4. Yorug‘ tushmaydigan, tashqaridan tiq etgan tovush kelmaydigan yakka zimiston xonada yotganimda xuddi shu otga o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni (ko‘rgan-kechirganlarim haqida) eslab o‘tirardim. (Said Ahmad) 5. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni obod qilishni (obod qilish haqida), ilm-u ma'rifatni yuksaltirishni (yuksaltirish haqida) o‘ylaydilar. (P. Qodirov) 6.Bog‘dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom ichida poyaga suyanib turgan qizga ko‘zi tushdi, uyalganidan (uyalgani sababli) bir zumda qizarib-bo‘zarib ketdi, ketmoniga tikilib qadamini tezlatdi. (Oybek) 7. Agar u guldastani xotiniga deb olganda odamlar unga (u tomon)ajabsinib emas, havas bilan qarar edi. (Ahmad A 'zam)
4. Yorug‘ tushmaydigan, tashqaridan tiq etgan tovush kelmaydigan yakka zimiston xonada yotganimda xuddi shu otga o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni (ko‘rgan-kechirganlarim haqida) eslab o‘tirardim. (Said Ahmad) 5. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni obod qilishni (obod qilish haqida), ilm-u ma'rifatni yuksaltirishni (yuksaltirish haqida) o‘ylaydilar. (P. Qodirov) 6.Bog‘dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom ichida poyaga suyanib turgan qizga ko‘zi tushdi, uyalganidan (uyalgani sababli) bir zumda qizarib-bo‘zarib ketdi, ketmoniga tikilib qadamini tezlatdi. (Oybek) 7. Agar u guldastani xotiniga deb olganda odamlar unga (u tomon) ajabsinib emas, havas bilan qarar edi. (Ahmad A 'zam)
53-mashq. Berilgan gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma'nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma'nodagi o‘zgarishlarni izohlang.
53-mashq. Berilgan gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma'nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma'nodagi o‘zgarishlarni izohlang.
1. «Alvasti ko‘prik» tepasiga chiqib, shahar tomon (shaharga) shitob bilan ketdi. (Said Ahmad) 2. U supadan tushib, vazmin bosib bog‘ sari (bog‘ga) yo‘naladi . (Erkin A'zam) 3. O‘smir o‘rtoqlari oldida uyalgani uchun (uyalganidan) ham uydan ketishga ahd qilgan. ( Tohir Malik) 4. Anavi g‘it-g‘it mashina bilan (mashinada) To‘laganning adabini beraman. (O‘.Umarbekov) 5. Xatni Sobiraxon olib, ko‘k qalam bilan (qalamda) ostiga chizilgan yerini o‘qidi. (Abdulla Qahhor)