2. BUYRUQ-ISTAK MAYLI. Ish-harakatning bajarish – bajarmaslik haqida buyurish, istash, so'rash, maslahat, iltimos, chaqiriq, da'vat, undash kabi ma'nolarni ifodalaydi.
Buyruq - istak maylining da'vat ma'nolarini II va III shaxslari buyruq,
maslahat, o'rni bilan iltimos kabi ma'nolarni ifodalaydi. Binobarin, so'zlovchi (I
shaxs) o'ziga-o'zi buyura olmaydi. U bevosita II shaxsga buyuradi (bor, o'qi, kel,
yur) III shaxsga esa II shaxs orqali buyuradi (borsin, o'qisin, ishlasin) II shaxsda
buyruq o'rniga iltimos ifodalanganda –gin orqali (arxaik) formasi – gil qo'shimcha qo'shiladi.
Masalan: o'qigin, ishlagin kabi.
Yoki: Kechir meni, nozli malagim, Seni maqtay olmasim tayin. Senga shuncha chiroy bergan kim? Aytib bergin, uni maqtayin. (H.O.). Buyruq - istak mayli asosan, kelasi zamonga oid ish-harakat
tushunchasini anglatadi.
3. SHART MAYLI. Bu mayl biror bir ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin
bajarilishi shart bo'lgan ish-harakatni ifodalaydi. Shuningdek, ish-harakatni
bajarish-bajarmaslik haqidagi istak, maslahat, xohish ma'nolarini ifodalaydi.
Shart mayli – sa qo'shimchasi bilan yasalib, asosan, ikki zamon
formasiga ega:
1. Kelasi zamon shart – istak fe'li.
2. O'tgan kelasi zamon shart fe'li.
Kelasi zamon shart-istak fe'liasosan, nutq so'zlanib turgan paytdan
keyin bajarilishi shart qilib qo'yilgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda shart fe'li
17
ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Masalan: Ekin yaxshi parvarish