ikki asosiy bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil
9
K I R I SH
Hozirgi kunda umumiy tilshunoslikda qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Shu qatorda o‘zbek tilshunosligida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqdaki,
bu ishlar tilga substantsial (zotiy), ya’ni tizim sifatida yondashuv asosida olib
borilmoqda. Bu esa o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot bosqichining yaqqol
ifodasidir.
Mus taqil O‘zbe kistonning ra vnaqi uc hun olib borila yotga n
iqtis odiy-ijtimoiy, ma da niy- ma’ na viy soha la rda gi ke ng ko‘ la mli is hla r
bila n birga, O‘zbekiston Respublikas ining “ Ta’ lim to‘ g‘ris ida” gi
Qonuni va “ Kadrla r ta yyorlas h Milliy dasturi”
1
ta’limning ba rc ha
bo‘ g‘ inla rida ona tilini o‘rga nis hni ha m tas hkiliy, ha m maz muniy
jihatda n qa yta ko‘ rib c hiqis hni taqoz o etadi.
Ma’lumki, milliy mustaqilligimiz uchun kurash o‘zbek tiliga – millatning
asosiy atributi hisoblanmish ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi bilan
boshlandi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov tilning jamiyat taraqqiyotidagi
o‘rni, mavqei, komil inson tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib
shunday deydi: «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona
tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Ona tilini
yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar»
2
.
Mustaqillik yillari tilshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Tilshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar yuzaga keldi.
Jumladan, so‘z yasalishi sohasi bo‘yicha talaygina ilmiy-tadqiqot ishlari,
monografiyalar yaratildi va yaratilmoqda.
Tildagi ma’lum usul va vositalar yordamida yangi so‘zlar hosil qilish so‘z
yasalishi deyiladi. Tilshunoslikda “so‘z yasalishi” termini ikki ma’noda qo‘llanadi:
bir tomondan, tilda yangi so‘z hosil qilish jarayonining o‘zini bildiradi, ikkinchi
tomondan esa tilshunoslikning so‘z yasalishi sistemasini o‘rganuvchi bo‘limini
1
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. –Toshkent, 1997.
2
Karimov I.A. Adolat, vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. –Т.: O‘zbekiston, 1998. -B. 59
.
10
bildiradi. So‘z yasalishi tilda mavjud bo‘lgan so‘z yasalishi tarkibini, so‘z yasash
usullarini o‘rganadi. Bularni o‘rganish hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi so‘z yasalishi
me’yorini belgilash, uning qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunish imkoniyatini beradi.
So‘z yasalishi tizimi morfemika bilan uzviy bog‘langan. Chunki so‘zning ma’noli
qismlari – morfemalar (o‘zak morfema va affiksal morfema) tilda yangi so‘z hosil
qilishning eng muhim elementlari hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
morfemika bo‘limidan tashqari so‘z yasalishi ham alohida soha sifatida o‘rganib
kelinmoqda.
So‘z yasalishiga oid asosiy tushunchalarni to‘la va to‘g‘ri belgilash, ulardan
har birining mohiyatini to‘g‘ri aniqlash so‘z yasalishi tizimi bilan bog‘liq barcha
hodisalarning mohiyatini to‘laligicha, to‘g‘ri yoritish imkonini beradi. Bu
tushunchalardan har birini aniq belgilash va mohiyatini to‘g‘ri yoritish
boshqasining ham shunday muvaffaqiyatli hal etilishiga yo‘l ochadi. Shuning
uchun ham ularni ma’lum tartib asosida bayon etish lozim.
O‘zbek tili so‘z yasalishiga oid asosiy tushunchalar quyidagilar: 1) so‘z
yasash (so‘z yasalishi), 2) so‘z yasash usuli, 3) yasama so‘zning tarkibi, 4) so‘z
yasalish asosi, 5) so‘z yasovchi, 6) so‘z yasalish ma’nosi, 7) so‘z yasalish tipi, 8)
mahsulli va mahsulsizlik, 9) so‘z yasalish imkoniyati.
O‘zbek tilida so‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlariga, mustaqil
so‘z turkumlaridan ham, asosan, ot, sifat va fe’l turkumiga xos hodisadir. Son,
olmosh va ravish turkumlarida haqiqiy ma’nodagi, tizim sifatidagi so‘z yasalishi
kuzatilmaydi. Masalan, son turkumida «so‘z yasalishi» deb qaralayotgan hodisa,
aslida, forma (shakl) yasalishidir, ya’ni, masalan, -ta, -(i)nchi qo‘shimchasi bilan
yasaluvchi beshta, beshinchi kabilar so‘z (son) yasalishi emas, balki sonning
ma’lum grammatik ma’noli (dona, tartib ma’noli) shaklidir.
Olmoshlar boshqa so‘z turkumiga mansub so‘zlar o‘rnida qo‘llanuvchi
so‘zlar bo‘lganidan ularning o‘ziga xos so‘z yasalishi tizimi bo‘lmasligi tabiiy
holdir
1
.
1
Bular haqida maxsus maqolada fikrlar aytilgan. Qarang: A.Hojiyev va b. Спорные вопросы в системе
словообразования тюркских языков. «Советская тюркология» ж. №2, 1989.
11
Xullas, o‘zbek tilida ot, sifat va fe’l turkumlariga oid so‘z yasalishi tizimlari
shu tilning so‘z yasalishi tizimini tashkil etadi.
O‘zbek tiliga oid adabiyotlarda so‘z yasalish tizimida, asosan, asosga
qo‘shimcha qo‘shish yoki affiksatsiya (morfologik) usuli hamda so‘zga so‘zni
qo‘shish yoki kompozitsiya (sintaktik) usullari faol hisoblanadi.
Affiksatsiya usulida so‘z yasalishida asos so‘zga yasovchi qo‘shimcha
qo‘shish yordamida yangi ma’noli so‘z hosil qilish tushuniladi. Masalan, zar so‘zi
asosiga –gar yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yangi soha mutaxassisi
ma’nosini ifodalovchi zargar leksemasi yasaladi.
Kompozitsiya yoki sintaktik usulda so‘z yasalishida esa bir asos so‘zga
ikkinchi asos so‘zni qo‘shish orqali yangi ma’noli qo‘shma so‘z hosil bo‘ladi.
Masalan, mustaqil ma’noli qo‘l so‘zi va qop so‘zlarini qo‘shish yordamida
Dostları ilə paylaş: