Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


O‘zbek xalq maqollarini mazmun - mohiyatini sharhlash



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə13/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
10.05.2023

O‘zbek xalq maqollarini mazmun - mohiyatini sharhlash
(ishtirokchilar % hisobida).
1.2.3-jadval



Tajriba o‘tkazilgan
guruh

Respondentlar soni
N=60

Tajribagacha

Tajriba vaqti (bir
oy bo‘lganda)

Tajriba yakunida (ikki oydan so‘ng)

1.

Tajriba guruhi

n=30

10%
3 nafar

42%
12 nafar

86,6%
26 nafar

2.

Nazorat guruhi

n=30

10%
3 nafar

16,7%
5 nafar

20%
6 nafar

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tajribagacha o‘zbek xalq maqollarini mazmun - mohiyatini sharhlashda tajriba guruhidan 10% (3 nafar) talaba ishtirok etgan bo‘lsa, nazorat guruhidan ham xuddi shunlay natija, ya’ni 10% (3 nafar) talaba ishtirok etdilar. Tajriba vaqti (bir oydan so‘ng) esa tajriba guruhidan 42 % (12 nafar), nazorat guruhidan 16,7 % (5 nafar) talabalar ishtirok etganligi, tajriba yakunida esa, tajriba guruhidan 86,6% (26 nafar) talaba, nazorat guruhidan 20% (6 nafar) talabalar ishtirok etganligi kuzatildi. Bu holat tajriba – tadqiqot ishlarimizning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini, eng muhimi, psixologiya fanlarini o‘qitishda badiiy adabiyotdan (o‘zbek xalq maqollaridan) foydalanish yoshlar tarbiyasi uchun naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois, ta’lim tizimining hamma bosqichlari o‘quv – tarbiya jarayonlarida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan, ayniqsa maqollar va hikmatlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ifodaladi.


O‘zbek xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ta’siriga tayanib shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishga doir o‘tkazilgan tadqiqot ishi natijalari quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
Yoshlarda yuksak insoniy sifat va fazilatlarni shakllantirishda psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘zbek xalq ijodidan foydalanishning ijtimoiy - psixologik ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiya, oila psixologiyasi, shaxs psixologiyasi va umumiy psixologiyaning: ong, faoliyat, shaxslararo munosabatlar, tafakkur, nutq, hissiyot, iroda, xarakter, temperament, qobiliyat kabi mavzularini o‘qitishda o‘zbek xalq psixologiyasi aks etgan maqollardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbek xalq maqollari orasida kishilar fel – atvorida uchraydigan salbiy illatlarning (distruktiv xulq - atvor) zarari va oqibatlaridan ogoh etuvchi maqollar keng o‘rin topgan bo‘lib, ulardan psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida talaba yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida psixoterapevtik vositalar sifatida o‘rinli foydalanish mumkin.
O‘zbek xalq maqollari to‘plamidan shaxslararo munosabatlarni meyorlashtirish, yashash va turmush farovonligini ta’minlashga yo‘nalgan maqolar keng o‘rin olgan bo‘lib ular talaba yoshlarda muomala - munosabat odobini shakllantirishga, yashash va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida odamning narsalar, hodisalar va mehnatga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalashga xos maqollar anchagina bo‘lib, ulardan psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida hayotiy misollar sifatida foydalanilsa, yoshlarda narsalarga to‘g‘ri baho berish, voqealarni real va obyektiv baholash, halol mehnat qilishga o‘rganish, mehnatga xos bilim, malaka va mahorat kabi insoniy sifat va fazilatlar (konstruktiv xulq - atvor) shakllanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin