Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29


 

 
 
 
24

М A V Z U 

FISKAL SIYOSAT, DAVLAT 


BYUDJETI VA UNING TAQCHILLIGI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
REJA 
 
1. 
Davlatning fiskal siyosati, 
uning maqsadi va iqtisodiy 
dastaklari 
 
2. Moliyaning mohiyati va 
vazifalari. Moliya tizimi 
3. Davlat byudjeti va uning 
taqchilligi 
4. Soliqlar, ularning turlari 
va 
takomillashtirish 
vazifalari 
Mavzuning 
qisqacha 
tafsiloti. 
Ushbu mavzuda fiskal siyosat, 
dalat byudjeti va uning taqchilligi 
berilgan. O’zbekistonda amalga 
oshirilayotgan fiskal siyosat va 
xorij tajribasi batafsil ko’rib 
chiqilgan. Soliqlarning mohiyati, 
O’zbekiston soliq siyosati va shu 
mavzuga 
doir 
statistik 
ko’rsatkichlar berilgan.
 


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

449 
Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy 
dastaklari 
Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlarni bir 
maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflyasiya 
sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida 
soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga 
qaratilgan. 
Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega 
bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal 
ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar 
stavkalarini 
pasaytirish 
yoki 
bu 
choralarni 
o‘zaro 
uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni engib o‘tish 
maqsadida 
ishchan 
iqtisodiy 
faoliyatni 
rag‘batlantirishga 
yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy 
o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning
mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin. 
Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat 
diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u 
prezidentning 
iqtisodiy 
maslaxatchilari 
kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident 
tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish 
va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch 
iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib 
belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion 
o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular 
avtamatik ravishda ro‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga 
keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki 
“avtomatik”), xisoblanadi
1

Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) 
qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish 
maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib 
iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga 
imkon beradi. 
Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil 
qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar 
sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning 
iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini 
asoslash 
va 
milliy 
iqtisodiyotning 
muvozanatligini 
ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy 
tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo
bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy 
1
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-209 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin