Fermentlar va oqsillar


FERMENTLARGA XOS REAKSIYALAR ANORGANIK KATALIZATORLAR BILAN FERMENTLAR TA'SIRINI TAQQOSLASH



Yüklə 327 Kb.
səhifə3/5
tarix24.06.2023
ölçüsü327 Kb.
#134820
1   2   3   4   5
fermentlar

FERMENTLARGA XOS REAKSIYALAR ANORGANIK KATALIZATORLAR BILAN FERMENTLAR TA'SIRINI TAQQOSLASH

  • Kerakli asbob va reaktivlar: shtatiz, probirkalar, pipetkalar, naq o'tkazilgan probka, gaz gorelka yoki spirt lampasi, suv termometri, suv hammomi, kraxmalning 1% li eritmasi, xlorid kislotaning 10% li eritmasi, Lyugol eritmasi, natriy gidroksidning 10% li eritmasi, mis (II)- sulfatning 1% li eritmasi, kraxmalning 0,3 M natriy xloriddagi 1% li eritmasi, distillangan suv, 10 marta suyultirilgan so'lak.
  • Fermentlar anorganik katalizatorlardan bir qancha xossalari bilan farq qiladi. Fermentlar yuqori darajada o'ziga xos biologik katalizatorlardir. Ular o'rtacha temperaturada, mo''tadil sharoitda (ko'chsiz kislotali, neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhit, ion kuchi past bo'lgan eritmalarda, normal atmosfera bosimi sharoitida) yuqori aktivlikni namoyon qila oladi. Anorganik va sun'iy katalizatorlar esa yuqori temperatura (100 — 1000°), kuchli kislotali yoki kuchli ishqoriy muhit, yuqori bosim sharoitida optimal aktivlikka ega bo'ladi. Bunday sharoit abiotik muhit hisoblanadi.
  • Anorganik va biologik katalizatorlarning aktivligini kraxmalning gidrolizlaiishi misolida solishtirib ko'rish mumkin. Kraxmal xlorid yoki sulfat kislota ta'sirida uzoq vaqt qaynatilganda gidrolizlanadi, avval dekstrinlarga, so'ngra glyukozaga aylanadi:

OQSILLARNING FIZIK-XIMIYAVIY XOSSALARI

  • Oqsillar yuqori molekulyar biologik polimerlar bo'lganligi sababli ular suvda eriganda kolloid eritmalar hosil qiladi. Oqsil molekulasi o'zining aminokislota tarkibiga qarab eritmada musbat yoki manfiy zaryadga ega bo'ladi. Oqsil zarrachasining zaryadi uni eritmada stabillovchi asosiy faktor hisoblanadi.
  • Oqsillarning muhim xususiyatlaridan biri ularning eruvchanligi va cho'kishi hisoblanadi. Turli oqsillarning molekulyar xususiyatlari, bajaradigan vazifasi, tabiatda tarqalgan ob'yektiga bog'liq ravishda turli darajadagi eruvchanlikka ega. Ular turli fizik va ximiyaviy omillar ta'sirida eritmadan cho'kadi. Cho'ktiruvchining turi va oqsil erigan muhitga qarab oqsil o'z xoliga qaytmas bo'lib cho'kishi, denaturasiyaga uchrashi yoki qayta cho'kishi mumkin.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin