Fine reader dasturi va unda ishl


I. BOB. MAVZU BO`YICHA NAZARIY MA`LUMOTLAR



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə3/26
tarix30.09.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#151142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b-fayllar.org

I. BOB. MAVZU BO`YICHA NAZARIY MA`LUMOTLAR
1.1. KOMP’YUTERNING SKANER QURILMASI VA UNING TURLARI

S kaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita EHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda emas, balki elektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning elektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo’g’ini va istalgan «Elektron stol» ning kerakli elementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi.
Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi.
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi [5].

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin