FE’LNING VAZIFA SHAKLLARI
Fe’lning turli gap bo`lagi vazifasida kelishi uchun xoslangan shakllar
Sof fe’l shakli
|
Harakat nomi
|
Sifatdosh
|
Ravishdosh
|
1. SOF FE’L SHAKLI - fe’lni gapda kesim vazifasini bajarishga xoslaydigan shakli.
Sof fe’l shaklini hosil qiladigan maxsus morfologik shakl mavjud emas.
Sof fe’l shakli zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ko`rsata oladi. M: Xudoyorxon
xalqqa gapirdi. Gapida gapirdi fe’li sof fe’l shakli bo`lib, o`tgan zamon, III shaxs
birlik va xabar mayli ma’nolarini bildirgan.
2. HARAKAT NOMI SHAKLI
HARAKAT NOMI
Fe’lning OT ga xoslangan shakli bo`lishsiz shakli
-sh, -ish
|
-v, -uv
|
-moq
|
-mak
|
-maslik
|
o`qish, yozish
|
saylov, yozuv
|
o`qimoq
|
ko`rmak
|
o`qimaslik
|
Harakat nomi otga xoslanganligi bois, fe’lga xos bo`lgan zamon, mayl va shaxs-son
ma’nolarini ko`rsatmaydi. Shuning uchun harakat nomi - fe’lning noaniq shakli [-moq]
deyiladi va bu shakl lug`atlarda aks etadi. ( to read --- o`qimoq ).
Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik, ko`plik shakllarini oladi:
M; Suzishing yomon emas. – egalik.
Tez o`qishga odatlan. Qadimiy yozuvlar ko`p.
|
kelishik.– ko`plik
|
[ -v ] qo`shimchasi qo`shilishi natijasida fe’l asosida - tovush almashadi:
[ -i ] tovushi [ -u ] tovushiga almashadi
|
[ -a ] tovushi [ -o ] tovushiga almashadi
|
o`qi + v = o`quv
|
ishla+v = ishlov
|
De+mak --- so`zi ham harakat nomi ham modal so`z bo`lib kelishi mumkin:
a) Og`ziga kelganni demak yaxshi emas. --- harakat nomi
b) Demak, uning barcha gapi yolg`onmi-a? --- modal so`z.
3. SIFATDOSH SHAKLI
Sifatdosh – fe’lning sifatga xoslangan shakli. Qo`shimchalari: -gan (-kan, -qan), -adigan, -ydigan, -r (-ar), [-r, -ar ning bo`lishsiz shakli – mas ]
Sifatdoshning --- sifatdan farqli tomonlari:
Sifat
|
Fe’lning sifatdosh shakli
|
Shaxs va narsalarning turg’un, barqaror belgisini ifodalaydi
|
Shaxs va narsalarning beqaror(o`zgaruvchan), bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi bilan bog’liq, uch zamondagi belgisini ifodalaydi.
|
Qizil gul; sovuq xona;issiq suv; eski ko’ylak;
|
Qizar+ma+gan gul; sovi+yotgan xona;isi+t+il+adigan suv
|
SIFATDOSH SHAKLI
|
O`tgan zamonsifatdoshi
|
-gan-kan-qan
|
o`qigan bola ekkan ko`chat oqqan suv
|
qachon? --- oldin
|
Hozirgi zamonsifatdoshi
|
-yotgan - ayotgan
|
ishlayotgan ari yozayotgan xati
|
qachon? --- hozir
|
Kelasi zamonsifatdoshi
|
-adigan -ydigan - r (-ar) -mas
|
keladigan havf ishlaydigan mixt qaytar dunyo qaytmas umr
|
qachon? --- keyin
|
Sifatdosh qo`shimchalarining imlosi
-gan qo`shimchasi 3 xil aytiladi va yoziladi:
a) Yog`+gan = yog`gan, teg+gan = teggan --- Morfologik yozuv;
b) Ek+gan = ekkan, chiq+gan = chiqqan --- Fonetik yozuv
4. RAVISHDOSH SHAKLI
Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shakli.
Qo`shimchalari: -b (-ib), -a (-ay), -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha),
-gancha(-kancha, -qancha), -gani (-kani, -qani).
Ravish
|
Fe’lning ravishdosh shakli
|
Fe’lga bog`lanib harakatning ham va otga bog`lanib predmetning ham belgisini bildiradi
|
Fe’lga bog`lanib harakatning belgisini bildiradi
|
Asosdagi ma’nosidan anglanadi
|
Fe’lga qo`shilgan qo`shimchasidan anglashiladi
|
----------
|
Bo’lishli-bo’lishsizlik shakliga ega
|
tez keldi – qanday? keldi.ko`p kitob – qancha? kitob.
|
shosh+ib keldi – qanday? keldi qayt+a o`qidi – qanday? o`qidi.
|
Ravishdosh qo`shimchalarining ma’nolari:
|
-b (-ib)
-a (-ay)
|
Asosan holatni bildiradi; kul+ib gapirdi, ayt+a –ayt+a charchadi. –qanday?
|
Ba’zan sababni bildiradi; [-b, -ib + inkor fe’l = sabab ]qo`rq+ib kir+ma+di, uyal+ib kelmadi. – nima sababdan?
|
Ba’zan paytni bildiradi; Kun bot+ib kirib keldi. – qachon?
|
-gancha-kancha-qancha
|
Boshini quyi sol+gancha gapirdi.Holatni bildiradi; Entik+kancha jim qoldi. - qanday?Chanqa+gancha kirib keldi.
|
-gach-kach-qach-guncha-kuncha-quncha
|
Uyga bor+gach telefon qilamiz.Gullarni ek+kach sug`oramiz. –qachon?Paytni bildiradi; Qo`ylarni kechgacha boq+qach yetib keldi.G`uncha ochil+guncha kutdim. Sabzi ek+kuncha kech bo`ldi. –qachongacha?Uyidan chiq+quncha kutib zerikdim.
|
-gani-kani-qani
|
Onang bilan gaplash+gani keldim.Maqsadni bildiradi; Qulupnaylar ek+kani keldim. – nima maqsadda?Tog`ga olib chiq+qani nima bor?
|
RAVISHDOSH QO`SHIMCHALARINING IMLOSI:
-gach, -guncha, -gancha, -gani --- bu qo`shimchalar 3 xil aytiladi yoziladi:
Agar bu qo`shimchalar asliga muvofiq aytilsa va yozilsa, ya’ni tovush o`zgarishiga
uchramasa - morfologik tamoyil; ( M: o`qi+gach= o`qigach, bor+guncha= borguncha,
charcha+gancha= charchagancha, yoz+gani = yozgani ).
Ya’ni: g va g` undoshlari bilan tugagan fe’llarga qo`shilsa - morfologik tamoyil.
Agar bu qo`shimchalar asliga muvofiq aytilmasa va yozilmasa, ya’ni tovush
o`zgarishiga uchrasa – fonetik tamoyil; ( M: ko`nik+gach = ko`nikkach, chiq+gach =
chiqqach, ek+gancha = ekkancha, chiq+guncha = chiqquncha, chiq+gani = chiqqani ).
Ya’ni: k va q undoshlari bilan tugagan fe’llarga qo`shilsa – fonetik tamoyil.
Sof fe’ling bo`lishsiz shakli
|
-ma (o`qidi --- o`qi+ma+di )
|
Harakat nomining bo`lishsiz shakli
|
-maslik ( o`qish --- o`qi+maslik )
|
Sifatdosh(-ar) ning bo`lishsiz shakli
|
-mas (oqar --- oq+mas )
|
Ravishdoshning bo`lishsiz shakli
|
-may (o`qib --- o`qi+may )-mayin (bilib --- bil+mayin )-masdan (yozib --- yoz+masdan )
|
-gani ravishdoshining bo`lishsiz shakli yo`q!!! o`qi+gani keldi-to`g`ri --- oqi+ma+gani keldi –xato
|
|
Sanash,
chiqmoq,
Chiqqan,
kelgan,
chizuv,
aytish,
chaqirish,
to‘plash,
tikkan,
olgan,
foydalanish,
quymoq,
sindirmoq,
yopish,
uqqan,
chekkan yurgan,
quyuv,
ho‘plamoq,
yuguruv,
tanishuv,
oqqan,
kechikkan,
taqqan
qarov,
ishlov,
haydov.
Dostları ilə paylaş: |