ASOSLAM A
Mavzuning
dolzarbligi.
Mustaqillikka
erishgandan
keyin
mamlakatimizning turli jabhalarida jamiyat taraqqiyotida ijobiy o‘zgarishlar o‘z
natijasini bermoqda. Jumladan, filologiya sohasidagi o‘zgarishlar, xususan,
tilshunoslikda o‘zbek tili grammatikasini sistem-struktur, ya’ni tilga substansial
(zotiy) hodisa sifatida yondashuv olimlarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Bunda tilshunosligimizda rus tilshunosligi qoliplari asosida shakllangan va rivojini
kutayotgan masalalar yangi qolip asosida o‘rganila boshlandi. Tilni yangi sistem-
struktur metod asosida o‘rganish uning barcha sohalarida, shu jumladan, so‘z
yasalishi tizimida ham o‘z natijasini bermoqda.
Mazkur bitiruv malakaviy ishimiz ham an’anaviy hamda yangicha
qarashlarga tayangan holda o‘zbek tilining so‘z yasalishi tizimi, xususan,
kompozitsiya
usulida
so‘z
yasalishi
hodisasini
atroflicha
o‘rganishga
bag‘ishlanadi. Bunda so‘zni qo‘shish orqali, ya’ni kompozitsiya usullarida so‘z
yasalishi misollar yordamida dallilab beriladi. Shuningdek, hozirgi kunda so‘z
yasalishining mazkur usuli bo‘yicha so‘z yasalishi haqidagi munozarali qarashlar,
bu asosda hosil qilingan qo‘shma so‘zlar esa aslida so‘z birikmasi ekanligi, nutqiy
vaziyat bilan bog‘liq shunday ishlatilishi kabi munozaralar ham kuzatuvga olindi.
Mana shu jihatlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z yasalishi, jumladan, so‘z
qo‘shish usuli bo‘yicha mavzuning dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |