Fazalar qoidasi. Faza, komponent va sistemaning erkinlik darajasi



Yüklə 231,24 Kb.
səhifə2/4
tarix01.12.2023
ölçüsü231,24 Kb.
#170262
1   2   3   4
Fazalar qoidasi.Faza, komponent va sistemaning erkinlik darajasi

Fazalar qoidasi

K komponentdan iborat sistemadagi fazalar soni Ф bilan sistemaning erkinlik darajasi F yigindisi sistemaning komponentlar soni - K plyus ikkiga teng, ya’ni

Ф + F = K + 2

F - sistemaning erkinlik darajasi

F = K - Ф + 2

Demak, murakkab sistemalarda erkinlik darajasini topish uchun komponentlar sonidan fazalar sonini ayirib, qoldiqqa ikkini qo’shish kerak. Bosim kam ta’sir etadigan kondensatlangan ya’ni qattiq va suyuq fazalardan iborat sistemalar uchun fazalar qoldig’i: F =K – Ф + 1.

Muvozanatdagi sistemalar, komponentlar soniga qarab bir komponentli, ikki komponentli va hokazolarga bo’linadi.

Muvozanatdagi sistemalar, komponentlar soniga qarab bir komponentli, ikki komponentli va hokazolarga bo’linadi.

Bir komponentli sistemaga misol - suv. Bu sistema uch fazali: muz, suv, bug’. Fazalarning bir-biriga bu kabi aylanishida harorat va bosim orasidagi bog’lanish KLAUZIUS – KLAPEYRON tenglamasi bilan ifodalanadi.

Bu yerda:

Q - bir fazaning ikkinchi fazaga aylanish issiqligi,

V2 - yuqoriroq haroratda barqaror bo’lgan fazaning hajmi,

V1 - pastroq haroratda barqaror bo’lgan fazaning hajmi,

T - bu ikki fazaning muvozanat harorati.

Suyuq holatdagi metallarning bir jinsli aralashmasi yoki bu aralashmaning qotishidan hosil bo’lgan mahsulot qotishma deyiladi.

Suyuq holatdagi metallarning bir jinsli aralashmasi yoki bu aralashmaning qotishidan hosil bo’lgan mahsulot qotishma deyiladi.

Muayyan metallardan tayyorllangan barcha qotishmalar ichida eng past haroratda qotadigan qotishma evtektika deb ataladi.

Endi ikki modda o’zaro qattiq eritma hosil qiladigan ya’ni suyuq holatda ham qattiq holatda ham bir-biriga cheksiz eriydigan hollarni ko’rib chiqamiz. Ikki modda o’zaro qattiq eritma hosil qilishi uchun bir moddaning oddiy zarrachalari (molekula, atom yoki ionlari) o’zining kristallik panjarasida ikkinchi modda zarrachalari bilan o’rin almasha olishi yoki ikkinchi modda kristallik panjarasidagi bo’sh o’rinlarga kirib olishi kerak, ular aralash kristallar hosil qiladi. Bunday sistemalarda bir modda zarrachalari ikkinchi modda zarrachalarining o’rnini almashtirganligi sababli, qattiq faza gomogen sistemani tashkil etadi.


Yüklə 231,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin