Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə47/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
10.05.2023

Tezislar mavzusi
1. "Psixologik himoya" tushunchasining rivojlanish tarixi.
2. Shaxsni psixologik himoya qilish diagnostikasi muammosi.
3. Psixologik himoya mexanizmlarining ontogenezi.
4. Psixoterapevtik konsepsiyalarda psixologik himoya muammosi.
5. Psixologik himoyaning shaxs rivojlanishiga ta’siri.
6. Psixologiyada konstruktiv psixologik himoya muammosi.
7. Psixologik himoyaning guruhiy mexanizmlari.
8. Bolalar va ota-ona munosabatlarining shaxs psixologik himoyasiga ta’siri.
9. Koping-xulq-atvorni konstruktiv strategiyalarini shakllantirish usullari.
10. Psixologik himoyaning shaxs emotsional barqarorligini shakllantirishdagi ta’siri.
Kurs mavzusi
1. O‘smirlarning koping xulq-atvorlarini tadqiq etish.
2. O‘simliklarda psixologik himoya mexanizmlarini o‘rganish.
3. Yolg‘iz (ajralib qolgan, o‘ksingan) o‘smirlarda psixologik himoyaning ta’siri.
4. O‘z-o‘ziga baho berishning o‘smir psixologik himoyasiga ta’siri.
5. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qish davri psixologik himoyasini tadqiq etish.
Malakaviy ishlar mavzulari
1. Talabaning psixologik himoyasiga aqliy darajaning ta’siri.
2. Psixologik himoyaning talabalardagi ziddiyatli xulq-atvorlarga ta’siri.
3. O‘smirlarda koping – xulq-atvor uchun konstruktiv strategiyalarni shakllantirish.
4. Talabalar koping xulq-atvorini psixologo-pedagogik korreksiyalash usullari.
5. Psixologik himoyaning pedagoglar emotsional “jon kuydirish” sindromining shakllanishiga ta’siri.
Kredit olish uchun savollar
1. Psixologik himoya tushunchasining evolyutsiyasi.
2. Xorijiy psixologiyada psixologik himoya nazariyalari.
3. Rus va mamlakatimiz psixologiyasida psixologik himoyaning o‘rganilishi.
4. Psixologik himoya mexanizmlarini tasniflashdagi asosiy yondashuvlar.
5. Psixologik himoya mexanizmlarining tayanch (asosiy) tavsiflari.
6. Himoyalangan xulq-atvor strategiyalari.
7. Koping-xulq-atvor fenomeni (ifodasi).
8. Psixologik himoya mexanizmlari va koping xulq-atvorning o‘zaro nisbati.
9. Koping- xulq-atvor strategiyasi.
10. Psixolog o‘qituvchilarning professional faoliyatida psixologik himoyaning namoyon bo‘lishi.
11. Kasbiy faoliyatda psixologik himoya.
12. Psixolog o‘qituvchilar shaxsining kasbiga xos muhim xususiyatlari.
13. Psixolog o‘qituvchining kasbiy faoliyatida psixologik himoyaning ahamiyati.
14. Konstruktiv psixologik himoyaning muhim xususiyatlari.
15. Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirishning psixologik va pedagogik shart-sharoitlari.
Shunday qilib, bo‘lg‘usi psixologlarning konstruktiv psixologik himoyasini shakllantirish dasturi "Shaxsning konstruktiv psixologik himoyasi muammolari" maxsus kursida amalga oshirildi.
Bo‘lg‘usi psixologlarning konstruktiv psixologik himoyasini shakllantirish muammosini o‘rganish bir qator usullardan foydalangan holda amalga oshirildi: Muammoni o‘rganish asosida nazariy tahlil va umumlashtirish; tajriba va nazorat guruhlarida olib borilgan aniqlovchi va shakllantiruvchi eksperiment; suhbat; kuzatish; ekspert baholash usuli; matematik ma’lumotlarni qayta ishlash usullari (Styudentning t-mezonlari, Vilkokson t-mezonlari); psixologik test; "Hayot tarzi indeksi" so‘rovnomasi (R. Plutchik, G. Kellerman, H. Konte); "Stressni bartaraf etish strategiyasi ko‘rsatkichi" usuli (D. Amirxan); "Subyektiv nazorat darajasi" usuli (E.F. Bajin, S.A. Golinkin, A. M. Etkind); Shaxs differensialligi metodikasi (V.M. Bextereva); Shaxsning ziddiyatli xulq-atvorga moyilligini aniqlash usuli (K. Tomas); Ijtimoiy-psixologik moslashuvni tashxislash usuli (K. Rodjers, R. Daymond).
Tajriba-eksperimental tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish uchun 475 nafar 1-4-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalari, shakllantirish eksperimentida 130 nafar 1-3 kurs talabalari ishtirok etdilar.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin