Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
470
Har qanday davlat iqtisodiy-ijtimoiy siyosat olib
borishda aholining xarid qobiliyatini oshirish maqsadida aholi real
daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borish chorasini ko‘radi. O‘zbekistonda
ham mustaqillik yillarida soliq siyosati oldiga qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlardan
biri aholi daromadlarini muntazam ravishda oshirib borish hisoblandi.
Soliq ma’murchiligi – soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida.
Mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – soliq
to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni yanada
rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Har bir mamlakatda
ham ushbu maqsadga faqat izchil soliq ma’murchiligini amalga oshirish orqali
erishiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga
solishdagi roli kuchayib, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga
oshirishda soliq ma’murchiligi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Zero
mamlakatimiz Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "Soliq
siyosatining vazifasi - bir tomondan, byudjet daromadining barqaror safarbarligini
ta’minlashdan, ikkinchi tomondan - korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat".
9
Soliq siyosatining asosiy vazifasi oxir-oqibat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga
qaratilishi lozim. Aynan iqtisodiy o‘sishga erishilgandagina ishlab chiqarishni
rivojlanishiga va uning samaradorligini ta’minlashga, aholining yashash darajasini
oshishiga xizmat qiladi. SHu boisdan ham, bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq
tizimi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda
doimo takomillashib borilishi lozim.
Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yili davomida respublikamiz
soliq tizimi tashkil etilib, rivojlanib, takomillashib bordi. Respublikamizda davlat
soliq xizmati organlari faoliyati 1990 yilning 17 dekabrida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
9
Karimov I.A. O’zbekistan buyuk kelajak sari. – Toshkent: "O’zbekiston", 2016. 52-bet.
40 40
37,2
33
31
25 24 24 25 25 25 25 25
15 15
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
1996200220032004200520062007200920102012201420152016
Dostları ilə paylaş: