Fine reader dasturi va unda ishl


Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə13/26
tarix30.09.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#151142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b-fayllar.org

Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish.
Flash dasturida animatsiya ikki xil bo`ladi: kadrli (pokadrovoe sozdanie) va avtomatik (avtomaticheskoe sozdanie promejutochnix kadrov). Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini o`zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo`linadi.
Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi qo`shamiz. Masalan boshqaruv kadrda aylana chiziladi va u grafik tasvir belgi turiga F8 yoki Vstavka menyusida Preobrazovat’ v simvol (Convert to Symbol) buyrig’i yordamida o`tkaziladi. Yoki Ctrl+F8 yoki Vstavka menyusida Noviy simvol (New symbol) buyrig’ini tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga qo`shamiz.
Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o`ng tomonidagi tugma yordamida tanlab Creat motion tweening yoki Vstavit’ menyusining shu nomli buyruqni tanlamiz. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi ko`k rangga o`zgaradi. endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaymiz, (masalan 30- kadrni) va F6 yoki Vstavka menyusida Klyuchevoy kadr (Insert keyframe) faol qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish buyrug’ini tanlaymiz. Natijada 30-kadrda ko`k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil qilinadi. Birinchi boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko`k rangda avtomatik hosil qilinadi. Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini o`zgartirish (cho`zish, aylantirish, kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki kadrdagi joylanishini o`zgartirish). endi klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko`rishimiz mumkin.
Ma`lumotlarga murojaatlar o`rnatish. Berilgan URL ga o`tish.
getURL harakati Browser/Network bo`limiga kiradi. Ushbu harakat ko`rsatilgan URL bo`yicha joylashgan hujjatni brouzerga yuklash yoki aniq URL bo`yicha joylashtirilgan ba`zi o`zgaruvchilar qiymatlarini ilovaga yuborish imkonini beradi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, getURL harakati ma`lumotlar junatmasini faqatgina joriy fil’m uchun amalga oshiradi.
Izox:
getURL harakatini tekshirish uchun so`ralgan fayl manzili absolyut URL ko`rinishida ko`rsatilgan bo`lishi kerak.

12-Rasm. Actions paneli knopkaga getURL xususiyati belgilangandan sung
Berilgan URL bo`ylab o`tishni ta`minlovchi tugmani yaratish uchun quyidagi harakatlarni bajarish lozim:

  1. Fil’mga yangi «fonli» qatlamni qo`shing.


  2. Unga getURL harakati biriktirilgan tugmani joylashtiring.




  3. Actions panelini oching.


  4. Actions Toolbox ro`yxatidan Actions bo`limini, so`ngra - Browser/Network bo`limini oching va getURL satrini ikki marta bosing; natijada stsenariy oynasida ActionScript tilidagi mos konstruktsiya, parametrlar panelida esa – getURL harakati parametrlari paydo bo`ladi (12-rasm).
  5. Parametrlarning talab qilingan qiymatlarini kiriting.


  6. Odatda getURL harakati (release) hodisasi tugmasini bosganda bajariladi; agar hodisani qo`shish yoki o`zgartirish talab qilinsa, stsenariy oynasidagi selektor satrini bosing va parametrlar paneli yordamida hodisalar tarkibini o`zgartiring.




getURL harakati parametrlarini to`liqroq ko`rib chiqamiz.
URL parametri suralayotgan hujjat manzilini aniqlaydi; parametr qiymati mutlaq yoki nisbiy URL ko`rinishida yoki hisoblanidigan ibora ko`rinishida berilishi mumkin.
Nisbiy URL ni ko`rsatganda Flash kerakli hujjatni qidirishda fayllar/papkalar/kataloglar ierarxiyasi bo`ylab harakatlanadi va aksincha, getURL protsedurasi joylashgan fayldan boshlab yana harakatlanadi.
Ba`zi bir iborani hisoblash natijasi sifatida URL ni olish uchun URL maydonining o`ng tomonida joylashgan Expression bayroqchasini o`rnating va talab qilingan iborani kiriting.
Window parametri chaqirilayotgan hujjat yuklanishi kerak bo`lgan oyna yoki freymni ko`rsatadi. Parametr qiymati quyidagi qiymatlarni o`zida saqlagan ochiluvchi ro`yxat yordamida tanlanadi (ular HTML tilidagi tegining TARGET atributi qiymati bilan o`xshash):
_self - hujjat joriy oyna yoki freymga yuklanadi;
_ blank - hujjat yangi oynaga yuklanadi;
_parent - hujjat asosiy yoki joriy freymga yuklanadi;
_top - hujjat ierarxiyaning yuqori darajasidagi freymga yoki joriy oynaga yuklanadi.
Extiyoj tug’ilganda ushbu parametr qiymatini iborani hisoblash natijasi sifatida olish mumkin. U holda Window oynasidan o`ngda joylashgan Expression bayroqchasini o`rnatish kerak.
Variables parametri berilgan URL bo`yicha ma`lumotlarni jo`natish usulini ko`rsatish imkonini beradi. Parametr qiymati uch variantdan iborat bo`lgan, ochiluvchi ro`yxatdan tanlanadi [9]:


  • Don't send (Jo`natilmasin) - Ma`lumotlarni jo`natish shart emas;


  • Send using GET (GET dan foydalanib, jo`natilsin) - ma`lumotlarni jo`natish uchun GET usulidan foydalaniladi;


  • Send using POST (POST dan foydalanib, jo`natilsin) - ma`lumotlarni jo`natish uchun POST usulidan foydalaniladi.



Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin