Masalalar to’plami. Bu elektron o’quv qo’llanmaning muhim shakllaridan biri. Elektron o’quv qo’llanmada masalalar to’plami o’qitish vazifasini hammadan ko’ra ko’proq amalga oshiradi. Elektron masalalar to’plamida yordam tizimi mukammal bo’lishi kerak. O’quvchilar muayyan masalani yechish uchun kerakli o’quv-ta’limga oid ma’lumot oladilar. Asosiy muammo butun nazariy ma’lumotlarni qamrab oluvchi masalani tanlashda bo’ladi.
Ijodiy muhit. Zamonaviy elektron o’quv qo’llanmalar o’quvchilarni o’rganilayotgan ob’ektlar va o’zaro bog’liq ob’ektlar sistemasi modellari bilan ijodiy ishlashlarini ta’minlashi kerak. Aynan o’qituvchi tomonidan ifodalangan ijodiy ish o’quvchilarda bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga, shakllantirishga yordam beradi. Dasturchi nuqtai nazaridan ijodiy muhit elektron o’quv qo’llanmaning eng murakkab qismlaridan biri hisoblanadi. Ijodiy muhit o’quvchilarni loyha ustida jamoa bo’lib ishlashini ta’minlaydi.