Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
456
Davlat Harajatlarining Ko‘payishi. Boshqa teng sharoitlarda davlat xarajatlarining o‘sishi, rasmda jami talab egri chizig‘ini AD 2 dan AD 1 ga o‘nga siljitadi. Negaligini tushunish uchun, davlat quyidagi xarajatlarga, yani 5 000 000 000$ yangi xarajatlarni avto yo‘llar, ta’lim va sog‘liqni saqlashga nisbatan amalga oshirishga turtki berdi, deb faraz qiling. Biz bu 5 000 000 000$ hokimiyat chiqimini AD 2 va o‘ngidagi punktir chiziq o‘rtasidagi gorizontal oraliq sifatida ko‘rsatamiz. Xar bir narx darajasi xozir talab etilayotgan real ishlab chiqarish miqdori hokimiyat chiqimlarini rag‘batlantirishdan oldingidan 5 000 000 000$ ko‘proq. Lekin jami talabning boshlang‘ich o‘sishi bu xali oxiri emas. Ko‘paytirish ta’siriga ko‘ra jami talab egri chizig‘i AD 1 ga siljiydi, hokimiyat sotib olishlaridagi 5 000 000 000$ o‘sishni ko‘rsatuvchi masofadan oshadi. Bu kattaroq siljish yangi iste’mol chiqimlari keyingi sikllarida chiqimda boshlang‘ich o‘zgarish kuchayishini ko‘paytirish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Agar iqtisodiyot mpc si 75 ga teng bo‘lsa unda oddiy ko‘paytiruvchi 4 ga teng. SHunday qilib jami talab egri chizig‘i 4 marotaba AD 2 va siniq chiziq o‘rtasidagi masofada o‘nga siljiydi. Bu aniq jami talab o‘sishi jami taklif segment gorizontal siniq chizig‘i davomida yuzaga keladi, ishlab chiqarishning real ko‘lami to‘liq o‘lchamdagi ko‘paytiruvchi orqali o‘sadi. Real ishlab chiqarish o‘lchami 510 000 000 000$ ga yetib o‘zining iqtisodiy pasayish darajasidan 20 000 000 000$ ga oshgan.Bir vaqtning o‘zida firmalar bandligini pasayishdan oldingi to‘liq bandlik darajasiga o‘stirshi xisobiga ishsizlik kamayadi. Kengaytirilgan fiskal siyosat. Kengaytirilgan fiskal siyosat davlat xarajatlati yoki soliqlar pasayishini iqtisodni pasayishdan chiqarish uchun foydalanadi. 75 mpc si iqtisodda hokimiyat chiqimlarining 5 000 000 000$ ga pasayishi yoki 6.67 000 000 000$ soliqlar ko‘payishi bo‘lsa (iste’molda 5 000 000 000$ pasayishni keltirib chiqarib) bu jami talab egri chizig‘ini AD 4 dan punktirli chiziqqa siljitadi. Ko‘paytiruv ta’siri keyin egri chiziqni AD 3 ga siljitadi.Jami talabdagi umumiy pasayish cho‘ziluvchi inflyasiya talabini tugatadi 5 .