Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

451 
etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning tarkibiy tuzilishini kiritadi, D.Keyns 
ikkinchi guruhga mustaqil o‘zgaruvchan omillarni: iste’molga moyillik, 
kapitalning samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy 
daromad hajmini kiritgan.
D.Keyns iqtisodiyotga davlatning aralashuvni mustaqil o‘zgaruvchan 
omillarga ajratib, u bandlik va milliy daromad hajmiga ta’sir ko‘rsatadi deb 
hisoblangan. Bunda xal qiluvchi shart sifatida davlat fiskal va pul kredit siyosati 
investitsiyalarni rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Coliqlar fiskal siyosatning bir qismi sifatida namoyon bo‘lishini K.Makkonell 
va S.Bryu ko‘rsatib uni rag‘batlantiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi siyosatlar sifatida 
ifodalashga alohida e’tibor qaratadi. 
“Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, -deb yozishadi ular, ishsizlik va 
inflyasiyani 
tugatishdan 
iboratdir. 
Tanazzul 
davrida 
kun 
tartibida 
rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi. 
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat 
xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning 
pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib 
borish. 
Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli 
paydo bo‘lgan inflyasiya sodir bo‘lsa, bunga 
to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday 
fiskal siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) 
xukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) 
soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga 
qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida 
iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat qilish 
muammosi turadigan bo‘lsa, xukumat byudjetining 
ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”
3

XX asrning 20-yillariga kelib, davlat 
moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining 
konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishi 
quyidagilardan 
iborat 
bo‘lgan: 
davlatning 
iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini
tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanish. 
Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida, 30-60 
yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynischilik va neokeynschilik 
oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy oldi. 
Keyinchalik yo‘nalishining moliyaviy konsepsiyasida quyidagi asosiy 
yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan; 
- Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim 
muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki resurslarning 
sotilishini ta’minlovchi talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur; 
3
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-210 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin