Mir Alisher Navoiy hazratlarining boqiy xotirasi yod etildi.
Universitet rahbariyati tomonidan ulug‘ bobomiz poyiga gulchambar qo‘yildi hamda u zotning o‘zbek tili ravnaqini ortishida qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr-mulohazalar aytildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, buyuk shoir va adib, ulugʻ mutafakkir olim Alisher Navoiyning adabiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatida umuman tillarda, xususan ona tilida munosobati alohida oʻrin egallaydi. U deyarli barcha asarlarida oʻzining til haqidagi qarashlarini, ona tilini rivojlantirish, uning boyligi va goʻzalligi haqidagi, oʻz xalqini ana shu tilda yozilgan gʻoyaviy-badiiy yuksak asarlardan bahramand etish haqidagi gʻoyalarini, fikr-mulohazalarini bayon etadi. Umrining oxirlarida esa oʻzining bu sohadagi butun faoliyatini umumlashtirdi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qiymatga ega boʻlgan “Muhokamat-ul lugʻatayn” (ikki til muhokamasi asarini yozdi).
Navoiy lisoniy qarashlaridan eng muhimlari tilning kelib chiqishi, uning ijtimoiy mohiyati, til va tafakkurning masalalari, mazmun bilan shakl birligi kabilardir.
Insonni soʻz ayladi judo hayvondin,
Balkim guxari sharifroq yoʻq ondin.
Bu satrlar Navoiyning til haqidagi asosiy gʻoyasidir. Uning fikricha, tafakkur va til bir-biri bilan bogʻliqdir.
Navoiy oʻzbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy oʻrganish, oʻzbek tilining lugʻat boyligini koʻrsatishda xolisona fikrlarni bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib, ikkinchisini kamsitib qaramaydi. Balki har ikkalasi tilga barobar munosabatda boʻladi, til hodisalarini, aniq faktlarni chuqur tahlil qilish asosida oʻzbek tilining ham fors-tojik tili singari boy va goʻzalligini, ixcham grammatik shakllarga ega ekanligini, unda chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o’ttiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqida “Yurtimiz bo’ylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyg’usini jo’sh urdiradi. O’zbek tili o’tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o’zaro bog’laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi. Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:
“Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Ya’ni, ul zot ona tili bayrog’ini baland ko’tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan”-deb aytgan edi.
Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotda tug’ildi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o’g’li bilan ko’kaldosh (emikdosh) bo’lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo’lgan. Otasi G’iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi Qobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so’nggi yillariga to’g’ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo’lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o’qib, yod ola boshlagan. O’zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da’vogarlar orasida o’zaro kurash boshlanadi. Navoiylar oilasi o’z tinchligini ko’zlab, Iroqqa ko’chishadi. Taf shahrida Alisher mashhur "Zafarnoma" tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin iz qoldiradi. G’iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb ikki yil muddat o’tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur G’iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o’qishni davom ettirdi. U she’riyatga g’oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o’rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo’r havas tug’dirgan edi. Tog’alari Mirsaid - Kobuliy, Muhammad Ali -G’aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez-tez to’planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar.
lisher Navoiy – buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va abiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy merosi qolgan. Alisher Navoiyning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda ham Navoiy ijodi doimiy o‘rganilib kelinmoqda. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan 3-sonli TTJda «Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni» mavzusida g‘azalxonlik kechasi o‘tkazildi. Tadbir ishturokchilari ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning asrlar davomida o’chmas g’azallarini yod olib, buyuk bobokolonimiz hayoti va ijodi haqida gapirib o’tishdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir qizg‘in munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Biz Alisher Navoiy nomini ulug’lab, ko’klarga ko’taramiz. Ular buyuk zot bo’lsa ham, aslida juda kamtarin, oqko’ngil, xalqparvar, oily-janob inson bo’lganlar. Xo`sh Navoiyning buyuklidagi ana o’sha oddiylik nimada? Navoiy hamisha xalq orasida yashagan. Navoiyni mansab, shon-shuhrat emas, balki ilm-yurt uchun xizmat qilish qiziqtirar edi.
U umri davomida xalqni rozi qilish dardi bilan yashadi, Navoiy o’z tasavvurida oddiygina bir inson edi. Lekin uning qalb qushi hamisha parlab turar edi.
Navoiy ham fars ham tojik tillarida ijod etgan. uning yaratgan boy merosi o’zbek xazinasining duru-javohirlaridir.Lekin shoir og’r kasallik tufayli 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.
Bu esa Navoiyning zamondoshlari uchun og’ir bu musubatga aylandi.
O’limidan har bir uyga tushdi matam.
Mamlakatning har burchidan chiqdi fiqon.
Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham
Bu dahshati musibatdan yutdilar qon.
Hayot bu shunday narsaki, unda yaxshi inson ham, yomon inson ham dunyoga kelaveradi ikkalasi ham bu dunyoni tark etadi. Faqat yaxshi insondan yaxshi nom qoladi.
O’tgan vaqtni otriga qaytarib bo’lmaydi, demak har bir kunimiz tarixdir. Biz tarixda o’zimizdan qanday nom qoldirmoqdamiz?!
Navoiyning yaratgan asarlari har birimizni to’gri yo`lga chorlashda ibrat maktabi bo’lsa ajab emas. Navoiyning xotirasi esa har kuni, har daqiqa yuragimizda tarix bo’lib yoshaydi, yashayveradi.
Dostları ilə paylaş: |