Skaner - bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita EHM ga kiritish qurilmasidir.
Dastaki Skanerlar- tuzulishi juda oddiydir, ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi.
Planshetli skanerlar - eng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi.
Rolikli skanerlar -eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Proeksion skanerlar - tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar -ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga ega. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
FineReader dasturi - ma`lumotlarni skaner qilish va undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash hamda uzatish imkonini beradi.
Nazorat savollari
Grafik axborotni kiritish qurilmalaridan qaysilarini bilasiz?
Skaner qurilmasi tiplarini ayting?
Skanerning o’tkazish qobiliyai deganda nimani tushunasiz?
FineReader dasturi nima maqsadda qullaniladi va afzalligi nimada?
FineReader dasturi yordamida matnni skaner qilish va uni matn muxarririga uzatish qanday amalga oshiriladi?