– Barcha fanlar Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda, masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin.
– Ota-onalar O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda, zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish taqiqlangan.
– O‘quvchilar Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi.
Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar ham yo‘q. O‘quvchilarni bir-biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar ham "o‘ziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi. Umuman olganda, jamoada nogironligi bo‘lgan bolalar ham ta'lim oladi. Oddiy maktabda ko‘rish va eshitish organlari kasalliklari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sinf tashkil qilingan bo‘lishi mumkin. Finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal darajada integratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi kuchli va bo‘sh o‘quvchilar orasidagi farq - juda kichik.
– O‘qituvchilar O‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar" ajratilmaydi. Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma buzilishiga olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta'lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak. Jamoada barcha o‘qituvchilar - fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat o‘qituvchilari ham birdek teng.
– Katta yoshli kishilar (o‘qituvchilar, ota-onalar) va bolalar huquqlari tengligi Finlar bu tamoyilni "o‘quvchiga hurmat" deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi - mustaqil shaxs ekanini, ularga so‘z bilan ham, "qamchi" bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini tushunishga rag‘batlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z kasbidan kelib chiqib o‘quvchini taxqirlashga haqqi yo‘q. Barcha o‘qituvchilar faqat 1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin. O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi - 5000 yevrogacha, yordamchi - 2500 yevrogacha.
2. Bepul O‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul:
– tushlik;
– ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
– bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda bo‘lsa;
– o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar.
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi.