Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 265,52 Kb.
səhifə15/20
tarix09.06.2023
ölçüsü265,52 Kb.
#127856
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Fiskal siyosat, Asalxon G\'ulomova

Uchinchi bosqich 1998-2007 yillarni o‘z ichiga olib, bu bosqichda soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni ixchamlashtirish islohotlari boshlanib, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, ixchamlashgan soliq tizimi joriy etildi va ularga soliq hisob-kitoblarini, hisobotlarini topshirish, hisoblangan soliq summalarini to‘lash muddatlari qulay holatga keltirildi.
Xususan, mikrofirma va kichik korxonalar soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovini to‘lashi, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar yagona er solig‘ini to‘lashi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromaddan soliq va mol-mulk solig‘ini to‘lashi belgilandi.
2000 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushishi qiyin hisoblangan reklama solig‘i, avtotransport vositalarini olib-sotish solig‘i, me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor mahsulot qoldig‘i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlar bekor qilindi.
2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari to‘lab kelingan yagona soliq hamda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi.
2007 yil 1 yanvardan boshlab, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan yalpi daromad solig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar o‘rniga tanlash huquqisiz yalpi tushumdan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi joriy etildi.
Malumki, 2005 yildan boshlab O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish davri boshlandi. Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan - iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish hamda takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida davr talablariga javob bermasligi qayd etilib, soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozimligi uqtirildi va amaldagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, shu asosda uni yanada soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini engillashtirish, soliq bashqaruvini takomillashtirish va erkinlashtirishni nazarda tutadigan yangi tahrirdagi Soliq kodeksini tasdiqlash topshirildi.

Yüklə 265,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin