Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari. Reja


Fanning maqsadi, vazifasi, predmeti, fanlar bilan aloqasi vausullari



Yüklə 54,36 Kb.
səhifə5/8
tarix22.05.2023
ölçüsü54,36 Kb.
#119616
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.111

Fanning maqsadi, vazifasi, predmeti, fanlar bilan aloqasi vausullari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari bir–birlari bilan uzviy bog‘langan holatda faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoqni rivojlantirish hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar va iqtisodiy islohotlardan keng foydalanishni taqozo etadi. Shu maqsadda «Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani agrar sohani rivojlantirishda samarali xizmat qiladi. Bu fan iqtisodiy fan bo‘lib, fermer xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishning samarali yo‘llari, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlar; obyektiv iqtisodiy qonunlarni amaliyotga tatbiq qilish; xo‘jalikni biznes-reja asosida yuritish; fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilish; ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini va ilg‘or tajribalarni joriy etish; pul-kredit munosabatlari; arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘llarini ko‘rsatadi.
«Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani quyidagi iqtisodiy fanlar – «Iqtisodiy geografiya», «Qishloq xo‘jaligi iqtisodi», «Biznes-reja», «Tadbirkorlik», «Iqtisodiy statistika», «Menejment», «Marketing», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Texnika iqtisodiyoti» va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir.
«Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida qabul qilingan iqtisodiy qonunlarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish va mahsulot yetishtirishdan iboratdir.
Fanning predmeti – fermer xo‘jaligini tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy asosini, ishlab chiqarish faoliyati va unga xizmat qiluvchi infratuzilma, iqtisodiy qonunlarni tatbiq qilish, moddiy ta’minot va korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari va ish yuritishda mehnat unumdorligini oshirishni o‘rganishdan iboratdir. «Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy samaradorlikni, qonunlar o‘zgarishini va jamiyat rivojlanishini o‘rganib sintez qilib turadi.
Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi iqtisodiy qonunlar xo‘jalikni ijobiy rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 54,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin