2.3. FINE READER DASTURIDA ISHLASHNI O`RGATUVCHI VIRTUAL KO`RGAZMANI YARATISH USULI
Virtual ko`rgazma quyidagi usul bo`yicha yaratildi. Dastlab mavjud virtual ko`rgazmalar va ularning ish tamoyili bilan tanishib chiqdim. Ulardagi yutuq va kamchiliklarni belgilab oldim. FrontPage va Flash dasturlash muhiti imkoniyatlarini o`rgandim. Virtual ko`rgazmani yaratish uchun zarur bo`ladigan komponentlar va ularning vazifalarini o`rganib, Fine Reader dasturi oyna ko`rinishlarini Flashda alohida ko`chirib joylashtirdim. Hosil bo`lgan tasvirning harakatlanuvchi bo`laklarini alohida guruhlab, ularga kadrlar bo`yicha F8 tugmasini bosib harakat berdim. Action Script dasturida harakatni boshqarish dasturini yozdim.
Asosiy oynaning dizayn ko`rinishini ishlab chiqdim. Foydalanuvchi virtual ko`rgazmani ishga tushirgach, asosiy oynada zaruriy tugmalar va yozuvlar bo`lib, ular yordamida boshqa qism oynalariga o`tish imkoniyatini yaratdim.
Virtual ko`rgazmaning yaratilishi usuli ketma-ketligi quyidagi blok sxemada keltirilgan.
Virtual ko`rgazmani yaratishda, uning nazariy bo`limi FrontPage ning HTML tili, virtual ko`rgazma uchun esa Flashning ActionScript tilari ishlatildi. Dastur kodi ilovada keltirilgan.
2.4. YARATILGAN VIRTUAL KO`RGAZMA ASOSIDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Virtual ko`rgazma oliy o`quv yurti yoki kasb-hunar kollejlari o`quv jarayonida qo`llanilishi mumkin. Masalan biror mavzu oladigan bulsak uni darsda bayon qilishni quyidagicha tashkil etish mumkin.
MAVZU: GRAFIK AXBOROTLARNI KIRITISH VA TAHRIRLASH VOSITALARI
Reja:
Skaner qurilmasi, uning qo`llanilishi.
Skaner turlari va texnik tavsifi.
FineReader dasturida skanerlangan ma`lumotlarni tahrirlash texnologiyasi.
Dars maqsadi:
Ta`limiy – Skaner qurilmasininn vazifasi, qurilmani bevosita ko`rish va ishlashtish yuli bilan eHMni tashqi qurilmalari buyicha bilimlarni mustaxkamlash.
Rivojlantiruvchi – Skanerning turlarini va farqini, FineReader dasturi imkoniyatlarini o`rganishdagi bilimlarni shakllantirish.
Tarbiyaviy – o`rganilayotgan mavzuda talabalarni diqqat va kuzatuvchanlikka yo`naltirish.
Dars ta`minoti:
Yangi bilimlarni bayon qilish uchun ko`rgazmali materiallar: Skanerlangan ob`ektlarni FineReader dasturida aniqlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazma.
Dars tuzilishi:
Tashkiliy qism – 5 daqiqa
O`tilgan mavzuni takrorlash – 10 daqiqa
Yangi bilimlarni bayon qilish – 50 daqiqa
Yangi bilimlarni mustahkamlash – 5 daqiqa
Uyga vazifa – 5 daqiqa
Dars yakuni – 5 daqiqa
Adabiyotlar:
Skot Myuller «Modernizatsiya i remont PK» Izd-vo «Piter», 2001.
Broydo V. L. Ofis texnikasi: Boshqarish va ish yuritish uchun. T.: «Mexnat», 2001.
Dostları ilə paylaş: |