4 – savol
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
464
shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqaruvchining sotishdan olingan butun pul
tushumdan emas, balki ular tomonidan qo‘shilgan qiymatdan soliq undirish alohida
ahamiyatga ega.
Uchinchidan, soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda milliy iqtisodiyotdagi
soliq tizimi soliq to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha
uyg‘otmasligi zarur. Jarima tizimi ham shunday bo‘lishi kerakki, bunda soliq
to‘lovchilarga to‘lanmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan soliq majburiyatlariga
qaraganda ana katta miqdorni tashkil qilsin;
To‘rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli va
qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur;
Beshinchidan, soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali
qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak.
O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish mamlakatda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish,
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini
mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. SHunga
muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l
qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham
moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga
iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika
iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali ishlab
chiqarishning paspayishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy
maqsad deb qarab kelindi.
Bunda soliq tizimi– xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish
vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat
byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat vazifalarini xal etish uchun
zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning
ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot
tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy ximoyalash kafolatini ta’minlashda
bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni
rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali
foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir.
Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimi bosqichma - bosqich
isloh qilish talab qilinadi.
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar
zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab
chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan
foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va
tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab
chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni
vaqtda ishlovchilar ish xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol
mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi.
|