Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
martadan, boshqa xo‘jalik sub’ektlarida esa faqat O‘zbekiston Respublikasi 
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi 
qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan tartibda amalga 
oshiriladi; 

moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar 
o‘tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi; 

tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar 
faqat so‘nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi; 

qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ekt jalb etgan advokatlar ishtirokida amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda 
tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida 
SOLIQ 
IMTI 
YOZLA
RI 


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

475 
davlatga etkazilgan zararni to‘liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy 
sanksiyalarni to‘lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi va u 
javobgarlikdan ozod qilinadi; 

2015 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib 
chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va 
yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 
foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini 
yollash huquqi berildi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji 
bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab o‘n ikki oy 
mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etildi. 
2015 yildan boshlab davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq va 
moliyaviy hisobotlar 100 foiz elektron ko‘rinishda qabul qilinmoqda va "Soliq 
to‘lovchining shaxsiy kabineti" orqali soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni 
to‘lash tizimi amaliyotga joriy etildi. 
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona soliq siyosati 
natijasida ilgari faqat fiskal vazifalarni bajargan davlat soliq xizmati organlari 
bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan 
jihozlangan ko‘p funksiyali davlat boshqaruvi organiga aylantirildi. 
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan "Elektron 
hukumat" tizimi tarkibiga kiruvchi Davlat soliq qo‘mitasining 
"my.soliq.uz" 
rasmiy 
sayti 
soliq 
ma’murchiligini 
takomillashtirishda aholining yanada faol qatnashishini va davlat 
soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda 
qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda. 
Soliq va moliyaviy hisobotlarning to‘liq elektron shaklda 
taqdim etilishiga o‘tilganligi tadbirkorlarni 2-3 soat vaqt sarflab navbatda 
turishlarining oldini olish bilan bir qatorda ularning o‘rtacha 9 mlrd.so‘mdan ortiq 
mablag‘lari iqtisod qilinmoqda va bu usul davlat byudjetiga to‘lanadigan 
mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish imkonini berdi. 
SHuningdek, soliq to‘lovchi yuridik shaxslar internetdagi "Shaxsiy kabinet"lari 
orqali soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn shaklda to‘lash imkoniyatiga 
ega bo‘ldilar. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin