Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə16/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
10.05.2023

O‘rin almashtirish - g‘azab tuyg‘usini jilovlash uchun amal qiladi. Shaxs ko‘proq zaifroq jonli yoki jonsiz obyektga yoki o‘ziga tajovuz qilinganligiga e’tibor bergan holda keskinlikni yo‘qotadi. O‘rin almashtirish ham faol va ham sust shakllarga ega bo‘lib, shaxslar tomonidan ularning ziddiyatli munosabat turlaridan va ijtimoiy moslashishidan qat’i nazar shaxs munosabatlarida foydalaniladi. Mazkur mexanizm faol moslashish turiga ega bo‘lgan shaxslar uchun xosdir. Bu holatda konstruktivlikning o‘rtacha darajasi namoyon bo‘ladi.
O‘rnini egallash (siqib chiqarish) – bu psixologik himoya mexanizmini dastlab Zigmund Freyd o‘rganib chiqqan (uning analoglari "bostirish"). Vahima yoki vasvasaga qarshi tura olmaydigan har bir kishida siqib chiqarish "o‘zini" himoya qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda," repressiya " - bu shaxs uchun qabul qilinadigan impulslar: istak, fikr, tashvish uyg‘otadigan his-tuyg‘ular ongsiz namoyon bo‘ladigan himoya mexanizmi hisoblanadi. Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu mexanizm shaxsning boshqa himoya mexanizmlarining harakati ta’sirida ham namoyon bo‘ladi. Xulq-atvorda hali shakllanmay, repressiya qilingan (tushkunlikka tushgan) impulslar, ularning hissiy va psixovegetativ qismlarini saqlab qolishadi. Misol uchun, psixotravmatik vaziyatning mazmunli tomoni tushunilmaydigan odatiy holat bo‘lib, inson har qanday noto‘g‘ri xatti-harakatlarning amalga oshishini bekor qiladi, ammo intrapsixikada mojaro davom etadi va uning oqibatida paydo bo‘lgan hissiy tanglik subyektiv ravishda tashqi ko‘rinishdagi tashvish sifatida yuzaga chiqadi. Shuning uchun yuzaga kelgan istaklar nevrologik va psixofiziologik alomatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan sharoitlarga moslashish sust xarakterga ega bo‘lib, konstruktivlikning o‘rta darajasi ifodalanadi.
Ratsionalizatorlik - stressli holatlarda yuzaga keladigan psixologik himoya mexanizmlaridan biri. Bunda yaqinlashib kelayotgan salbiy hodisa har tomonlama tahlil qilinada, uning noaniqlik darajasi pasaytiriladi, hodisaning ichiga kirib, unga oldindan moslashib boriladi, shaxs uchun kutilmaganlik (to‘satdanlik) effekti bartaraf qilinadi. Muammoning yechimiga erishish oqilona tashkil etiladi. Bu mexanizm, moslashuvning sust turiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘llaniladi. Konstruktivlik darajasi yuqori bo‘ladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin