563
[5] matematika fanini o‘rganish davomida ta’lim oluvchilarda ijodiy aktivlikni
tarbiyalash jarayoni zamonaviy maktab matematika o‘qituvchilari oldida turgan
dolzarb muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarda tarbiya
va matematik qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim vositalardan biri bu masalalar
ekanligini inobatga olib, maqolada matematika fani
olimpiadalarida tayyorlash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, darslarni interaktiv metodlar yordamida tashkil etishga
doir ba’zi namunalar keltirilgan.
[6] maqola 3 qismdan iborat bo‘lib, o‘rta arifmetik va o‘rta geometrik qiymatlar
bilan bog‘liq tengsizliklar muhokama qilingan.
e sonining ta’rifi va u bilan bog‘liq
tengsizliklar keltirilgan. Bunda monoton o‘suvchi va chegaralangan ketma-
ketliklarning xossalaridan foydalanilgan. Shuningdek, limitlarni hisoblashda
tengsizliklarning ba’zi tatbiqlari bayon qilingan.
[7] maqolada algebraik ifodalarni qo‘shish, ayirish va ko‘paytirishni
interfaol
usullarni qo‘llash orqali o‘rgatish usullari berilgan. Ikkinchi darajali tenglamalar va
ularni yechish metodlari, ularning geometrik tasviri,
kvadrat tenglamalarga
keltiriladigan masalalarni yechish bayon etilgan. G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn
Ibrohim Xayyomning fan sohasiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
[8] maqolada to‘garakning doimiy a’zolari soni va to‘garak mashg‘ulotlari
tashkil qilish yo‘llari haqida tavsiyalar berilgan. Parallel sinf o‘quvchilari uchun
to‘garaklar tashkil etilishi natijalari, mashg‘ulotlar davomiyligi
haqida fikrlar qayd
qilingan. Mashhur Eyler formulasining ajoyib tatbiqi bayon qilingan. Mukammal
sonlar va sonning butun qismi hamda uning xossalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
[9] maqolada matematika fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish
bo‘yicha ayrim metodik tavsiyalar keltirilgan. Funksional analiz fanining “Chiziqli
operatorning spektri va rezolventasi” mavzusini o‘qitishda ayrim interfaol usullarning
qo‘llanilishi tadqiq qilingan.
[10-50] maqolalar ta’lim muassasalarida matematika fanlarini interfaol usullar
va ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan.
Qo‘llanilgan medodlarning tavsifi, ularning yutuq va kamchiliklari
ochib berilgan
hamda mavzuga mos metodlarni tanlash orqali asoslab berilgan.