Baho kimga kerak? Mamlakatda 10 ballik tizim qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat so‘zda baho qo‘yiladi: o‘rtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a'lo. 1-3 sinflarda umuman hech qanday ko‘rinishdagi baholar yo‘q.
Finlyandiyada barcha maktablar «Wilma» davlat elektron tizimiga ulangan, bu elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga ega. Pedagoglar baho qo‘yib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi hayoti haqida xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, "kelajak o‘qituvchisi", feldsher ham u yerda kerakli ma'lumotni qoldiradi.
F in maktablarida baholar xavotir uyg‘otmaydi, ular faqat o‘quvchining o‘zi uchun kerak, qo‘yilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va o‘zini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Baholar o‘qituvchi, maktab nufuziga ta'sir ko‘rsatmaydi va hech qanday ko‘rsatkichlarini buzmaydi.
Maktab hayotiga doir boshqa tafsilotlar Maktablar hududi o‘ralmagan, kiraverishda qo‘riqchilar yo‘q. Aksariyat maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida kirish mumkin.
Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham mumkin. Ba'zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan. Kichik maktab inshooti gilamchalar bilan ta'minlangan.
Forma yo‘q, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yo‘q, istagan kiyimda kelish mumkin. Almashtirish uchun qo‘shimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik va o‘rta zvenodagi bolalar paypoqda yurishni ma'qul ko‘rishadi.
Iliq havoda darslar ko‘pincha ochiq havoda maktab oldida, maysalar ustida yoki maxsus jihozlangan qatorlarda o‘tkaziladi. Tanaffus vaqtida kichik maktab o‘quvchilari albatta ko‘chaga olib chiqiladi.
Uy vazifalari kamdan-kam beriladi. Bolalar dam olishlari kerak. Ota-onalar bolalar bilan dars qilishga majbur emas, buning o‘rniga pedagoglar muzey, o‘rmon yoki suzish havzasiga oilaviy borishni tavsiya qilishadi.
"Doska oldida" o‘qitish usuli qo‘llanmaydi, bolalar materialni so‘zlab berish uchun doska oldiga chaqirilmaydi. O‘qituvchi darsga umumiy tus beradi, so‘ngra o‘quvchilar orasida yurib, ularga vazifalarni bajarishga yordam beradi va jarayonni nazorat qiladi. O‘qituvchining yordamchisi (fin maktablarida o‘qituvchi yordamchilari ham bo‘ladi) ham xuddi shu ish bilan band bo‘ladi.
Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha o‘chirish mumkin. O‘qituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin.
Finlyandiya maktablaridagi ta'lim tizimi qisqa satrlarda mana shunday. Ehtimol, u kimgadir noto‘g‘ridek tuyulishi mumkin. Finlar mukammallikka da'vogarlik qilishmaydi va erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolishmaydi, hatto eng yaxshi tizimda ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Ular mamlakatdagi maktab tizimi jamiyatdagi o‘zgarishlarga qanchalik to‘g‘ri kelishini doimiy ravishda tadqiq qilishadi.
Shunisi quvonarliki, finlarning farzandlari tunda asabiy zo‘riqishdan uyg‘onmaydi, tezroq katta bo‘lishni orzu qilmaydi, ularda maktabga nisbatan nafrat yo‘q, o‘quvchilar navbatdagi imtihonlarga tayyorlanib, o‘zlari va butun oila a'zolarini qiynamaydi. Xotirjam, sermulohaza va baxtli fin bolalari kitoblar mutolaa qilishadi, tarjimasiz (original tilda) filmlar ko‘rishadi, kompyuter o‘yinlari o‘ynashadi, rolik va velosipedlarda uchishadi, musiqa va teatr pesalari yaratishadi, qo‘shiq kuylashadi. Ular hayotdan quvonib yashashadi va buning orasida ta'lim olishga ham ulgurishadi.
Asosiy adabiyotlar:
1 .Sh.Mirziyoyev.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida
Farmoni «Xalq so’zi» gazetasining 2017 yil 8 fevraldagi 28 (6722)-sonida e’lon qilingan. 2017 yil 7
fevral,PF-4947-son qarori.
2. Sh.Mirziyoyev.”Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”.- Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza //
Xalq so’zi gazetasi . 2017 yil 16 yanvar, № 11.