Fe'iiarning yasalishi


Modal so'zlar haqida ma'lumot



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə7/9
tarix25.12.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#196198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fe\'l yasalishi va uning talim bosqichlari darsliklarida berilishi

Modal so'zlar haqida ma'lumot


Fikrning voqelikka bo'lgan munosabatini ifodalab, modal ma'no bildiradigan so'zlar modal so'zlar deyiladi. Modal so'zlar gapning biror bo'lagiga, shuningdek, butun gapga taalluqli bo'lib gapda kirish so'z vazifasini bajaradi. Modal so'zlar mustaqil va yordamchi so'z orasidagi turkumlardan bo'lib, ma'no ifodalamasligi jihatidan yordamchi so'zlarga yaqin, gapdagi grammatik o'rni, grammatik ma'nosi va grammatik vazifasiga ko'ra mustaqil so'zlarga yaqindir.
Modal so'zlar morfologik jihatdan o'zgarmasligi bilan harakterlanadi. Modal so'zlar gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydi. Modal so'zlar quyidagi modal ma'nolarni bildiradi:
l.Fikrning aniqligini bildiradi: albatta, tabiiy, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz. Buni Saltanat kichikligida tushunmasdi, albatta. (O'.U.) 2. Fikrning noaniqligini bildiradi: ehtimol, chamasi, aftidan, shekilli, balki, chog'i kabi. Yo yaxshi turmushga haqqi yo'qmi, bu qizlarning? Men haqqi yo'q demadim, shekilli? (O.Yo.) 3. Mavjudlik va tasdiq bildiradi: bor, mayli, xo'p. Odamlar bor, og'zidagini oldirib o'tiradi.(0'.U.) -Mayli, tog'a, sen bir narsani bilib aytayotgandirsan. (S.A.) Menga yomonlikni ravo ko'rmaysan-ku. Xo'p. (S.A.) 4. Afsuslanish, ajablanish, xursandlikni bildiradi: attang, ajabo, xayriyat,afsus, esiz. Afsuski, yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan. (S.A.) 5. Fikrga munosabat, umumlashganlik yoki tartibni bildiradi: demak, xususan, jumladan, masalan, xullas, binobarin, zero, zotan, chunonchi, birinchidan, ikkinchidan. Xullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmu? (P.Q.) Demak, bu qiz uni surishtirgan, kimligini bilmoqchi bo'lgan.(S.A.) 6. Fikmi eslash ma'nosini bildiradi: aytganday, darvoqe, aytmoqchi. Ha aytgancha, dadam Nizomga Dildordan xat keldi, deb aytib keldilar tinch ekanmi? (S.A.) 7. Mayjud emaslikni bildiradi: yo'q. Yo'q haqiqat hech qachon o'z-o'zidan yuzaga chiqmagan. (O'.U.)
Modal so'zlar gapda kirish so'z bo'lib keladi. Biroq, bor, yo'q, ehtiimol, chamasi, albatta, shubhasiz, xo'p, mayli, ajabo kabi modal so'zlar so'z- gap holida ham qo'llaniladi. - Voajabo! - dedi u bo'g'ilib. (O.Yo.)Xurshida bonu sekin bosh chayqadi: - yo'q... (O.Yo.)

Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin