Firma bozor iqtisodiyoti sub'yekti sifatida


Savdo korxonalarining turlari va tashkiliy-huquqiy shakllari



Yüklə 52,83 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü52,83 Kb.
#181854
1   2   3   4   5
Iroda

3. Savdo korxonalarining turlari va tashkiliy-huquqiy shakllari

Faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari bajarayotgan vazifalari, tashkiliy-huquqiy shakli, miqyosi va faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra turli-tumandir.


Барча савдо корхоналарини қуйидаги белгилар бўйича таснифлаш мумкин:
a) fuqarolik-huquqiy normalar bo‘yicha;
b) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha;
v) tarmoqlar bo‘yicha, ya’ni savdo-xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri bo‘yicha.
Huquqiy jihatdan savdo korxonalari faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakli, ta’sischilar tarkibi, ishtirokchilarning huquqlari, korxonaning mulkiy huquqi hajmi, ta’sischilarning shaxsan yoki mulki bilan ishtrok etishi, tashkil topish tartibi, ta’sis hujjatlari tarkibidan kelib chiqqan holda tasniflanadi (5-rasm).
Savdo korxonalarini miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yirik, o‘rta va mayda korxonalar sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu holda xodimlar soni, yillik kapital aylanmasi, tovaraylanmasi hajmi, savdo maydonlari hajmi, savdo zalining ko‘rsatkichlari asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Savdo korxonalarini tarmoqlari bo‘yicha va bajarayotgan vazifalariga ko‘ra ulgurji savdo, chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga baqsimlash mumkin.
Chakana savdo korxonalarini tovarlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, xizmat ko‘rsatish shakli, funksional xislatlari, narx darajasi, xizmat ko‘rsatilayotgan iste’molchilar tarkibi, joylashgan o‘rni kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Savdo korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan huquqiy muhitni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirmas ekan, ularning samarali va barqaror riojlanishiga erishish qiyin.
Bozor iqtisodiyotining asosida tadbirkorlik faoliyatining muayyan subyektlari huquq va majburiyatlari tizimi yotadi. Bu subyektlar mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatishi hamda o‘z muammolarini qonun va qoidalar doirasida hal qilishlari lozim.
Bozor savdosi bo‘yicha jahon tajribalari shundan dalolat beradiki, zamonaviy bozor munosabatlari istalgan mamlakatda davlat qonunchiigi tomonidan tartibga solib boriladi. Hozirgi kunda davlatning tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat idoralrining xususiy biznes subyektlari bilan munosabatlarining tashkliy shaklini o‘zgartirish, davlat va bozor tomonidan tartibga solish mexanizmlarining optimal uyg‘unligi tomon harakatlarining kuchayishi kuzatilmoqda.
Umumiy ko‘rinishda davlat tomonidan tartibga solish vazifalari qatoriga tadbirkorlar faoliyatini tashkil etishning huquqiy asosi va ularning huquqlarini himoya qilish, kkorxonafaoliyatiga ma’muriyatning aralashuvini cheklash, sog‘lom raqobatchilik muhitini yaratish, ishbilarmonlikni rag‘batlantirish, moliyaviy, soliq va investitsiya siyosati yordamida tovar-pul va budjet muvozanatini ta’minlash, monopoliyaga qarshi kurash, mehnat qonunchiligiga rioya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni kiritish mumkin.
Davlat tomonidan tartibga solishning yo‘nalishlari, shakl va usullari doimiy ravishda o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Bu o‘zgarishlar hozirgi bosqichda savdo sohasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mos keluvchi qonunchilikni amalga oshirish yo‘li bilan ma’muriy usullardan iqtisodiy va huquqiy usullarga o‘tishni anglatadi.
Bozor sharoitlarida xaridorlar zarur tovarlarni sotib olar ekan, savdo korxonalarining xizmatlaridan foydalanish davomida fuqarolik qonunchiligi qoidalari bilan tartibga solinuvchi mulkiy munosabatlarda ishtirok etadi. Shu tariqa, bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan tomonlarning huquqiy

tengligi asosida mulkchilik munosabatlarini tartibga soluvchi fuqarolik huquqining roli va ahamiyati o‘sib boradi.


Barcha qonunchilik hujjatlarini ularning huquqiy kuchiga ko‘ra qonun va normativ hujjatlarga taqsimlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquqlarini belgilab beradi va mamlakat hududida mulkchilik munosabatlarini tartibga soladi.
+onunchilik sohasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi alohida o‘ringa ega. Unga ko‘ra jamiyatdagi barcha munosabatlar tartiga solinadi va u turli xil faoliyat, jumladan, savdo sohasidagi barcha joriy qonun hujjatlarining rivojlanish uchun asos hisoblanadi.
Hozirgi kunda “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” qonunini qabul qilish yo‘li bilan iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, sertifikatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohasida savdoni davlat tomonidan nazorat qilish qoidalari belgilab berilgan.



Yüklə 52,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin