I BOB. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASALISHI HODI SASI VA
KOM POZITSIYA USULI
1.1. O‘zbek tilida so‘z yasalish tiplari va strukturasi
Til lug‘at tarkibining yangi yasalgan so‘zlar hisobiga boyib borishi, so‘z
ma’nosining o‘zgarishi, uni boshqa ma’noda ishlatish yo‘li bilan yangi so‘z hosil
qilish – bular so‘z yasalishining leksikologiya bilan aloqasini ko‘rsatadi.
Grammatika esa so‘z yasash jarayonini boshqaradi, yangi yasalgan so‘zlarning
qaysi so‘z turkumiga tegishli ekanligini belgilaydi. Har bir turkum doirasida so‘z
yasashning shakl yasash bilan aloqada ekanligi, so‘z yasalishi va shakl yasalishida
ko‘pincha bir xil yoki bir-biriga yaqin affikslarning ishlatilishi esa so‘z yasalishi
bo‘limining bevosita morfologiya bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Shuningdek,
so‘z yasashning boshqa usullari bilan munosabatda ekanligini ham ko‘rsatadi.
So‘z yasalishida qarindosh so‘zlarning tarkibi jihatidan aloqasi, o‘zaro
bog‘langanligi tahlil qilinadi. Shuning uchun so‘z yasalishi sistemasini o‘rganishda
har bir konkret morfemaning (ham asos morfema, ham affiksal morfema) so‘z
yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Shuningdek, grammatik tarkibi turlicha bo‘lgan
so‘zlarning (tub va yasama so‘zlarning) yangi so‘z hosil qilishdagi rolini belgilash
ham muhim ahamiyatga ega.
Har bir yasalmada ikki narsa – yasash asosi va yasovchi vosita mavjud
bo‘ladi. Masalan, bilim, hozirgi, yaxshilik so‘zlarida bil, hozir, yaxshi qismi yasash
asosi bo‘lib, -im, -gi, -lik qismlari yasash vositasidir. So‘z qo‘shish orqali hosil
bo‘lgan so‘zlarda esa ikki va undan ortiq yasovchi asos qatnashadi. Bu xil yangi
so‘zning ma’nosi bir holatda yasovchi asos vazifasida kelgan qismlari ma’nosiga
asoslanadi, shularning birlashuvidan kelib chiqadi: oqqush, tokqaychi, otboqar,
temiryo‘l, asalari kabi. Ikkinchi holatda esa bunday so‘zning ma’nosi uning
yasovchi asos vazifasidagi qismlari ma’nosidan kelib chiqmaydi, balki har ikki
qismning qo‘shilishi natijasida ularning ma’nosidan farq qiladigan yangi ma’no
ifodalanadi: oshqozon, qizilishton, qo‘lqop, gultojixo‘roz kabi.
15
Demak, yangi yasalmani hosil qilishda qatnashadigan morfemalar yig‘indisi
so‘z yasalishi tarkibini tashkil qiladi. Masalan, bilim so‘zida bil – yasash asosi, -im
yasovchi vosita – affiks; paxtachi so‘zida paxta – yasash asosi, -chi – yasovchi
affiks.
So‘z yasalishi tarkibi so‘zning morfema tarkibidan ham, so‘zning
morfologik tarkibidan ham farq qiladi. So‘zning morfema tarkibida har bir ma’noli
qism – morfema ajratiladi. Jumladan, bilimdon so‘zi uch morfemaga bo‘linadi (bil-
im-don). So‘z yasalish tarkibida esa bu so‘z yasash asosi va yasovchi affiks nuqtai
nazaridan bilim-don tarzida ikki qismga ajratiladi. Shuningdek, bilimdonlik so‘zi
morfemalarga bil-im-don-lik deb ajratilsa, so‘z yasalishi tarkibi bo‘yicha bilimdon-
lik deb ajratiladi. So‘zning morfologik tarkibida asosan shakl yasash asosi va shakl
yasovchi vosita aniqlanadi. So‘z yasash tarkibida esa so‘z yasash asosi va so‘z
yasovchi affiks ajratiladi. Masalan, adabiyotshunoslikdan so‘zida adabiyotshunos
– so‘z yasash asosi, -lik – yasovchi affiks; adabiyotshunoslik – shakl yasash asosi,
-dan – yasovchi affiks. Demak, so‘z yasalish tarkibida so‘zning leksik ma’no
anglatadigan qismi, so‘zning morfologik tarkibida esa grammatik ma’no
ifodalovchi qism tahlil qilinadi.
Tilda so‘z yasalishi uchun ham, shakl yasalishi uchun ham ko‘pincha
affikslar xizmat qiladi. Har ikki holatda ham so‘z yasash asosi yoki shakl yasash
asosi va so‘z yoki shakl yasash vositasi mavjud bo‘ladi. Ammo so‘zning tarkibini
so‘z yasalishi asosi hamda shakl yasalishi asosi nuqtai nazaridan o‘rganish bir-
biridan farq qiladi.
«So‘z yasash» («so‘z yasalishi»). So‘z yasash birikmasi ikki ma’noga ega:
1) umuman, yangi so‘z hosil qilish; 2) til birliklari yordamida, ma’lum usul bilan
so‘z hosil qilish. Ana shu (ikkinchi) ma’nosi bilan «so‘z yasash» birikmasi
lingvistik termin hisoblanadi, lingvistik tushunchani bildiradi.
Bu birikmaning «so‘z yasalishi» shakli (-l affiksli nisbat shakli) ham keng
qo‘llanadi. Uning qaysi nisbat shakli ekanligiga e’tibor berish lozim. Chunki bu
narsa so‘z yasash (so‘z yasalishi, so‘z hosil bo‘lishi) bilan bog‘liq hodisalarning
mohiyatini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.
16
Mazkur qo‘shimcha yordamida fe’lning‘zlik va majhul nisbat shakli
yasalishi ma’lum. Lingvistik termin bo‘lmish «so‘z yasalishi» birikmasidagi
Dostları ilə paylaş: |