Название публикации: «MASALALARNI TENGLAMALAR YORDAMIDA
YECHISH METODIKASI»
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada maktablarda matematika fanining “Masalalarni tenglamalar
yordamida yechish” mavzusi bo’yicha ayrim fikr va mulohazalar yuritilgan. Dars
jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol usullardan “Davomini ayt”, “Mosini
top” usulidan namunalar keltirilgan.
Kirish. Zamon rivojlangan sari ta’limga va dars o’tish jarayoniga qo’yilgan talablar
o’zgarib bormoqda. Shuningdek endi pedagoklardan vaqt va ruhiy zo’riqishlarni
kamaytirgan holatda o’quvchilarga qisqa vaqt ichida nazariy bilimlarni yetkazib
berish, ularni nazorat qilish, ularda ma’lum bir soha yuzasidan bilim va ko’nikmalarini
oshirish, ularning egallagan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash uchun
o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va o’zgacha yondashuv talab etiladi.
Ta’limda interfaol usullarning asosiy maqsadi o’quvchilarni mavzu markaziga
olib chiqish. Ularni shunchaki mavzu materialllarini yodlash va takrorlashdan farqli
ravishta ularni ijodiy yondashuv, erkin fikrlashga, darsda faol ishtirok etishiga
erishishdir. Shunda o’quvchilar o’tilayotgan mavzuni hayotiy tadbiqi bo’yicha o’z
fikriga ega bo’ladi.
Hozirda yangi metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayonida tatbiq etish
haqida gap borganda interfaol usullarning o’quv jarayoniga qo'llanilishi tushuniladi.
Interfaol usullarning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish
orqali o’quvchilarning faol erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir.
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining matematika kursidan ma’lum
bo’lgan "Masalalarni tenglamalar yordamida yechish" mavzusini o’qitish bo’yicha
ayrim mulohazalar keltiriladi va uslubiy ko’rsatmalar beriladi.