Fermentlar xujayra va organizm moddalar almashishuvining qay uchastkasida ishtiroki va bajaradigan funksiyasiga qarab monomer yoki multimer ko'rinishida tarqalishi mumkin. Ko'pchilik proteolitik fermentlar monomer ko'rinishida bo'ladi. Oksidlanish — qaytarilish reaksiyalarini, moddalar almashinuvida qator bir-biriga bog'liq reaksiyalarni katalizlovchi fermentlar ko'proq multimer ko'rinishiga o'tishi orqali kompleksning fermentativ aktivligi, shu orqali enzimatik reaksiyaning tezligi yuqori darajada ortadi. Masalan, laktat degidrogenaza fermentida 5 ta subbirlik bo'lsa, piruvat degidrogenaza kompleksining hosil bo'lishida 24 molekula piruvat degidrogenaza, bir molekula degidrolipoil-transasetilaza va 12 molekula digidrolipoil — degidrogenaza fermentlari ishtirok etadi. Umuman bu kompleks tuzilishida 60 ta polipeptid molekulasi qatnashadi.

Fermentlarning fizik-ximiyaviy xususiyatlari ularning oqsil tabiatiga bog'liq. Shu sababli yuqori temperatura va muhit o'zgarishlari oqsillarni denaturasiyaga uchratgani singari, fermentlarning ham aktivligini yo'qotadi.
Fermentlarni toza holatda ajratib olish ancha murakkab. Hozirgi vaqtda mikroorgannzmlardan 80, o'simlik va hayvon to'qimalaridan 150 dan ortiq fermentlar toza kristall holda ajratib olingan. Fermentlar turli biologik suyuqliklar: qon, sut, ovqat hazm qilish shiralarining hujayra protoplazmasi, uning struktura elementlari tarkibida adsorbilangan holatda bo'ladi. Fermentlarni ajratib olish uchun hujayra qobig'ini buzish, to'qimani gomogenizasiya qilish, turli tuz eritmalari va organik erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish kerak. Fermentlarni ajratib olish ishlari 0 C atrofida (sovuq xonalarda), agar organik erituvchilar ishlatilsa, 0 dan past (1 — 2 — 5°C da) temperaturalarda olib borilishi kerak. Aks holda ferment aktivligini yo'qotib qo'yadi. Hozirgi vaqtda mingdan ortiq fermentlar ma'lum bo'lib Xalqaro Bioximklar Ittifoqining fermentlar bo'yicha komissiyasi 1961 yilda ularning klassifikasiyasi va nomlanishini ishlab chiqqan. Har bir fermentning nomeri to'rtta sondan tarkib topib, bu sonlar turli ma'noni anglatgani uchun nuqtalar bilan ajratilgan.