Fermentlar muxandisligi. Fermentlarni immobilizatsiyalash. Immobilizatsiya turlari


Produtsentlarni o‘stirish usullari



Yüklə 31,75 Kb.
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü31,75 Kb.
#38972
1   2   3   4   5
Fermentlar muxandisligi. Fermentlarni immobilizatsiyalash. Immob

Produtsentlarni o‘stirish usullari

Mikrobiologik yo‘l bilan fermentlarni ishlab chiqarishni, iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi omillardan biri-mikroorganizmlarni o‘stirish usulidir. O‘stirishni bir necha usullari mavjud: sirtqi (yuzaki), suyuq ozuqa muhitida (davriy), osib (juda ham kam ishlatiladi) va ozuqa muhitida to‘xtovsiz o‘stirish usullari.

Mikroorganizmlarni qattiq faza sirtida, yuzaki o‘stirish juda katta ahamiyatga ega. YAponiyada va Uzoq SHarqni boshqa mamlakatlarida ivitilgan bug‘doy yoki guruchga tuzlar solib, uy haroratida va steril sharoitda maxsus idishlarda zamburug‘ o‘stiriladi. SHu usulda amilaza, proteaza, pektinaza, sellyulaza va boshqa fermentlar olinadi. O‘tgan asrning 20-yillarida-antibiotiklar ishlab chiqarish boshlangan davrda–mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida, chuqurlikda o‘stirish usuli yaratilgan. Bu usuldan foydalanib, fermentlar biosintezini amalga oshirish, dastlabki tajribalarda o‘zini istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.

Sanoat fermentatsiyasini asosiy maqsadi energiyadan (o‘stirish harorati, ozuqa muhitini sterilizatsiya qilganda va uni aralashtirganda sarflanadigan energiya vax.k.) unumli va samaraliroq foydalanishdan iborat. SHuning uchun ham ozuqa muhitining komponentlarini energetik va ozuqaviy bahosi eng muhim omillardan hisoblanib, o‘stirish sharoitini tanlash ham katta ahamiyatga ega (harorat, rN, O2 ni parsial bosimi, jarayonni davomiyligi va x.k.). Sanoat sharoitida mahsulotni tan narxini belgilashda fermentatsiyadan tashqari, ozuqa muhiti komponentlarini bahosi, energiya sarflari, xizmatchilarni mehnat harajatlari, apparatlarni ishlatishdagi harajatlar va boshqa muayyan jarayon bilan aloqador bo‘lgan xarajatlar e’tiborga olinadi.



Nazorat savollari

  1. Fermentlar muxandisligining maqsad va vazifalari

  2. Fermentlarni biologic obyektdan ajratish usullari

  3. Fermentlarni tozalash usullari

  4. Fermentlar immobilizatsiyasi

  5. Immobillashda qo’llaniladigan tashuvchilar va ularga qo’yilgan talablar






Yüklə 31,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin