Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Morfologik usul ravish yasashda faol usul hisoblanib, ko'proq holat ravishlari shu usul bilan yasaladi. Ravishlar ot, sifat, olmosh, ravish ba'zan fe'l o'zaklardan yasaladi. Quyidagi qo'shimchalar ravish yasovchi qo'shimchalardir:
-cha qo'shimchasi ot, sifat, olmosh, fe'l, ravish negizlargaqo'shilib, ravish yasaydi: o'zbekcha, yangicha, o'zicha,yig'laganicha, kulganicha, hozircha,buguncha kabi.
-day (-dek) qo'shimchasi asosan ot negizlarga qo'shilib,harakat yoki holatdagi o'xshashlikni anglatuvchi ravishlar yasaydi:tog'day, muzday, qushday, paxtaday, gulday kabi.
Sintaktik usul bilan qo'shma va juft ravishlar yasaydi. Ikki so'zning o'zaro birikuvidan tashkil topgan ravishlar qo'shma ravishlar deyiladi. Qo'shma ravishlar quyidagicha hosil bo'ladi:
1. O'rin-payt, miqdor ma'nosini bildiruvchi so'zlardan oldin -alia qo'shimchasini keltirish bilan : allavaqt, allamahal, allapaytkabi.
Shu paytgacha to'qayda allaqancha yerni shudgor qilib qo'yishdi. (S.A.)
Payt va miqdor bildiruvchi so'zlardan oldin bir yoki ozso'zlarini keltirish bilan: bir payt, bir zum, bir mahal, bir talay,oz muncha, birmuncha kabi. AH Qushchi kaltagina cho'qqisoqolini tutamlab, bir zum tuynukka tikilib qoldi.(O. Yo.)
O'rin va payt ma'nosini bildiruvchi so'zlardan oldin har, hech,bir so'zlarini keltirish bilan: har joy, har mahal, har lahza, hechqachon? hech vaqt, bir tomon kabi. Bu xotin go'yo necha yildanberi har kun shu ravishda buni kutib umr o'tkazgan. (Ch.)Qabulxonaning bir tomoniga qator stullar terilgan. (O'.U.)Ayollar hech qachon o'zlarini pastga urishmaydi. (S.A.)
Ko'rsatish ohnoshlariga yer, yoq so'zlarini qo'shish bilan:shu yer, bu yer, u yer, shu yoq, bu yoq, o'sha yer kabi: -Buyoqqa kel bola. (S.A.)
Nizom allaqachon ota-onasini bu yerdan ko'chirib ketgan va saroyga yaqin joydan shinam uy, joy olib bergan.(P.Q.) Zerikkan bo'lsangiz, ertaga boshqa nomerga ko'chiraman. U yer - yaxshi. (Ch.)
Juft ravishlar ikki so'zning o'zaro teng bog'lanishidan hosil bo'ladi. Juft ravishlar so'zlarning juft kelishi hamda takrorlanishi asosida quyidagicha hosil bo'ladi:
Ikki so'zning o'zaro ma'nodoshlik asosida bog'lanishidan:asta -sekin, ochiq-sochiq.
Qarama-qarshi ma'noli so'zlarning o'zaro birikuvidan: oldin-keyin, qishin-yozin, kecha-kunduz, ostin-ustin .
3. Ikki so'zning takrorlanishida birinchi so'zda -maqo'shimchasining qo'shilishdan: tarafma-taraf, birma-bir, yak-kama-yakka, qo'Ima- qo'l.
4. Ikki so'zning takrorlanishida birinchi so'zda ba'zan keyingiso'zga -dan qo'shimchasini qo'shilishi bilan : yildan -yilga,qanchadan -qancha, bir- biridan, o'z- o'zidan kabi.