Fe'iiarning yasalishi


Yuklamalar haqida ma'lumot



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə6/9
tarix25.12.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#196198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fe\'l yasalishi va uning talim bosqichlari darsliklarida berilishi

Yuklamalar haqida ma'lumot


Fikrning borliqqa bo'lgan munosabatini bildirib, so'z vagaplarga turli modal ma'no qo'shadigan yordamchi so'zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar o'zi birikkan gapning ma'nosini ta'kidlab, kuchaytirib. chegaralab, so'zga ishonch, gumon, tasdiq, inkor ma'nolarini qo'shish uchun ishlatiladi. Yuklamalar ham gap bo'lagi vazifasida kelmaydi.
Yuklamalar shakl xususiyatlariga ko'ra ikki xil: so'z yuklamalar, affiks yuklamalar. So'z yuklamalar faqat, hatto, agar, nahot, nahotki, xuddi. Bular shakl jihatidan so'zlarga teng kelsa ham vazifa nuqtai nazaridan yuklamadir.
Affiks yuklamalar -gina (-kina, -qina), -mi, -chi, -a, (-ya), -u, (-yu) , -da, -oq, -yo'q, -ku, -dir. Yuklamalar quyidagi modal ma'nolarni bildiradi:
1. So'roq va taajjub yuklamalari -mi, -chi, -a (-ya), nahotki. Bu yuklamalar turli so'zlarga qo'shilib so'roq ma'nosini, nahot, nahotki yuklamasi esa taajjubni ifodalaydi. Saltanatning gaplari-chi? Ularda haqiqat yo'g-mi? (O'.U.) 2. Kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari -ku, -u, (- yu), -da, oq, (yo'q), -ki (kim), axir, hatto, hattoki. Bu yuklamalar ma'noni kuchaytirish, ta'kidlash uchun ishlatiladi. Tolmas Azimovday insofli odamlar-ku, achinishadi": (O'.U.) Bu gal eshik tezda ochildi-yu, ichkaridan professorlar hiqib keldi. ( O'.U.) 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalar -gina (-kina, -qina), faqat. Bu yuklamalar narsa-hodisani boshqalaridan ajratish, ish-harakatni chegaralash uchun ishlatiladi. Zebixon bu pachoqqina ko'rimsizgina kamgap bolaning ichida shuncha gap borligini bilmagan ekan. (S.A.) 4. Aniqlov yuklamasi xuddi. Gap mazmunidan anglashiladigan voqea-hodisani boshqasiga o'xshatish uchun ishlatiladi. Osmon xuddi tomlarga tegib turganday. (A.Q.) 5. Gumon yuklamasi -dir. Bu yuklama gumon, noaniqlik ma'nolarini ifodalaydi. Shu payt birdan qo'shiq tindi. Nimadir shitirladi. (S.A.) •
Affiks }yuklamalardan -gina (-kina, -qina), -dir, -oq(-yo'q), -mi so'zlarga qo'shib yoziladi. Shu kuniyoq havoning aynib qolganligiga qaramasdan Naymanga qarab ketdi. (S.A. ) -ku, -chi, - da, -u (-yu), -a (-ya) yuklamalari so'zlardan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. To'ppa -to'g'ri kirib kelaverganini-ya. (O'U.) Mulla Fazliddin pastroqda to'xtab, qo'l qovushtirdi -yu, yengil bir ta'zim bilan javob berdi. (P.Q.)
So'z yuklamalari axir, xatto, hattoki, faqat, nahot, nahotki, xuddi alohida holda yoziladi. Hosili o'rib olingan bug'doyzorlarda, hatto olis yaqindagi bog'larda biron-bir odam qorasi ko'zga chalinmas, hatto qirlarda mollar ham ko'rinmas edi.(O.Yo.)

Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin