Fine reader dasturi va unda ishl



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə11/26
tarix30.09.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#151142
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b-fayllar.org

Kadr (Frames - Kadr) - Flash va ko`pkina animatsion muharrirlar hamda video montaj dasturlar asosida kadrlar ketma ketligi joylashgan. Kadrni siz o`zingiz chizib yaratishingiz yoki dastur uni uzi avtomatik yaratishi mumkin. Kadrlar ichida boshqaruv kadr (keyframes - klyuchevoy kadr) tushunchasi mavjud bo`lib, u harakat traektoriyasining nuqtalarini belgilaydi. Avtomatik yaratilgan kadrlar esa ikki xil bo`ladi: shakllar geometriyasini o`zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan kadrlar [9].
Kadr uchun stsenariy yaratish.
Qoidaga ko`ra, harakat biriktirilgan barcha kadrlarni vaqt diagrammasining alohida qatlamiga joylashtirishga harakat qilinadi. Bu fil’mni tekshirish va tahrirlashni osonlashtiradi.
Kadrga biror xil stsenariyni biriktirish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1. Kadr yacheykasini sichqoncha o`ng tugmasi bilan bosing va kontekst menyudan Actions buyrug’ini tanlang (agar tanlangan kadr kalit kadr bo`lmasa, unda harakat oldingi kalit kadrga biriktiriladi).
2. Actions Toolbox ro`yxatidan Actions bo`limini, undan esa kerakli bo`limni oching.
3. Kadrga biriktirmoqchi bo`lgan harakatni ikki marta sichqoncha tugmasi bilan bosing. Bunda stsenariy oynasiga ActionScript tilidagi mos konstruktsiya joylashtiriladi, e`tibor bering kadr stsenariysi tarkibida selektor yo`q, buning sababi kadrlar uchun faqat bir tipdagi hodisa – hisoblovchi boshchaning harakati ko`rib chiqilganidadir.
Fil’mni tekshirish uchun Control menyusidan Test Movie (yoki Test Scene) buyrug’ini tanlash kerak.
Misol sifatida kadrga Movie Control bo`limiga kiruvchi goto harakatini biriktirishni ko`rib chiqamiz. Uni bajarish natijasi bo`lib, berilgan kadr yoki saxnaga o`tish hisoblanadi. Fil’mning oldingi kadrlaridan biriga o`tish fil’mning mos fragmentini tsiklik takroran namoyish etishni ta`minlaydi.
Aslini olganda goto harakati mavjud emas, ActionScript da talab qilingan kadr yoki saxnaga o`tishning ikki variantini amalga oshiruvchi ikki harakat qo`llaniladi: gotoAndPlay (O`tish va namoyish qilish) va gotoAndStop (O`tish va to`xtatish).
O`tishning ikkala varianti uchun ham quyidagi parametrlar ko`rib chiqilgan (8-rasm):


      • Scene (Saxna) – o`tilishi kerak bo`lgan sahnani, yoki o`tilishi kerak bo`lgan kadr joylashgan sahnani ko`rsatadi; parametr qiymati quyidagi to`rtta asosiy qismdan tashkil topgan ochiluvchi ro`yxatdan tanlanadi:


    • - joriy saxna;


    • - keyingi saxna; keyingi saxnaning faqat birinchi kadriga o`tish mumkin;



    • -
      oldingi saxna; keyingi saxnaning faqat birinchi kadriga o`tish mumkin;


    • Scene 1 - odatda fil’mning birinchi saxnasi uchun ishlatiladigan nom; agar fil’mdagi saxnalar soni bittadan ortiq bo`lsa, u holda ularning nomi ro`yxatga avtomatik tarzda qo`shiladi.


  • Ture (Tip) – o`tilishi talab qilingan kadrni ko`rsatish usulini beradi; parametr qiymati quyidagi beshta asosiy qismdan tashkil topgan ochiluvchi ro`yxatdan tanlanadi:


    • Frame Number (Kadr tartib raqami) - vaqt diagrammasida kadr tartib raqami bilan beriladi; kadr tartib raqami pastda joylashgan Frame maydoniga kiritiladi;


    • Frame Label (Kadr belgisi) - kadr uning belgisi (nomi) orqali beriladi; kadr uchun belgi oldindan xususiyatlar inspektori panelining Label maydonida ko`rsatilgan bo`lishi shart;


    • Expression (Ibora) - kadr tartib raqami yoki belgisi iborani hisoblash natijasi sifatida aniqlanadi; ibora paytda joylashgan Frame maydoniga kiritilishi kerak;


    • Next Frame (Keyingi kadr) - joriy saxnaning keyingi kadriga o`tish bajariladi;


    • Previous Frame (Oldingi kadr) - joriy saxnaning oldingi kadriga o`tish bajariladi.



8-Rasm. Actions paneli ko`rinishi goto xususiyati
Go to and Play (O`tish va namoyish qilish) va Go to and Stop (O`tish va to`xtatish) elementlar jufti berilgan saxna yoki kadrga o`tishdan keyin bajariladigan operatsiyani aniqlaydi: o`tishdan so`ng fil’m namoyishi davom ettiriladi (yangilanadi), yoki to`xtatiladi.
Animatsiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan kadrlar va qatlamlardan iborat belgi. Ushbu belgi o`z ichiga bir nechta boshqa belgilarni (grafik tasvirlar, aktiv tugmalar va boshka animatsion kliplarni) olishi mumkin.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin