3. Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi
Ibn Sino – shoir. Ibn Sino maʼrifatparvar shoir edi. U insonlarni fan va madaniyat, bilim va maʼrifat oʻchogʻini yoqishga, ilmiy yoʻlda ogʻishmay kamolat hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgoʻy, vijdonli boʻlishga – xullas, nnsoniylikning eng yaxshi xislatlarini oʻzida aks ettirib, mujassamlantirishga va inson degan ulugʻ nomni yanada yuqori koʻtarishga chaqiradi.
Ibn Sino maʼrpfatparvar sifatida oʻzida shoirlik qobiliyatini sezgan chogʻlaridayoq xalq oʻrtasida tabobatni keng koʻlamda yoyishga intilganini koʻramiz. Uning tibbiyotga ond dostonlari shundan dalolat beradi. Ibn Sino bu dostonlarini aruzning rajaz vaznida yozgan. Shuning uchun baʼzan bu asarlarni urjuza deb ham ataganlar. Shu vaznda u tibbiyotga atab bir qancha sheʼriy asarlar yozdi, hozircha, bular soni toʻqqizta. Ular quyidagilar:
“Sogʻliqni saqlash – gigiyenaga oid urjuza”.
“Toʻrt fasllar haqida urjuza”.
“Anatomiyaga oid urjuza”.
“Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza”.
“Tajribadan oʻtgan tibbiy narsalar haqida urjuza”.
“Tibbiy nasihatlar yozilgan urjuza”.
“Mantiqqa oid yozilgan urjuza”.
“Aloqa haqida urjuza”.
“Tabobat haqida urjuza”.
Ibn Sino yozgan bu dostonlarning sakkiztasi tibbiyotga, bittasi mantiqqa ond asardir. Bu dostonlarning eng yirigi “Tibbiy doston” nomi bilan mashhur boʻlgan.
Ibn Sino bu asarini yozganida hali u meditsina olamiga tanilmagan va oʻzining mashhur “Tib qonunlari” asarini yozmagan ham edi. Ibn Sinoning tabobatga oid bu dostoni uning bu sohadagi ilk asari edi. Bu bilan Ibn Sino ham tabobat, ham sheʼriyatga dadil qadam qoʻya oldi. Hatto u bu asari orqali oʻz gʻoyalarini yoyishni koʻzda tutganlarini ifodalab shunday deydi: “Men bu urjuza – dostonga kamolat toʻnini va husn saruposini kiygazdim, uni oʻrganish osonroq va mashaqqati kamroq boʻlsin deb, toʻqilishini oson va vaznini yengil qildim”.
Arab maʼrifatparvari va adibi Jurjiy Zaydonning koʻrsatishicha, rajaz vazni sheʼr vaznlarining eng avvalgisi va eng qadimgisidir. Bu vazndagi baytlar masnaviyga oʻxshash qofiyadosh boʻladi. Bu vazn oʻz davrida xalqchil, odamlar orasida keng tarqalgan vazn boʻlgan. Har kim ham bu vaznda sheʼr ayta olgan, keyinchalik bu bahr kengayib, urjuza deb ataladigan qasida va sheʼrlar bitilgan. Odatda gapga usta har bir arab bu yoʻl bilan sheʼr ayta olgan.
Ibn Sino dostonlarining eng yirigi boʻlgan “Tibbiy doston” 1956 yili Parijda va mantiq haqidagisi 1910 yili Qohirada nashr etilgan. Tibbiy doston qisqa nasriy muqaddima bilan boshlanib, keyin nazmiy yoʻlda davom etadi. Nashr etilgan nusxaga koʻra tibbiy dostonda 1326 bayt boʻlib, 2652 yoʻl sheʼrdan iborat. U yerda muallif ozgina nazmiy muqaddima (oʻn olti bayt)dan soʻng nazariy meditsinaga oʻtadi, bunga 705 bayt bagʻishlangan, soʻng amaliy meditsinaga oʻtadi, bunga esa 605 bayt bagʻishlangan.
Undan tashqari Ibn Sino falsafiy sheʼrlar ham yozgan, bu borada uning yigirma bayt, yaʼni qirq yoʻllik nafs-jon haqidagi mashhur sheʼri ham bor. Ibn Sinoning bu sheʼri kichik hajmli boʻlishiga qaramay, koʻp faylasuflar unga sharhlar yozishgan, u bir necha bor nashr ham etilgan.
Nasr yoʻlida Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan mashhur asarlaridan “Hayy nbn Yaqzon”, “Risolatat-tayr”, “Salomon va Ibsol”, “Yusuf” kabi qissalarini aytish mumkin. Qissa deganda hozirgi arab adabiyotida hikoya janrini tushunamiz. Lekin oʻrta asrda qissa soʻzi doston, povest maʼnosida ham ishlatilgan. Odatda qadim Sharq adabiyotida kichnk hajmdagi prozaik asar boʻlsa qissa janriga kiravergan. Shuning uchun ham Ibn Sino “Hayy ibn Yaqzon”, “Salomon va Ibsol” va “Yusuf” asarlarini qissa deb atagan.
Bu qissa 1174 yilda Ibn Azro tomonidan sheʼr bilan ibroniy tiliga tarjima qilinib, “Hayy nbn Maqiz” qissasi nomi bilan mashhur. Bu tarjima 1736 yili Istambulda bosilgan.
Ibn Sinodan oʻn ikki yil keyin vafot etgan shogirdi Abu Mansur Husayn ibn Muhammad ibn Zaylo al-Isfahoniy ustodining bu asariga sharh bogʻlagan. Undan keyin “Hayy ibn Yaqzon”ni nomaʼlum bir kishi forschaga tarjima qilib, sharh yozgan. Bu tarjima sharhning bir nusxasi Toshkentda, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti kitob fondida ham saqlanmoqda.
Oʻrta asrlarda faylasuflardan Ibn Tufayl va Shahabuddin Suhravardiylar Ibn Sinoning bu qissasidan ijodiy foydalanib, shu nomda tamoman boshqacha, original asar yaratdilar.
Abu Ubayd al-Juzjoniyning yozishiga qaraganda, Ibn Sino bu asarini hijrnyiing 414 yili (milodiy 1023) Hamadonga yakin boʻlgan Farajdan qalʼasida toʻrt oy qamalib yotgan paytida yozgan. Shayx bu vaqtlarda 44 yoshlarda boʻlgan.
“Hayy ibn Yaqzon” qissasining tili, stili juda ogʻir, ayrim hollarda tushunib boʻlmaydigan iboralar, ortiqcha sinonim soʻzlar qatorlashtirilib yuborilgan boʻlib, tushunish va tarjima qilishni ancha mushkullashtiradi. Buning bir sababi boʻlib, albatta, bejiz boʻlmasligi kerak. Hatto ibnsinoshunos Gʻarb olimlaridan Mehren bunday qiyin formada fikr yuritishni zamondosh teologlar hujumiga uchramaslik uchun shunday qilgan, deb izohlaydi. “Ibn Sino bu risolalarini, – deb yozadi Mehren, – oʻzining eng yaqin shogirdlari uchun yozgan. Bu asarlardan uning dunyoga boʻlgan qarashini ham bilish mumkin”.
“Hayy ibn Yaqzon” qissasining bosh qahramonn – birinchi shaxs Ibn Sinoning oʻzi boʻlsa, uning suhbatdoshi, hikoya qiluvchi – Hayy ibn Yaqzon – Uygʻoq oʻgʻli Tirik – Aqldir.
Qissadagi beshta aloqa boʻlimi insondagi bor boʻlgan beshta tashqi sezuv organi – koʻrish, taʼm bilish, hidlash, eshitish, sezishdir. Bular kishi organizmida tabiatni tushunishda, munosabatda boʻlishda misoli bir xabarchidir.
Ibn Sinoning bu qissasi koʻp jihatdan majozny, ramziy bitilgan, kishilar feʼli atvorini oʻz ichiga qamrab ololgan va hayotiy gaplardan mulohaza yuritadigan adabiy asar hamdir. Mana shu nuqtai nazardan qaraganimizda qissaning ikki planda – ham falsafiy, ham adabiy planda yozilganligini koʻramiz. Darhaqiqat, Ibn Sino bu asarida ham ramz – ishoralar orqali, adabiy vositalar yordami bilan oʻziga tuyulgan maʼlum qarashlarini bayon qilgan.
“At-Tayr” – “Qush asari”. Ibn Sinoning adabiy ijodiga kiradigan asarlaridan biri uning “Risolat at-tayr” (“Qush risolasi”)dir.
Bu asar ham aslida ramz – ishoralar bilan yozilgan boʻlib, olimning jon, haqiqat toʻgʻrisidagi fikr va gʻoyalarini bilish uchun ham ahamiyatga molik. Sharqning yirik siymolaridan Farididdin Attor “Mantiq ut-tayr”, ulugʻ Navoiy “Lison ut-tayr” kabi asarlarnni yozishida Ibn Sinoning shu asari asosiy turtki boʻlgan deyish mumkin. “Qush” haqida birinchi oʻlaroq kichik asar yozgan Ibn Sinodan soʻng bu sohada asar yozganlar uni yanada chuqurroq, yanada kengroq boʻlishini taʼminladilar.
Ibn Sinoning bu asari bilan birinchi boʻlib Umar ibn Sahlon Soviy (1145 yilda oʻlgan) shugʻullanib, uni fors tilida sharhlagan. Undan keyin Sharqda unga juda koʻp sharhlar bitilgan.
Asarning nomi koʻpincha “Risolatat-tayr” atalsa-da, baʼzan “Kitob shabaka va-t-tayr” (“Tuzoq va qush kitobi”) deb ham atalib kelingan.
Qoraxoniylar somoniylar sulolasini yiqitgandan soʻng, Ibn Sino Buxoroda turolmay, oʻziga qulayroq va tinchroq deb Xorazmga – Urganchga boradi. Koʻp oʻtmay, u yerni kuchayib kelayotgan Gʻazna hukmdorn Mahmud Gʻaznaviy oʻziga boʻysundirishga urinib, Xorazmshohga tazyiq qila boshlaydi. Buni payqagan Ibn Sino Xorazmni tark etib, Niso, Abivard, Tus orqali Gurgonga keladi. Gurgonda yana Mahmud xavfi tugʻiladi. Keyin Ray, Hamadonda yashaydi, u yerda toʻrt oy qamalib chiqadi. Keyin Isfahonda yashaydi.
Xullas, olim bir joyda tinchgina yashay olmay, shaharma-shahar kezadi, bir fitnadan qochib, ikkinchisiga uchraydi. Tarixchilarning yozib qoldirishiga qaraganda, hatto Ibn Sinoning Xorazmdan qochib qolganini eshitgan Mahmud Gʻaznaviy uning rasmini ishlatib, butun qoʻshni oʻlkalarga tarqatgan, qayerda shu rasm egasi koʻrinsa, tutib unga yuborish kerakligini tayinlagan. Mana bu holatlarning hammasi ramziy ishoralar, tamsiliy iboralar bilan “Qush” risolasida oʻz aksini topgan.
Asardagi tuzoq Mahmud Gʻaznaviyning changali, qushlarning boshu qanotlarining ozod boʻlishi esa, Xorazmshoh dargohidan oʻz ixtiyori bilan boshqa yurtga chiqishi, qushlarning oyoqlarida tuzoq qoldiqlarining qolishi va dushmanning izma-iz kelishidan qoʻrquv esa, qaysi oʻlka, qaysi shaharga borsa, hamon muhayyo boʻlib turgan Mahmudning taʼqibidir, qushlar uchib oʻtgan togʻ, vodiylar Ibn Sino qochib-kezib yurgan shaharlardir. Shu tariqa Ibn Sino bu asarida ramz bilan oʻz ahvoliga ishora qilgan.
“Salomon va Ibsol” qissasi. Abu Ali ibn Sinoning avvalgi ikki nasriy asari Sharq va Gʻarb olimlariga maʼlum boʻlsa ham, lekin “Salomon va Ibsol” bilan “Yusuf” qissasi to keyingi vaqtlargacha koʻpchilik olimlarga deyarlik maʼlum boʻlmay keldi.
“Yusuf” qissasi bilan “Salomon va Ibsol” qissalarnning bir-birlariga tematik bogʻliqligi Ibn Siinoning “Xutbayi tasliya”sini tashkil qilishga olib kelgan edi va natijada ikkalasi bir asar sifatida bir xil sarguzashtga duchor boʻlgan edi. Shu sababdan boʻlsa kerak, bular Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan majmuaga (inv. №2385) oldinma-ketin tushib qolgan.
Masalan, Salomon bir inson boʻlsa, Ibsol shu insonning maʼrifiy, ruhiy darajasi. Ibn Sino Ibsol obrazida berilgan xislatlarni insonlarda koʻrmoqchi boʻladi, shunga odamlarni daʼvat qilib, uni ulugʻlaydi. Insonning tabiatida boʻladigan shahvoniy hislari Salomonning xotini obrazi orqali beriladi. Bunda goʻyo istak, yaʼni xotin aqlni (yaʼni Ibsolni) egallamoqchi boʻladi. Lekin aql unga boʻysunmaydi. Shu jihatdan ham alloma Nasiruddin Tusiy Ibsolning xotindan oʻzini olib qochishi, aqlning oʻz olamiga tortishidir, deydi. “Salomonning xotini, – deydi Tusiy yana, – nafs bilan birlashib ketib, bir shaxsga aylangan, istak va gʻazabga tortadigan badan quvvatlariga oʻxshatmadir. Xotinning Ibsolga boʻlgan ishqi esa uning boshqa quvvatlarini egallagandek, aqlini ham egallashga boʻlgan intilishiga oʻxshatmadir”.
Xullas, Ibn Sinoning bu asari oʻrta asrdan qolgan adabiy yodgorliklarning bir namunasidir.
“Yusuf” qissasi. Abu Ali ibn Sinoning bu asari hajm jihatidan kichik boʻlishiga qaramay, bu toʻgʻrida dastlab asar yozganligi bilan diqqatga sazovordir.
Bulardan tashqari, Ibn Sino adabiyotshunoslikka oid “Sheʼr sanʼati” (Qohira, 1966) degan asar ham yozgan. Allomaning bu asari uning “Kitob ash-shifo”sining bir qismi boʻlib kelgan. Toʻrt qismdan iborat boʻlgan “Ash-shifo” mantigʻining toʻqqizinchi boʻilagi mana shu “Sheʼr sanʼati”dan iboratdir. Bunda muallifimizning adabiyot borasidagi qarashlari, munosabatlarn bitilgan.
Ibn Sino “Sheʼr sanʼati” asarnni sakkiz bobga ajratadi va bularning har birini fasl deb ataydi.
Birinchi faslni muallif shunday ataydi: “Sheʼr haqida umumiy!tushuncha, sheʼriy forma hamda yunon sheʼr navlari haqida”. Bu faslda olim umuman sheʼiriyatga baho beradi, uning tuzilishi, shakllariga toʻxtaydi. Ikkinchi fasl sheʼrda tema va taqlid masalasiga bagʻishlanadi. Uchinchisi esa “Sheʼrning dastlab paydo boʻlish kayfiyati va sheʼr turlari haqida” deb ataladi. Toʻrtinchisi “Baytlar oʻlchovining maqsad – gʻarazlar bilan munosabati va xususan, tragediya haqida, tragediya boʻlimlari bayoni” deb noml`nadi. Beshinchisi “Sheʼr, xususan, tragediya tuzilish tartibi, unda ishlatiladigan eposga xos boʻlgan obrazli gap boʻlaklarn haqida” deb atalgan. Oltinchi fasl boshidan oxirigacha tragediya qismlariga bagʻishlangan.
Yettinchi faslda “Sheʼr navlarida ishlatiladigan soʻzlar va ularning mos kelishi tragediya va boshqa tur sheʼrlarning unga oʻxshashi haqida”, sakkizinchida esa “Shoirning kamchiligi toʻgʻrisida va tragediyaning oʻziga oʻxshash turlardan afzalligi haqida” kabi masalalarga toʻxtalingan.
Sharq va Ovro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Buyuk qomusiy olim, o’z davridagi mavjud fanlarning hammasida chuqur iz qoldirgan mashhur olim Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda хilma-хil va rang-barangdir. U birinchi navbatda dunyoda buyuk tabib sifatida mashhur bo’lishi bilan birga olimlar nazarida buyuk faylasuf sifatida ham hurmatlidir. Ibn Sino nomini dastlab butun dunyoga taratgan va uni abadiylashtirgan asarlari uning inson uchun birinchi navbatda amaliy jihatdan zarur bo’lgan tibbiy asarlaridir.
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shug’ullandi, ham tabib sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko’ra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 yil olim Jurjonni tark etib, Rayga ko’chdi. Ibn Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan bo’lmish Majduddavla abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor bo’ldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki sulton Mahmud G’aznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq, bo’lgan Hamadonga, Majduddavlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ng vazirlik mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. "Tib qonunlari"ning 1kitobini tugatib, o’zining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ashshifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.
Ibn Sino Hamadonda 1023 yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga ko’ra, shu yili Isfahonga jo’nab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda o’tkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg’ul bo’lib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ashshifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.
Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino garchi, jismoniy juda baquvvat bo’lsada, biroq, shaharma shahar darbadarlikda yurish, kecha kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy ta’sir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yo’lda dardi qo’zg’ab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga1952yil maqbara ishlangan (me’mori Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bag’ishlangan muzey xonalarini ham o’z ichiga oladi.
Zamondoshlari Ibn Sino ni "Shayx arrais" ("Donishmandlar sardori, allomalar boshlig’i"); "Sharaf almulk" ("o’lka, mamlakatning obro’si, sharafi"), "Hujjat alhaqq" ("rostlikka dalil"); "Hakim alvazir" ("donishmand, tadbirkor vazir") deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o’z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug’ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharqning ilmiy tili bo’lgan arab tilida, ba’zilari (she’riy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo’lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag’ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o’rganilgan emas. Ibn Sinoning ko’proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko’pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa ko’p asarlari hali qo’lyozma holida o’z tadqiqotchilarini kutyapti.
Ibn Sino ning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo’lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va e’tibori ko’proq falsafa va tibga qaratilganini ko’ramiz. Garchi, uni "Avitsenna" sifatida g’arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib qonunlari" bo’lsada, "Shayharrais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari "Kitob ashshifo" dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 bo’lakka bo’lingan: almadhal — mantiqqa kirish; almaqulot — kategoriyalar; aliborat — interpretatsiya; alqiyos — sillogizm; alburhon — isbot, dalil; aljadal — tortishuv, dialektika; assafsata — sofistika; alxitoba — ritorika; ashshe’r — poetika (she’r san’ati);
2) tabiiyot (bu yerda minerallar, o’simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida-alohida bo’limlarda gapiriladi;
3) riyoziyot — 4 fanga bo’lingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va o’zbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sino ning yana bir falsafiy asari "Kitob annajot" "Kitob ashshifo" ning qisqartirilgan shakli bo’lib, u ham qisman jaqonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana "Alishorat vattanbihot" ("Ishoralar va anbihlar"), "Hikmat almashriqiyn" ("Sharqchilar falsafasi"), "Kitob alishorat filmantiq va lhikmat" ("mantiq va falsafaning ishoralari"), fors tilida yozilgan "Donishnoma" ("Bilim kitobi") va b. Turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon", "Yusuf haqida qissa" kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda o’z aksini topgan. Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel ta’limoti va Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, ya’ni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o’zaro munosabati, birbiriga o’tishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama o’rganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga bo’linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud bo’lib, tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, ya’ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud bo’lgan aql, jon, jism, ular bilan bog’liq osmon sferalari kelib chiqadi. Bular hammasi substansiya (javhar) bo’lib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati bo’lmish materiya ham abadiydir. Uning o’zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yo’qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo’linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o’zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o’zgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo’lgan 4 unsur yo’qolmaydi, abadiy saqlanadi. Ibn Sino fikricha, avval tog’-toshlar, so’ng o’simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug’ullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsahodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni o’rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur o’rganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon bo’la oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning , mavjudotni o’rganishning ilmiy usuli deb biladi. "mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir kuchda beradiki, bu kuch yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi". U mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur o’rgandi, mantiq fanini Forobiydan so’ng bilishning to’g’ri metodi sifatida rivojlantirdi.
Ibn Sino o’z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ashshifo" ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning ba’zi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida tog’ paydo bo’lishi va zilzilalar bilan bog’liq. Tog’ paydo bo’lishining o’zi esa 2 yo’l bilan bo’ladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig’ining ko’tarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin ta’siri natijasida chuqur jarliklar paydo bo’lib, natijada ularning yonida balandlik hosil bo’lib qolishi. Zilzilaning paydo bo’lishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug’ bo’ladi. Mana shu bug’ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining o’pirilishi, ba’zida tog’ cho’qqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab bo’ladi. Olim fikricha, yer yuzasining ma’lum qismi bir mahallar dengiz tubi bo’lgan, zamon o’tishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari o’rni o’zgargan. Bir vaqtlar dengiz bo’lib, hozir quruqlikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining toshqotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.
Ibn Sino mineralogiya (ma’danshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga ko’ra, barcha ma’danlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo’linadi. Bu tasnif to 19asrgacha deyarli o’zgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning "Alaf’ol valinfiolot" ("Ta’sir va ta’sirlanish") asarida ham uchraydi.
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug’ullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan bo’lgani uchun ularda Ibn Sinoning kimyoga bo’lgan munosabatining evolyusion o’zgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari o’sha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilg’or edi. Ibn Sino 21 yoshida, ya’ni ilmiy faoliyatining bo’sag’asida metallar transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yo’l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari ta’siri ostida "Risola assan’a ilalbaraqiy" ("Baraqiyga atab san’at (alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarida kimyoviy yo’l bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan "Kitob ashshifo" da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan har bir metall o’zicha alohida bir modda bo’lib, kimyogarlar o’ylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab bo’lmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o’rta asr kimyosining ilmiy kimyoga o’sib o’tishida muhim rol o’ynadi.
Ibn Sino botanika masalalaribnham juda ko’p shug’ullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o’simliklardan olinadi. U "Kitob ashshifo" ning "annabot" ("O’simliklar") qismida o’simliklarning turlari, paydo bo’lishi, oziqlanishi, o’simlik a’zolari va ularning vazifalari, ko’payishi hamda o’sish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib boradi.
Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saqlangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ashshifo" va "Donishnoma" ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni bag’ishlagan. Ptolemeyning "Almagest" ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya bo’yicha qo’llanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik uzunligini o’z davri uchun butunlay yangi bo’lgan usul — oyning eng baland nuqtasini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning to’g’riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog’laydi. Bu usul Yevropada 500 yil dan keyin (1514 yil) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.
Matematika sohasida Ibn Sino Yevklidning "Negizlar" kitobini qayta ishlab, unga sharh va to’ldirishlar kiritdi, geometrik o’lchamlarga arifmetik terminologiya qo’lladi, "Son" tushunchasi doirasini "Natural son" dan ancha kengaytirdi.
Lеkin Ibn Sino mashhur tabibgina bo’lib qolmagan edi, u o’z davrining buyuk mutafakkiri, kеyingi asrlar fani va adabiyotiga salmoqli ta’sir ko’rsata olgan buyuk siymo ham edi. Uning mеdiцina, biologiya, gеologiya va boshqa anik, fanlar sohasidagi asarlari hamda falsafa va adabiyot bobidagi katta хizmatlari uni haqli ravishda jahon fani va madaniyatining ajoyib namoyandasi darajasiga ko’targan edi. Uning falsafiy va estеtik g’oya hamda qarashlari esa jahon madaniyati erishgan zo’r ilmiy va nazariy yutuqlar qatoriga kirgan edi. Haqiqatan ham olim ijodida fan va adabiyot uzviy ravishda birlashib kеtib, o’zining barakali mahsulini bеrgan edi.
Ibn Sino ijodidagi ajoyib хususiyatlardan biri shuki, u o’z asarlarida davrining juda ko’p ilg’or g’oyalarini barkamol aks ettira oldi. Garchi uning o’zi ba’zi falsafiy masalalarda idеalist bo’lib, ko’pgina ilg’or fikrlari diniy idеalistik qobiqda bеrilgan bo’lsada, olim aytmoq-chi bo’lgan asosiy fikr va maqsadlar o’z davriga nisbatan ancha ilg’or edi. Bu uning ko’p masalalarda asosli fikrlar aytganidan darak bеradi.
Darhaqiqat, Abu Ali ibn Sino haqiqiy insonnarvar kishi sifatida inson aqlining har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishongan edi. Ana shuning uchun ham olim odamlarni bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashashga, kishilarni tubanlikka olib boradigan adovat o’chog’ini buzishga, birodarona ahil, hamjihat turmush kеchirishga chaqiradi. Odamlar shu хilda sofdil va samimiy bo’lsa, bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashasa, bir yoqadan bosh chiqarsa, har qanday mushkullarning oson, har qanday qiyinchiliklarning bartaraf bo’lishnga va haqiqat sirlarining ochilishi mumkinligiga qattiq ishonadi.
Ana shuning uchun ham olim odamlarga qarata хitob qiladi: «Ey birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’lib, haqiqatni ochinglar. Har bir kishi o’z birodari uchun ko’nglidagi samimiylikdan to’sqinlik pardasini ochib tashlasin. Shunday qilinglarki, birodarlaringiz sizlardan o’zi bilmagan ba’zi narsalarni o’rgansin va yana boshqalari bo’lsa ba’zi narsalarni o’rganib, o’zini kamolotga еtkazsin».
Ibn Sino chin ma’rifatparvar olim va adib edi. U insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o’chog’ini yoqishga, ilm yo’lida og’ishmay yuksaklik va kamolot sari intilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgo’y, vijdonli bo’lishga, хullas insoniylikning eng yaхshi хislatlarini o’zida mujassamlashtirishga va inson dеgan ulug’ nomni yanada yuqori ko’tarishga chaqiradi.
She’riyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o’zining ayrim tibbiy asarlari ("Urjuza") ni rajaz vaznli she’rda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-tojik adabiyotiga chuqur ta’sir ko’rsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha g’azal va qit’alari, 40 dan ortiq ruboiylari mavjud. Uning she’riy merosi qisman rus va o’zbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiy ilmiy yo’nalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi "Javome’ ilm ul-musiqiy" ("musiqa ilmiga oid to’plam") asari "Kitob ashshifo" ning bir qismi bo’lib, har biri bir necha bobli 6 bo’limdan iborat. "Annajot", "Donishnoma"larda musiqa haqida kichik bo’limlar mavjud, "Tib qonunlari", "Risolai ishq" va boshqa musiqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. O’z davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nag’ma, bo’d (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va h. k Yevropada keyinchalik "sof tizma (tovushqator)" atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi bo’lib asoslagan. Ibn Sino musiqiy go’zallik haqida mukammal ta’limotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan og’liq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo bo’lganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. O’zining barkamol shaxsni tarbiyalash g’oyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
Ibn Sino ning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog’ladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o’zigacha o’tgan turli xalq namoyandalari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to’plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o’z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning "Tib qonunlari" va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin dalildir.Ibn Sino ning tabobat sohasida qilgan ishlari o’sha davr tabobatini bir necha ayerlarga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yaqinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning , xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning ta’limoti ustuvor edi. Ibn Sino ham o’z tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy o’rsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo,Sharq olimlarining hamda o’z tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va boyitdi. Ibn Sino ning daho tabib sifatida shuhrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzilishi, tishlarning tuzilishi to’g’risida u Galenga ergashgan holda to’g’ri fikrlagan. Uning ko’zning anatomiyasi, ko’rish jarayonining qanday sodir bo’lishi va unda ko’z qorachig’ining roli, ko’z muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari to’g’risida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi n. I. Pirogovni Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi.Ibn Sino o’tkir diagnost edi.
Uning ba’zi tashxis usullari hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Perkussiya (a’zoga urish orqali diagnoz qo’yish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qo’llagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so’ng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o’rganib, ulardan tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta e’tibor beradi. Mas, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand moddasi bo’lishini 1775 yil da ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi bo’lib Ibn Sino vabo bilan o’latni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini ta’kidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit moxov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini to’g’ri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining ko’rinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda to’g’ri aniqlagan. 1804 yil da yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning so’lagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim ko’p yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning , iqlimning , parhez va jismoniy mashqlarning ta’siriga hamda bemor kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.
Dostları ilə paylaş: |