First page


Elektorоn o’quv qo’llanmani ishlab chiqishdagi talablar



Yüklə 448 Kb.
səhifə5/12
tarix25.02.2022
ölçüsü448 Kb.
#53101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10-ma\'ruza

2. Elektorоn o’quv qo’llanmani ishlab chiqishdagi talablar

Elektron o’quv qo’llanma tizimidan foydalanuvchi samarali foydalanishi uchun tizim interfeysi sodda va tushunarli bo’lishi kerak. Ekranda axborotlarni aks ettirishda quyidagi talablar qo’yiladi:



  • ekranda aks ettiriladigan axborot tushunarli, mantiqan bog’langan, mazmuni va maqsadiga ko’ra guruhlarga ajratilgan bo’lishi kerak;

  • axborotlarni tashkil etishda ortiqcha kodlashtirish va noto’g’ri, tushunarsiz qisqartmalardan foydalanmaslik kerak;

  • foydalanuvchi uchun odatiy bo’lgan atamalar o’rniga axborot texnologiyalariga oid atamalardan foydalnishni minimallashtirish;

  • axborotlarni aks ettirishda ekranning chetki qismlaridan foydalanmaslik;

  • ekranda faqat foydalanuvchi ayni paytda qayta ishlayotgan axborot bo’lishi kerak;

Hozirgi paytda elektron o’quv qo’llanmalarga quyidagi talablar qo’yilmoqda:

    1. Tanlangan kurs bo’yich axborotlar yaxshi strukturalashtirilgan va tugallangan bo’lishi kerak;

    2. Har bir qism axborotni matn bilan birga audio va video ko’rinishda taqdim etishi kerak.

    3. Murakkab model yoki qurilmalarni tasvirlab beradigan rasmlarda kursor rasmning elementlari boylab harakatlanganda unga sinxron ravishda paydo bo’ladigan va yo’qoladigan shu element haqida ma’lumot beradigan tushuntirishlar bo’lishi kerak;

    4. Matnli qism kerakli axborotni izlash vaqtini qisqartirish uchun ko’plab gipermatnlarga, shuningdek qidiruv tizimiga ega bo’lishi kerak.

    5. Oddiy holatda tushunish qiyin bo’lgan bo’limlar videoma’lumotlar va animatsiyalar bilan boyitilishi kerak. Bu holda axborotni qabul qilish uchun ketadigan vaqt an’anaviy o’quv qo’llanmalarga qaraganda 5-10 marotabagacha qisqarishi mumkin;

    6. Audioma’lumotlarning bo’lishi muayan mavzularni o’zlashtirishda juda samarali hisoblanadi

Elektron o’quv qo’llanmalar 3 ta asosiy rejimda ishlashi mumkin:

  • Sinovsiz o’rgatish

  • Sinovli o’rgatish. Bu holda har bir bob (mavzu) oxirida foydalanuvchi shu bob (mavzu)ni qanchalik darajada o’zlashtirganligini aniqlash ushun bir qancha savollarga javob berish taklif etiladi

  • Test nazorati o’rganilgan kurs bo’yicha o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun mo’ljallangan

Elektron o’quv qo’llanma tarkibiga nazorat vositalari ham bo’lishi kerak, chunki bilimlarni nazorat qilish ta’lim jarayonidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Hozirga qadar ta’lim tizimida bilimlarni nazorat qilishning og’zaki va yozma shakllaridan foydalanilgan. Hozirgi paytda esa turli xil test o’tkazish usullaridan foydalanilmoqda [2-4, 13].

Ma’lumki biror bir predmet sohani samarali egallash uchun nazariy qismini o’rganish bilan birga masalalarni yechish uchun amaliy ko’nikmalarga ham ega bo’lish kerak. Buning uchun o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning fizik modellarini qurish, masalani yechish algoritmlari va dasturlarini loyihalashni o’rganish kerak. Bularni amalga oshirish uchun elektron o’quv qo’llanma tarkibiga turli xil grafik va dasturiy vositalar kiritilishi mumkin.




Yüklə 448 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin