1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Guliston davlat universiteti
L.Dehqonova, SH Xudoyqulova
Filologiya fakulteti
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
«ТERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI»
FANIDAN
MA`RUZA MATNI
Guliston – 2013
2
MUNDARIJA
So`z boshi……………………………………………………………………3
Ishchi o`quv dasturi…………………………………………………………4-20
“Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik”
kursining maqsad va vazifalari. Ish yuritish tarixi………………………….21-25
Yangi alifboning joriy qilinishi……………………………………………..26-27
So`z va atama tushunchasi………………………………………………….27-30
Termin va lug`at. Termin va terminologiya...................................................31-32
Jahon va o`zbek olimlarining termin haqidagi qarashlari..............................32-34
Hujjatchilik tarixi............................................................................................34-35
Mustaqil o`qish va o`rganish uchun tarixiy hujjatlardan
namunalar.Sug`dcha nikoh guvohnomasi…………………………………..35-36
Saltanat saroyida o`tirish va o`rin olish tuzugi. ………………....................36-37
Shogirdlikka berish to`g`risida shartnoma. ………………………………...37
Til, jamiyat, yozuv va hujjatlar. ……………………………………………37-40
“O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”dan. ………………………………..40-42
Mustaqil o`qish va o`rganish uchun xoslangan uslublardan
matnlar. ……………………………………………………………………..42-46
Ijtimoiy-siyosiy sohalarga hamda mutaxassislik sifatida
o`qitiladigan fanlarga doir atamalar haqida .....…………….........................46-50
Hujjatlar, ularning vazifalari, zaruriy qismlari. ………………....................50-51
Tarjimayi hol. …………………………………………………..................51-52
Tavsifnoma. …………………………………………………….................52-53
Tavsiyanoma. …………………………………………………....................53-55
Ariza. …………………………………………………………....................56-57
Tushuntirish xati. ………………………………………………..................57-58
Tilxat. …………………………………………………………....................58-59
Ishonch xati. ……………………………………………………..................59-60
Hisobot. ……………………………………………………….....................60-61
Buyruq. …………………………………………………………................. 62-64
Shartnoma. ……………………………………………………....................65-66
Dalolatnoma. ………………………………………………….....................66-68
E’lon. ………………………………………………………….....................68-70
Majlis bayoni. …………………………………………………....................70-73
Ma’lumotnoma. ……………………………………………….....................73-75
Bildirishnoma. …………………………………………………...................75-76
Adabiyotlar. ……………………………………………………...................77-78
Glossariy.........................................................................................................78-85
3
ТERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI
So`z boshi
O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga
asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunlari hamda O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Davlat dasturi talablaridan kelib chiqib, Oliy va o`rta maxsus ta’lim
vazirligining 1996-yil 14-noyabrdagi 267-sonli buyrug`iga binoan oliy o`quv yurtlari
talabalariga “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursi o`tib
kelinmoqda. Alisher Navoiu nomidagi Samarqand davlat unversiteti o`quv-uslubiy
boshqarmasi, uslubiy kengashi tavsiyasiga binoan 2009-2010-o`uv yilidan e’tiboran
barcha fakultetlarning 3-kurs talabalariga “Тerminologiya va davlat tilida ish yuritish
asoslari” fani 20 soatlik amaliy mashg`ulot tarzida o`tiladigan bo`ldi. Shuni e’tirof
etish lozimki, hanuzgacha mamlakatimiz bo`yicha oliy o`quv yurtlari talabalari
uchun mazkue fandan yagona dastur, o`quv qo`llanma yoki darslik yaratilganicha
yo`q. To`g`ri, bu sohada respublikamizda ma’lum tajribalar to`plangan. Hozirgacha
talabalarimiz M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov va N.Mahmudovlarning “Ish
yuritish” nomli amaliy qo`llanmasidan (Toshkent, O`zME, 1990, 2000) foydalanib
kelishmoqda. Biz ham mazkur kursni o`tish jarayonida hamda hujjatlar andozalarini
tayyorlashda shu kitobda keltirilgan ma’lumotlarga tayanib ish ko`rib kelmoqdamiz.
Shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun S.A.Karimov,
Sh.M.Mahmatmurodov, O.N.Karimovalar tomonidan yaratilgan “Nutq madaniyati va
davlat tilida ish yuritish” nomli o`quv qo`llanma (Toshkent, O`zbekiston, 2003) ham
nashr etildi. Shunga qaramasdan “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va
atamashunoslik” kursi bo`yicha yangi alifbo hamda u asosida tuzilgan imlo
qoidalariga tayanuvchi o`quv qo`llanmaga bo`lgan ehtiyoj mavjudligicha qolmoqda.
Mana shu kabi talab va ehtiyojlar inobatga olinib, yangi alifbo va imlo qoidalari
asosida mazkur o`quv-uslubiy majmua yaratildi.
Mazkur o`quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar –
bo`lg`usi mutaxassis-kadrlar o`z mutaxassisliklariga doir terminlar ustida ishlashni,
kundalik ish yuritish jarayonida ko`plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni
o`rganadilar.
4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
GulDU rektori _____________A.Eminov
“__________” _____________2013 yil
“Terminologiya va davlat tilida ish yuritish” FANINING
IShChI O’QUV DASTURI
Ta’lim sohasi: 5220100 – filologiya
Fakul’tet: Filologiya
Kafedra: O’zbek tilshunosligi
Bosqich: 3
Umumiy o’quv soati: 28
Auditoriya soati – 18
Amaliy mashg’ulotlar –18
Mustaqil ish topshiriqlari-10
Guliston – 2013
5
Fanning ishchi o’quv dasturi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasiga
muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:L.Dehqonova, Xudoyqulova Sh.V. – O’zbek tilshunosligi
kafedrasi katta o’qituvchisi, __________ (imzo)
Taqrizchi: dots.Pardayeva I.X. __________ (imzo)
Fanning ishchi o’quv dasturi “O’zbek tilshunosligi” kafedrasining 2013 yil
“___” _________ dagi ___ - sonli majlisida ko’rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: Normamatov S.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Filologiya” fakulteti
Ilmiy-uslubiy Kengashining
2013 yil “___” _______ dagi “____” - sonli majlisida tasdiqlandi.
Fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: dots. M. M. Boyeshanov
Kelishildi:
O`quv ishlar prorektori N.Barakayev
6
KIRISh
Oliy ta’lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik
qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila
oladigan, yangi pedagogik kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini zamonaviy
o’quv-metodik majmualar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega..
“Terminologiya va davlat tilida ish yuritish” fanidan O’quv-uslubiy
majmua (O’UM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar
tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni
shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan
natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga
oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo’naltirilgan o’quv–uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron
ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga
oladi.
O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Fanning maqsadi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan mazkur
kurs ularga respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarda yuritib kelinayotgan ish qog’ozlari turlari, ularning vazifasi, ularda aks
etadigan ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, hujjatlarning zaruriy qismlari,
ular bilan bog’liq atamalar to’g’risida ma’lum tushunchalar beradi.
Ma’lumki, respublikamizda 1989-yil 29-oktyabrda o’zbek tiliga davlat tili
huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho’rolar
hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo’lsa-da, bir qator korxonalarda
hujjatlar, ish qog’ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida
yuritishga o’tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor,
albatt. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish
bo’yicha maxsus o’quv qo’llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo’lsa, ikkinchidan,
bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus
olmaganligidir.
Fanning vazifalari: Ish qog’ozlari yuritish bo’yicha dastlabki bilimlar
umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu
o’quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to’g’risidagi
hujjatni qo’lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo’yadi. Ana shu davrdan boshlab
ular ish qog’ozlari, hujjatlarga har qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish
uchun, o’quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea
tufayli o’z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan
qaytganligi yoki betoblikdan so’ng ishga tushganligi to’g’risida bildirishnoma
yozishi, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo’ya xatti-harakatlar uchun
tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan,
xizmat safari bo’yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy
zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati yozishiga to’g’ri keladi. Ba’zan mana
shunday hujjatlarni o’rta yoki o’rta-maxsus ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki
oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to’g’ri rasmiylashtira olmaydilar. Shunga
7
ko’ra oliy o’quv yurtlari talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va
atamashunoslik” kursining kiritilishi hamda o’qitilishi har tomonlama maqsadga
muvofiq ish bo’ldi. Shuningdek, bu kurs akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
keyingi yillarda o’tila boshlagan “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish”
fanining mantiqiy davomi sifatida talabalarning bu sohadagi bilimlarini yanada
chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi.
O’quv dasturi pedagogika oliy o’quv yurtlarining ta’lim rus tilida olib
boriladigan guruh talabalari uchun mo’ljallangan. Dastur rusiyzabon talabalarning
o’zbekcha yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish, ularni o’zbek tilining barcha
bo’limlari bo’yicha zarur grammatik qoidalar bilan tanishtirish, o’zbek tilida o’z
fikrini erkin va to’g’ri bayon etish ko’nikmalarini hosil qilish, o’zbek adabiyotining
yirik namoyondalari hayoti va ijodi bilan tanishtirish maqsadini ko’zlaydi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
Mazkur kurs talabalarga amaliyotda qo’llanib kelinayotgan hujjatlar,
ularning xillari, har bir hujjatda qamrab olinishi lozim bo’lgan o’ziga xos dalillar,
ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotimizga
oid, o’z mutaxassisliklariga doir hamda hujjatlar yuritishga oid atamalar, ularni
tanlash va qo’llashdagi o’ziga xos xususiyatlarni kengroq o’rganishlari uchun xizmat
qiladi.
Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
ketma-ketligi
Fanning filolog mutaxassislarni tayyorlashdagi tutgan o’rni katta. Bu fan
«Hozirgi o’zbek adabiy tili», «Ona tili o’qitish metodikasi», «Til tarixi» fanlari bilan
fanlararo bog’lanishga ega. Terminologiya va davlat tilida ish yuritish o’zining
so’nggi yutuqlari bilan areal tilshunoslik, sotsiolingvistika fani bilan omuxtalashib
ketdi.
Mazkur fanning dasturini amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni
talab etadi. Bu fan o’quv rejadagi "Hozirgi o’zbek adabiy tili" va “Ona tili
o’qitish metodika”si fanlari bilan o’rganiladigan muammolarning umumiyligi
orqali uzviy bog’liq bo’lib, bular bir—birini to’ldirishga xizmat qiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Talabalarda “Terminologiya va davlat tilida ish yuritish” fani bo’yicha
bilimlarni shakllantirishga doir muayyan bilimga ega bo’lish va ularni amaliyotda
tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon bevosita amaliy va ilmiy, ma’naviy-
ma’rifiy sohalarda amaliy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’qitish zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Terminologiya va davlat tilida ish yuritish” fanini
o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish,
yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega.
Uni o’qitishda zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalardan, jumladan, darslik,
o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron
8
materiallar, virtual stendlar hamda magnitafonga yozib olishdan, shuningdek,
ta’limning «Elpig’ich», “Matbuot konferentsiyasi” «Bumerang», «Torozi»
texnologiyalari; bahs-munozara, konferens dars, seminar-trening kabi dars turlari,
aqliy hujum, charxpalak, klasterlarga bo’lish kabi interaktiv usullari qo’llanadi.
Ta’lim jarayonida audio-video vositalari (SD, DVD), internet saydlari, xalqaro
teletarmoqlar tizimidan foydalaniladi.
Fandan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan
soatlarning taqsimoti
“Terminologiya va davlat tilida ish yuritish” fanining kalendar tematik ish
rejasi
№
O’tiladigan mav Mavzular
Soat
Sana Ijro
bel.
Izoh
1. 1
.
“Terminologiya va davlat tilida ish yuritish
asoslari” kursining maqsad va vazifalari. Ish
yuritish tarixi.
2
2. Yangi alifboning joriy qilinishi.
2
3. 2
.
Termin va lug’at haqida ma’lumot. Termin va
terminologiya.
2
4. 4
.
Jahon va o’zbek olimlarining termin haqidagi
qarashlari. Ixtisos. terminlari ustida ishlash.
2
5. 6
.
Hujjatchilik tarixi.
2
6. 7
.
Davlat tilida ish qog’ozlari yuritish. Tarjimayi
hol, tavsifnoma, tavsiyanoma.
2
7. 8
.
Yangi alifboda hujjatlar tayyorlash:
tushuntirish xati, tilxat, ishonch xati, hisobot.
2
8. 9
.
Yangi alifboda hujjatlar tayyorlash: ariza,
e’lon, buyruq, dalolatnoma, ma’lumotnoma,
reklama.
2
9. 1
0
Yangi
alifboda
hujjatlar
tayyorlash:
shartnoma, majlis bayoni, bildirishnoma.
2
Jami
18
Kafedra mudiri
S.Normamatov
9
Amaliy mashg’ulotlarning mazmuni.
1.“Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari” kursining maqsad va
vazifalari. Ish yuritish tarixi. (2 soat)
«Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari» fani oldiga qo’yiladigan
maqsad va vazifalar. So’z va termin, ularning mushtarak hamda farqli jihatlari
haqida talabalarga ma’lumot berish.
[A2.9-16; A3.6-12; A7.3-7; Q4.6-16;A12 6-24;].
2.Yangi alifboning joriy qilinishi. (2 soat)
Yangi alifboning joriy qilinishi, afzalliklari haqida talabalarga ma’lumot
berish. Yangi alifboga asoslangan imloda hujjat tayyorlash: tarjimayi hol,
tavsifnoma. Tavsifnoma va tavsiyanomaning o’xshash hamda o’ziga xos
tomonlari. Tavsifnoma va tavsiyanomadan ko’zda tutiladigan maqsad, ularning
zaruriy qismlari. Har ikkalasining vazifalari
[A3.12-59; A2.16-45; Q3.16-48; A12 15-35; A13.13-25].
3. Termin va lug’at haqida ma’lumot. Termin va terminologiya. (2 soat)
Lug’atshunoslik sohasidagi ildam qadamlar. Mutaxassislikka oid adabiyotlardan
terminlarni aniqlash, tahlil qilish.
[A2.112-182; A3.83-133; Q3.81–121; Q4.19-35; A12 20-42; A13.18-35].
4.Jahon va o’zbek olimlarining termin haqidagi qarashlari. Ixtisos.
terminlari ustida ishlash. (2 soat)
Jahon va o’zbek olimlarining termin haqidagi qarashlari haqida talabalarga
tushuncha berish. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash.
“Terminologiya”fanining taraqqiyot bosqichlari va o’rganilishi haqida ma’lumot
berish. Mutaxassislikka oid adabiyotlardan terminlarni aniqlash, tahlil qilish.
[A2.108-335; A3.116-210; Q3.110-148; Q4.23-48; A12 26-55; A13.24-58].
5.Hujjatchilik tarixi. (2 soat)
O’zbek hujjatchiligi tarixi. Hujjat yuritish bilan bog’liq muammolar va ularni
bartaraf etish yo’llari haqida tushuncha berish. Hujjat turlaridan namunalar keltirish.
[A1.27-35; A5.4-14; A7.7-11; Q1.5-15; Q3.150-157; Q4.27-48; A13.35-62
6.Davlat tilida ish qog’ozlari yuritish. Tarjimayi hol, tavsifnoma,
tavsiyanoma. (2 soat)
Yangi alifboga asoslangan imloda hujjat tayyorlash: tarjimayi hol, tavsifnoma
Tavsifnoma va tavsiyanomaning o’xshash hamda o’ziga xos tomonlari. Tavsifnoma va
tavsiyanomadan ko’zda tutiladigan maqsad, ularning zaruriy qismlari.
Har ikkalasining vazifalari.
[A1.35-39; A5.15-25; A7.12-19;
Q1.16-20; Q3.158-162; Q4.49-55; A13.63-73].
7.Yangi alifboda hujjatlar tayyorlash: tushuntirish xati, tilxat, ishonch xati,
hisobot. (2 soat)
Tushuntirish xati va tilxatning vazifasi, ularda qayd etiladigan ma’lumotlar
hamda ularning zaruriy qismlari. Mazkur hujjatlarning namunalarini tayyorlash.
Ishonch xati, uning vazifasi, tarkibiy qismlari, ularning turlari: shaxsiy va rasmiy
10
ishonch xatlari. Hisobot, uning vazifasi, turlari. Bu hujjatlarning zaruriy
qismlari, ularning namunalari ustida ishlash.
[A1.49-53; A5.121-128; A7.30-33; Q3.182-186; Q4.65-68; A13.84]
Dostları ilə paylaş: |