Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari. Reja



Yüklə 54,36 Kb.
səhifə6/8
tarix22.05.2023
ölçüsü54,36 Kb.
#119616
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.111

Fanning obyekti – fermer xo‘jaliklari va uning ishlab chiqarishiga bevosita o‘z hissasini qo‘shadigan barcha korxonalar faoliyatidir.
«Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va unga xizmat qiluvchi tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash; mehnat jarayonlarini bozor munosabatlarida rivojlantirish; mehnat unumdorligini oshirish; yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishdan iboratdir. Fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarishini, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini o‘rganishda qilinadigan tahlillar quyidagi usullar orqali ifodalanadi. Ushbu usullar yordamida ishlab chiqarishda ro‘y beradigan hodisalarni iqtisodiy baholaydi.

  1. Statistik guruhlash usuli yer fondidan ratsional foydalanish, mahsulot tannarxi, mehnat resurslari, mehnat unumdorligining o‘sishi, texnikalardan ratsioal foydalanish va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Bu usul yordamida ko‘rsatkichlarning tarkibi, bir-biriga bog‘liqligi, ko‘p yillik o‘sish darajasi, fermer xo‘jaligini yanada rivojlantirish istiqbollari aniqlanadi.

  2. Monografik usul tajriba almashish maqsadida xo‘jaliklarning umumiy va ayrim tarmoqlarining faoliyatini, ishlab chiqarish jarayonlarini, rivojlanish istiqbollarini aniqlab berishdan iborat.

  3. Analitik hisob usuli fermerlar faoliyatini tahlil qilish, fermer xo‘jaliklarining barcha tarmoqlarini rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.

  4. Iqtisodiy matematik usul matematik raqamlardir. Fermer xo‘jaligining barcha ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda matematik raqamlar 3 manbadan olinadi:

  1. biznes-rejadan;

  2. xo‘jalikning yillik hisobotidan;

  3. me’yoriy ma’lumotlar, texnologik karta va ma’lumotnomalardan.

Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo‘linadi. Tayyorlash, iqtisodiy tahlil, abstrakt raqamlar, ma’lumotlar yig‘ish va uni o‘rganish.

Yüklə 54,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin