Fermentlar va oqsillar



Yüklə 327 Kb.
səhifə1/5
tarix24.06.2023
ölçüsü327 Kb.
#134820
  1   2   3   4   5
fermentlar

Fermentlar va oqsillar

FERMENTLAR

  • Tirik hujayra izotermik ximiyaviy mashina hisoblanadi, bu mashina normal — to'xtovsiz ishlab turishi uchun fermentlar deb ataluvchi biologik katalizatorlar bo'lishi kerak. Fermentlar tabiatan oqsil molekulalari bo'lib, har bir ferment ma'lum bir tipdagi ximiyaviy reaksiyani katalizlaydi. Ular genlar ta'sirini ro'yobga chiqaradigan hujayraning ishchi apparatidir.
  • Fermentlar anorganik katalizatorlardai o'ziga xosligi, katalitik aktivligi va mo''tadil sharoit, ya'ni o'rtacha temperatura va vodorod ionlarining fiziologik konsentrasiyasida ta'sir qila olishi bilan afzal hisoblanadi. Ular ko'p bosqichli murakkab reaksiyalarni millisekundlarda ketishini ta'minlaydi.
  • Tirik hujayralarda fermentlar ishtirokida ketadigan ximiyaviy reaksiyalarning yana bir nodir xususiyati shundaki, bunda maxsulot to'liq hosil bo'ladi va keraksiz qo'shimcha moddalar ajralib chiqmaydi.
  • Fermentlar minglab ximiyaviy reaksiyalarni tezlashtiradi, hujayralardagi moddalar almashinuvv fermentlar ishtirokida boradi.

FERMENTLAR

  • Fermentlar tabiatiga ko'ra katalizatorlar bo'lganligi uchun, ular ta'sirida termodinamik jihatdan imkoni bor reaksiyalargina amalga oshirilishi mumkin. Bunga fermentning substrat (reaksiyaga kirishuvchi modda) bilan oraliq kompleks hosil qilnshi natijasida katalizlanadigan reaksiyaning aktivlanish energiyasini pasaytirishi evaziga erishiladi.
  • Fermentlar ximiyaviy tarkibi jihatidan oqsil moddalar bo'lib, yuqori molekulyar massaga (masalan, ribonukleazaning molekulyar massasi —12700 bo'lsa, piruvat degidrogenaza kompleksiniki 4000000 ga teng) va kolloid xossaga ega. Fermentlar tarkibiga ko'ra bir komponentli (oddiy oqsillar) va ikki komponentli (murakkab oqsillar) bo'ladi. Ikki komponentli fermentlarda oddiy oqsil qismi apoferment deb, quyi molekulyar termostabil prostetik gruppasi koferment deb ataladi. qoferment sifatida vitaminlar, nukleotidlar, tarkibida porfin yadrosi bo'lgan gem tabiatli moddalar, uglevodlarning fosforli efirlari, kichik molekulali metabolitik aktiv peptidlar va boshqalar yashtirok etadi. Fermentlarning koferment qismi oqsil qismi bilan turli darajada bog'langan. Masalan, sitoxromlarda gem oqsil qismi bilan kovalent bog' yordamida bog'lansa, ba'zi degidrogenazalarning kofermenti dializ qilinganda ham ajralib ketishi mumkin.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin