Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari ORTTIRMA NISBAT shakli deyiladi. Orttirma nisbat shakllari -t, -dir (-tir), -giz(-kiz), -qiz, (-g‘iz), -gaz (-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz kabi qo‘shimchalar yordamida yasaladi.
1. Sharifa hovlini supurdi.
1. Sharifa hovlini supurdi.
2. Sharifa hovlini supurtirdi.
1. Sharifa supurdi.(aniq nisbat)
2. Sharifa boshqa shaxsga supurtirdi. (orttirma nisbat)
Orttirma nisbatning –t qo‘shimchasi unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi. Masalan, to‘qit, ishlat.
Orttirma nisbatning –t qo‘shimchasi unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi. Masalan, to‘qit, ishlat.
-ir, -ar, -iz qo‘shimchalari undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi. Masalan: shoshir, chiqar, oqiz.
Jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’l asoslariga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin –dir qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, kuldir, yondir, tomizdir kabi.

Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga esa -tirqo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, kestir, tushuntir kabi.