12
Hozirgi zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda
bajarilayotgan yoki bajarilmayotganligini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe'li ma'nosiga
ko'ra ikki turga bo'linadi:
1. Hozirgi-kelasi zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytda va indan keyin
sodir bo'ladigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Hozirgi – kelasi
zamon fe'li negiziga
–a (-y) ravishdosh yasovchi qo'shimchasini qo'shish va
tuslash bilan ifodalanadi.
Masalan, yozaman, yozasan, yozadi, o'qiydi,
o'qiyman, o'qiysan. Men maktabda mehr bilan ilm olaman.
Tuslanishi quyidagicha bo'ladi:
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs
bor–a–man
bor–a–miz
II shaxs bor–a–san
bor–a–siz
III shaxs bor–a–di
bor–a–di (lar)
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs. ishla–y–man
ishla–y–miz
II shaxs. ishla–y–san
ishla–y–siz
III shaxs. ishla–y–di
ishla–y–di (lar)
Bugun qarindoshlar biznikiga keladi. Bunda ish-harakat nutq so'zlangan
paytdan keyin bajariladi. Xalq nima qilmasin, to'g'ri qiladi. Bunda doimiy harakat
ifodalangan.
2. Hozirgi zamon davom fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda
aniq davom etib turganini ifodalaydi. Bu harakat nutq so'zlanib turgan paytdan
oldin boshlangan bo'lishi, nutq bilan bir vaqtda yuz berishi mumkin. Masalan,
injinerlar mukammal terim mashinasini yaratish uchun qattiq ishlayapti (O.). Erta
bahor, daraxtlar kurtak chiqarmoqda (J.Sharipov).
Hozirgi zamon davom fe'li quyidagicha ifodalanadi:
a) Hozirgi-kelasi zamon ravishdoshiga
–yap qo'shimchasini qo'shish
bilan:
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs
yoz–a–yap–man
yoz–a–yap–miz
II shaxs yoz–a–yap–san
yoz–a–yap–siz
III shaxs yoz–a–yap–ti
yoz–a–yap–ti (lar)
Dostları ilə paylaş: