Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

459 
Moliya 
tizimiga 
yuklatilgan 
vazifalarning 
samarali amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sish uchun 
xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslarining to‘g‘ri 
taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanish moliya 
faoliyatiga, uning vazifalari real bajarilishiga bog‘liq. 
Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishni pul 
mablag‘lari bilan ta’minlashda ham moliyaning roli 
beqiyos. Moliya o‘z vazifalarini bajarish bilan birga 
iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni tartibga soladi, 
samarali xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ham 
ta’minlaydi. 
Moliya tizimi. Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, ijtimoiy sug‘urta 
hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi. 
Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat 
byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning 
markazlashgan byudjeti bilan birga xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman 
va shaxar) byudjeti ham mavjud bo‘ladi. Bu joylarda mavjud moliyaviy resurslarni 
ancha to‘laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. 
Xokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari o‘z xududidagi korxonalar 
daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali 
shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar 
xisobiga ham to‘ldiriladi. Xokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli 
xududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilish va shu kabilarga 
sarflanadi. 
Mol – mulk va shaxsiy sug‘urta moliya tizimining keyingi bo‘g‘ini 
xisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy 
qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar 
korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy 
sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. 
Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning 
shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. 
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. 
Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari
ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham 
o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy 
resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat 
faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan 
iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik 
subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va 
ular maqsadli ishlatiladi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin