;114].
Muallifning yondoshuvlariga qo‘shimcha ravishda biz shaxs psixologik himoya mexanizmining strukturaviy funksional holatini differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra «o‘rnini egallash», «rad etish», «loyihalashtirish» himoya dizaynining qiyinchiliklarni nazorat qilishga intilishga bog‘liq ravishda pasayishi tufayli talabalarda «kompensatsiya», «giperkompensatsiya», «ratsionalizatsiya» mexanizmining kamroq kuchlanishda ifodalanishi ,talabalarda psixologik himoya mexanizmining konstruktiv va destruktiv tarzda ifodalanishi “muammodan qochish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”ning kasbiy refleksiyaga bog‘liq ravishda rivojlanishi tufayli shaxsdagi koping xulq-atvor strategiyasini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi,konstruktiv psixologik himoyani dizaynini modellashtirishda kasbiy va milliy o‘z-o‘zini anglashning “baholash”, “faoliyat” integral xususiyatlarini o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “tabiiy”, “empirik”, “nazariy” darajaviy mezonni differensiatsiyalash zarurati masalalariga e’tibor qaratilgan.
B.M. Umarovning fikricha, axborotlarning psixologik xavfsizligi – bu shaxs,axborot yoki qiziqish uchun muhim bo‘lgan hayotiy jihatlarning xavfsizligi, shuningdek shaxsga nisbatan psixologik tahdidlarning oldini olish qobiliyatidir. Muallif tomonidan yaratilgan manbalarda shaxsla psixologik himoya mexanizmi shakllanishiga doir inson ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy tizimning asosi va bosh bug‘ini, insonning tuhiy holati uning dunyoqarashi, e’tiqodi, g‘oyalari, javobgarlik va jamoatchilikhissi, moddiy ta’minlanganligi va ehtiyojlarining qondirilishiga bog‘liqligi,shaxs ongida g‘oya va fikrning paydo bo‘lishi, mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari,turli axborot – psixologik holatlarda insonning o‘zini – o‘zi tutishi va uning asosiy komponentlari, shakllari va psixologik o‘zini – o‘zi himoya qilish algoritmi, axborotlar bilan bog‘lanish sharoitida psixologik himoya vositalari, foydali va zararli axborotlar tushunchasi masalalari keng yoritilgan . [27;142]
R.Samarovning ko‘rsatib o‘tishicha, jamiyat hayotiga tahdid soluvchi omillar o‘zgaruvchan hisoblanib, “intellektuallashib” bormoqda, ya’ni o‘z qiyofasini tez-tez o‘zgartirmoqda va natijada axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashga turli darajalarda talab ortib bormoqda, ularni o‘z vaqtida aniqlash va psixoprofilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish majmuaviy yondashuvni taqozo etadi. Muallif shaxsning ma’naviy - ahloqiy takomili va o‘zini-o‘zi himoya qilish va boshqarish imkoniyatlari, shaxsning ma’naviy – ma’rifiy rivojlanganlik darajasi axborot – psixologik xavfsizlikdagi kafolat sifatida, psixologik o‘zini – o‘zi boshqarish masalalariga e’tibor qaratgan. [123;207].
D.Muxammedova tadqiqotlarida ko‘rsatib o‘tishicha ta’lim menejeri innovatsion faoliyati faoliyatning alohida shakli bo‘lib, maxsus tayyorgarlikni talab etadigan va mohiyatiga ko‘ra ta’lim menejeri hamda jamoa pedagogik muammolarning original, nostandart yechimlarini izlashi bilan bog‘liq ijodiy, kreativ jarayon natijasi ekanligi,innovatsion jarayon shaxs kasbiy faoliyatida samarador yangiliklarning joriy etilishi, shakllantirilishi, mazmunan rivojlantirilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari muallif o‘z tadqiqotlarida ta’limdagi innovatsion faoliyatni baholashda eng ko‘p qo‘llanadigan mezonlar – yangilik, optimallik, natijaviylik, ommaviy amaliyotda ijodiy qo‘llash imkoniyati masalalariga xamda menejerlarni sifatli tayyorlash muammosining yechimi ularni kasbiy faoliyat jarayonida tayyorlash tizimida namoyon bo‘lishini tahlil etadi.
Muallif pedagogik faoliyatning ta’lim menejeri shaxsiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri mavjud bo‘lib, u mohiyatan o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik hodisa hisoblanadi va boshqaruvchiga faol pozitsiyani egallashga, innovatsion faoliyat turini samarali amalga oshirishga imkon bermasligi va bu hodisani to‘liq kechinmalar, noxush hayotiy vaziyatlar, to‘siqlar ta’sirida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik g‘oyalar sifatida talqin qilish mumkin ekanligi shu bilan birga hozirgi sharoitdagi ta’lim menejeri innovatsion faoliyati samaradorligini ishonchli ravishda aniqlash maqsadida ajratilgan statistik jihatdan ahamiyatli o‘n bitta mezon negizida standartlashtirilgan tashxis metodikasi ishlab chiqqanligini ta’kidlaydi.
Ta’lim menejerlarini innovatsion faoliyatga ijtimoiypsixologik tayyorlash maqsadida innovatsion faoliyat sharoitida samarador ta’lim menejerining muhim xususiyatlari doirasida belgilab olingan sifatlarni kompleks tarzda maqsadga muvofiq tarkib toptirish (faollashtirish, yaxshilash)ga yo‘naltirilgan maxsus dastur ishlab chiqildi. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur dastur amalga oshirish jarayonida so‘rovlar, treninglar, kichik ma’ruzalar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkil etishni nazarda tutuvchi uch mustaqil bo‘limdan tashkil topgan. Uchraydigan alomatlar «chastota»siga ko‘ra tayyorgarlikdan oldin va keyin o‘tkazilgan tadqiqotlar, shuningdek, kuzatish va suhbat (qayta aloqa) tahlili tayyorgarlik jarayonida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida tajriba guruhi ta’lim menejerlarida innovatsion faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik sifatlar dinamik o‘zgarganligini qayd etishga imkon berdi. [87;207].
Bizning fikrimizcha kasbiy faoliyatda psixologik himoyaning namoyon bo‘lish muammosini tadqiq etish hozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb masalalaridan biridir. Adabiy manbalarning tahliliga ko‘ra kasbiy faoliyatda psixologik himoyaning bo‘lishi maqsadga muvofiqlikni tasdiqlaydi. Biz tadqiqotimizda o‘rgangan psixologning kasbiy faoliyati va undagi psixologik himoyaning namoyon bo‘lishiga xos jihatlarga ilmiy-psixologik izoh beramiz. Shaxs yoki guruhlarning munosabatlariga xos psixologik qonuniyatlarni o‘rganish, maqsadga muvofiq o‘zgartirish va shakllantirish, ularning samaradorligini oshirish bilan tashqi olam-borliqdan subyektiv qoniqishni hosil qilish faoliyati psixologning kasbiy faoliyatini tashkil etadi. Psixolog faoliyati o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuv jarayonini ta’minlaydi, bu esa kasbiy funksiyalarda o‘z izini qoldiradi. Psixolog nafaqat insonning individualligi namoyon bo‘lishi bilan shug‘ullanadi, balki o‘zi ham individuallikka ega, u doimo turli yoshdagi, ijtimoiy va madaniy toifadagi kishilarga duch keladi, alohida shaxs va odamlar uyushmasi bilan muntazam muloqot qilish uning asosiy vazifalari ro‘yxatiga kiradi. Psixolog ish faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, turli ijtimoiy guruhlar bilan kasbiy muloqot qilish uchun undan mutaxassis mahoratini, shuningdek, muayyan shaxsiy fazilatlar va kasbiy bilimlarni talab qiladi. Shuning uchun psixologni tayyorlash murakkab shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik jarayoni bo‘lib, unda nafaqat kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni belgilangan darajasi, balki unda umumiy axloqiy-madaniy saviya, shaxsiy xususiyatlar, ma’naviy-axloqiy sifat va fazilatlarni ham shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, rahbarligida ishlab chiqilgan metodikalar, yakunlangan dissertatsiyalar, shular asosida barcha viloyatlarda olib borilayotgan oilaviy hayot tizimini tahlil qilish bilan bog‘liq psixodiagnostik, psixokorreksion ishlar ko‘lamining tobora kengayib borayotganligi fikrimizning dalilidir. O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi holatida "Iqtidorli bolalarni tanlash va tarbiyalash" borasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarning ancha keng qamrovli va ijtimoiy ahamiyatli ekanligini ham alohida qayd etish mumkin. Chunki ilmiy-psixologik mezonlar asosida davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash talablariga mos eng zukko, eng iqtidorli yoshlarni tanlash va tarbiyalash hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham faqat ijtimoiy yutuqlar keltirgan. [155;131].
Bizning tadqiqotimiz doirasida esa yuqoridagi fikrlardan davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash talablariga mos eng zukko, eng iqtidorli yoshlarni tanlash va bu borada shaxs psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Psixologiya fanlari doktori, professor B.R.Qodirov rahbarligida Respublika miqyosida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ichidan eng zukko, eng iqtidorlilarini tanlab olish bo‘yicha olib borilgan ilmiyamaliy ishlar O‘zbekistonda psixologik xizmat tizimini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Bizningcha olim olib borgan tadqiqotlardan va aynan iqtidorli talabalarni tanlash metodikalaridan samarali foydalanish muxim ahamiyat kasb etadi. [160;94].
Taniqli olim E.G‘oziyev ta’kidlashicha psixologiya fani yakkol inson fazilati, muayyan tarakkiyot xususiyatlari, mexanizmlari, konuniyatlari, o‘ziga xoslik, alohidalik, yakkaxollik tabiati yuzasidan baxs yuritadi. Psixologiya fanini taxlil kil ishda uning kaysi fan soxasi bilan alokasini aniklashdan kura ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi urgasidagi munosabat to‘grisida muloxaza yu ritish maksadga muvofikdir. Ma’lumki, har kanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o‘z aksini topgan buladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, ogirligi, uzaro birikuvi to‘g‘risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, mikdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari. trigonom yetrik funksiyalar xakidagi inson tasavvurlari asosiga kuriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki u n i n g zamirida tubdan boshkacha uziga xoslik yotadi. Har kaysi shaxs kundalik turm ush ning uziga xos psixologik bilimlarini egallagan bulib, o‘z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko‘rsatgmchiga egadir, ,Hatto turmush tajribasida to‘plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunrok turishi ham mumkin (kari bilganni-pari bilmas). Chunki, yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, mulokot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), vrachlar, o‘qituvchilar. ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulqatvoriga oid bilimlar bilan yu ksak darajada kurollangandirlar. Lekin har kanday insonda ham ozmi yoki ko‘pm i psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari, ta’sir o‘tkazishlari, xulk-atvor okibatini oldindan bashorat kilish , kishining yakkaxol xususiyatlarini xisobga olgan holda unga yordam ko‘rsatishni ta’kidlab o‘tganlar. [162;139].
Bizningcha olimning yuqoridagi fiklaridan aynan shaxsning psixologik himoya mexanizmlariga doir jihatlarda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zamonaviy tahdidlar ilm-fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarning natijalaridan samarali foydalanmoqda. Shu sababli ular qanday niqobda, qaysi shaklda paydo bo‘lmasin, bunday tajovuzlar mohiyatini murosasiz fosh etish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etadiki, bu bevosita fanni prognostik va diagnostik funksiyalari doirasida bir qator vazifalar aniq bajarishini talab etadi.
Yuqorida aytib o‘tilganlar profilaktik funksiyalarni va jamiyatda shaxsning buzilishiga olib keladigan patologik himoyani bajaradigan normal, doimiy xarakatlanadigan zaruriyatni farqlash talab qilinadi. Himoya mexanizmlarini normal va patologik tasniflashga o‘rinishlar zamonaviy psixologiyada tasvirlangan (I.M. Granovskaya, G.V. Grachev, L.R. Grebennikov, Y.L. Dotsenko, B.V. Zeygarnik, V.G. Kamenskaya, F. Kramer, V.F. Morgun, I.M. Nikolskaya, Y.S. Romanova, R. Plutchik, A. Freud, T.S. Yasenko, va hokazo.). Ushbu tadqiqotlarda psixologik himoyani tasniflash uchun turli yondashuvlar qo‘llaniladi: 1. Klinik-neyropsixik buzilishlarning yetakchi belgilariga asoslangan; 2. Ontogenetik-alohida himoya turlari shakllanishining vaqtiga asoslangan; 3. Evolyutsion-yemotsional- moslashuv tabiatiga ega bo‘lgan alohida asosiy his-tuyg‘ularni nazorat qilish tamoyiliga asoslangan. Birinchi yondashuv patopsixologiyada, tibbiyotda va psixiatriyada keng qo‘llaniladi. Ikkinchisi 4dan 36gacha bo‘lgan ibtidoiy (bolaning aqliy va ijtimoiy rivojlanishida birinchi bo‘lib shakllangan va namoyon bo‘lgan) va undan yuqori (rivojlanish jarayonida ibtidoiy o‘zgartiriladi)ga ajratiladi. Uchinchi yondashuv R. Plutchik tomonidan ilgari surilgan hissiyotlarning psixoyevolyutsion nazariyasiga asoslangan.
Birinchi marta himoya mexanizmlarining tasnifi A. Freydning monografiyasida berilgan. Muallif quyidagi mezonlarni taklif qiladi: "men" tahdidining lokalizatsiyasi, ontogenezda shakllanish vaqti. Bundan tashqari, A. Freyd rivojlanish jarayonlarining normalligi muayyan himoya jarayonlari va tendensiyalarning hukmronligiga bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Agar shaxs bir himoya usulini qunt bilan qo‘llasa va boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatlar ham shu himoyaga asoslansa, bu hodisani meyoriymi yoki patologik, qay darajada ko‘rib chiqilishini aniqlash qiyin. Keyinchalik, so‘ngi mezon psixologik himoya mexanizmlarining zamonaviy bo‘linmalarida birlamchi va ikkilamchi, ibtidoiy va rivojlangan, adaptiv va moslanmaydigan, yetarli va kam, samarali va samarasiz bo‘lgan holda ishlatilgan. [142;207]
A. Maslou [21, 71, 178] konstruktiv reaksiyalar mezonlarini: ijtimoiy muhit talablari bilan shartlilik, muayyan muammolarni hal qilishga qaratilganlik, motivatsion yo‘nalganlik va xulq-atvorni anglash va reaksiyada ichki va shaxslararo o‘zgarishlarning mavjudligini qayd etgan. Konstruktiv bo‘lmagan reaksiya belgilari, uning nuqtai nazariga ko‘ra, agressiya, regressiya, fiksatsiya va boshqalardir. Bu ko‘rinishlar ongli emas va haqiqiy mavjud bo‘lgan muammoni hal qilmay, ruhiy noqulaylikni bartaraf etishga qaratilgan. A. Maslou talqinida psixologik himoya mexanizmlari konstruktiv emas, ammo bir qator holatlarda (vaqt va ma’lumotlarning yetishmasligi) belgilanadi, ular o‘z-o‘ziga yordam berishda xarakat mexanizmi rolini o‘ynaydi.
F. Kramer [40; 83] psixologik himoyalarning ontogenezini o‘rganib, ularni ibtidoiy va yuqori qismlarga ajratadi. Ibtidoiy himoyalar (inkor, repressiya, regressiya, almashtirish) bola tomonidan ziddiyatli vaziyatda hissiy holatni yengillashtirish uchun instinktiv ravishda ishlatiladigan vosita va hissiy mexanizmlarning ishlashi bilan bog‘liq. Ijtimoiy rivojlanish va xulq-atvor normasi nizoli vaziyatlarni o‘zlashtirish usullarida ibtidoiy himoya o‘rnini bosishga mo‘ljallangan yuqori himoyalarning o‘z vaqtida kiritilishiga bog‘liq. Psixologik himoyaning rivojlanish darajasini uning destructivlik yoki konstructivlik jihatlari belgilaydi, deb hisoblagan B.V. Zeygarnik. Muallif nevrotik va somatik kasalliklarning belgilarini ongsiz himoya choralari bilan bog‘liqligini qayd etadi. U bunday himoyalarni destruktiv deb ataydi, chunki ulardan foydalanish shaxs harakatlarining deformatsiyalanishiga, xulq-atvor maqsadlari bilan vaziyat o‘rtasidagi aloqaning buzilishiga olib keladi. Berilgan mexanizmlar yordamida xatti-harakatni tartibga solish yetarli emas, chunki himoya tizimi insonning ongiga qo‘shimcha ravishda xatti-harakatni yuklaydi. Konstruktiv himoya anglangan va subyekt tomonidan tartibga solinadi.
B.V. Zeygarnikning fikriga ko‘ra, berilgan himoya tizimining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib, ataylab qo‘yilgan maqsad va ularning harakatlari ustidan nazoratidir. Maqsadga erishishni qiyinlashtiradigan yoki shaxsiy munosabatlarga tahdid soladigan holatlarda, inson psixologik himoya choralariga ongli ravishda murojaat qiladi. [55;157]
L.R. Grebennikov [27], psixologik himoya mexanizmlarining ongsiz tabiatini ta’kidlaganda, uning faoliyati ongsiz qolmasligi kerak deb hisoblagan. Psixologik jihatdan sog‘lom inson o‘zining rivojlanish jarayonida o‘z himoya uslubini aniqlash va moslashtirishni, ilgari avtomatik ravishda qo‘llanilgan himoya choralarini aniqlashni o‘rganadi. Shunday qilib, psixologik himoya faoliyatini refleksiv nazorat qilish destruktiv himoya mexanizmlarini konstruktiv mexanizmlarga aylantirishning shartlariga kiradi.
A.A. Nalchajyan [ 89, 90,91] shaxsning muvozanatli holati moslashuv va himoya mexanizmlarining ishlash kuchida saqlanib qoladi deb hisoblagan. . Himoya mexanizmlari shaxsning ijtimoiy va psixologik moslashuvini ta’minlaydi. Muallif shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvining uch turini ko‘rib chiqadi: normal, deviant va patologik. Himoya mexanizmlari moslashish meyori yoki patologiyasini aniqlaydi. Agar travmatik vaziyatni boshdan kechirish uchun normal (jamiyat talablariga mos keladigan) himoya mexanizmlari ishlatilsa, unda moslashish ham normal xarakterga egadir.
Psixologik himoya mexanizmlarining asabiylashish sharoitida namoyon bo‘lishini M.A. Mkrtchyan ko‘rib chiqqan. Shaxs bunday vaziyatlarda hech qanday yagona ajratilgan mexanizm bilan emas, balki ulardan biri yetakchi va strukturaviy rol o‘ynaydigan himoya reaksiyalari butun majmuasi bilan reaksiyaga kirishadi. Himoya majmualarining shakllanishiga shaxsning o‘tmish tajribasi, uning qadriyatlari va munosabatlari ta’sir etadi. Muallif himoya mexanizmlarini ikki asosiy guruhga ajratadi: faol va sust ko‘rinishlarga. Faol himoyalar frustratorni, nizoli vaziyatni bevosita hujumni bartaraf etish orqali nizolarni bartaraf etishga olib keladi. Sust himoya reaksiyalari to‘siqlarni bartaraf etish orqali ziddiyatni bartaraf etishga olib keladi. Shaxsning yoshga oid rivojlanish bosqichida intrapersonal himoya mexanizmlarining tobeligiga asoslanib, bilim jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini R. Plutchik primitivlik-yetuklik mezoniga ko‘ra himoya tasnifini tuzadi. Ontogenetik jihatdan dastlabki himoyalar perseptual jarayonlarga asoslangan holda paydo bo‘ladi: diqqat, sezgilar, idrok, ularni faoliyatda ko‘rmaslik, axborotni rad etish bilan bog‘liq. Bu guruhga R. Plutchik rad etishni, loyihalashni, orqaga qaytishni va ularning analoglarini tegishli, deb hisoblaydi. Mazkur himoyalar eng ibtidoiy, va ulardan foydalanadigan odam esa hissiy va chala shakllangan shaxs sifatida ifodalanadi. Keyinchalik, xotira jarayonlariga asoslangan himoyalar paydo bo‘ladi: o‘rnini egallash va o‘rnini almashtirish. Ushbu mexanizmlarning ta’siri axborotni unutishga asoslangan. Eng murakkab va yetuk himoyalarga o‘rnini almashtirish, kompensatsiya va ratsionalizatorlik kiradi. Ular tasavvur va fikrlashning rivojlanishi hajmiga ko‘ra shakllanadi va axborotni himoyali qayta ishlash va qayta baholashga yordam beradi. Biz sakkizta asosiy himoya mexanizmlarining konstruktivlik darajasini belgilaydigan va ularning ishlash xususiyatlarini ko‘rsatadigan holda tasvirlaymiz.