Planshetli skanerlar - eng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi.
Rolikli skanerlar -eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Proeksion skanerlar - tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar -ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga ega. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
FineReader dasturi - ma`lumotlarni skaner qilish va undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash hamda uzatish imkonini beradi.