Filologiya fakulteti



Yüklə 45,99 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü45,99 Kb.
#179906
1   2
Habibiy hayoti va ijodi

Ey, hur Vatanim, toza tanu jon ila sevdim,
Jon ila tanu pokiza vijdon ila sevdim, - deya
Sobir Abdulla, Charxiy, Chustiy kabi adiblarga hamohang jo'r bo'ldi.
Shu g'oyauning «O'lkam», «Farhod qo'shigi», «Muborak yosh», «Inson aziz», «Ulug' burch», «Chevarlar», «Muddao bilan» kabi she'rlarida o'z maromiga yetkazildi. Ulug` Vatan urushi yillarida shoir qalamini nayzaga aylantirdi. Uning bu davrdagi g'azallari orasida «Jangchi yigit qo'shig'i», «Boladan ota-onaga xat», «Onadan bolaga xat» kabi g'azallari, ayniqsa, harakterli edi.
Shuningdek, Habibiyning «Kolxozchilar ashulasi» (1951), «Ko'ngil taronalari» (1957), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon» (1971) kabi she'riy to'plamlari ham xalq e'tiboriga sazovor bo'ldi. Habibiy 1974 yilda 85 yoshga to'lishi munosabati bilan O'zbekiston xalq shoiri unvonini olishga muvaffaq bo'ldi.
Zokirjon Habibiy o'zbek she'riyatining g'azal va qo'shiqchilik bobida o'ziga xos maktab yaratib, aruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan.
Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Habibiy ikkinchi jahon urushi davrida „Jangchi yigit qoʻshigʻi“, „Boladan ota-onaga xat“, „Onadan bolaga xat“ kabi gʻazallar yozadi.
Shoir Uyg‘unning ta’kidlashicha, “Habibiy aruzning qonun-qoidalari, qonun-qoidalarini, sir-asrorlarini mukammal o‘zlashtirib, hozirgi she’riyatimizda g‘azal ijodi rivojiga munosib hissa qo‘shgan o‘sha she’r ustasi va ustozi edi. Uning g‘azallari tashbeh, tashbeh, mubolag‘a, lutf, tasvir va tasvir vositalariga juda boy’’.
4. Habibiy she’rlari va o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi
Habibiyning adabiy merosi mumtoz oʻzbek adabiyotining gʻazal, murabba, muxammas, musaddas, ruboiy, tuyuq, qasida va doston singari janrlarida yozilgan 40 mingdan ziyod baytdan iborat. Uning 300 dan ziyod gʻazallariga kuy bastalangan boʻlib, ularning aksari hozir ham ijro etiladi. O‘zbekiston radiosi oltin fondida shoir Habibiyning 200 dan ortiq qo‘shiqlari saqlanib kelinmoqda[5]. Ushbu sheʼrlarning eng mashhurlari: „Diyorimsan“, „Farg‘ona ruboiysi“, „Bo‘lmasa“, „Yaxshiroq“, „Nima bo‘lding“ va boshqalardir.
Habibiy hayoti davomida turmush qiyinchiliklarini boshdan kechirgan o’zbek shoirlari nomoyondalaridan biridir. Habibiyning ijodidagi sheʼr va gʻazallari o’quvchi ruhiyatiga kirib boradigan kayfiyat ulashadi, shoir ijodidagi vatanparvarlik kabi umuminsoniy fazilatlarni mujassamlashgan.
Sheʼriy toʻplamlari
„Mehnat qoʻshiqlari“
„Yangi yallalar“ (1949)
„Kolxozchilar ashulasi“ (1951)
„Koʻngil taronalari“ (1957)
„Zamon farhodlari“ (1959)
„Tanlangan asarlar“ (1967)
„Devon“ (1971)
„Navroʻzi olam“ (1973)
Mukofoti
Habibiy 1974-yili Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan.
2015-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida (1890-1980) Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Habibiy tavalludining 125 yilligi nishonlandi.
1980 yilning 15 aprelida Habibiy domla 90 yoshida vafot etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T.. 1973; Otajon U., 2.Ustozlar xotirasi, T, 1998. Naim Karimov.
3.Devon, 2nashri, T., 1975
4.Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 37-40 bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. 3-iyun 2023-yilda qaraldi. 
Yüklə 45,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin